Xarita-Yer yuzi yoki ayrim qismlarining kichraytirilgan yassi tasviri.Yer shari sirtining ikkiga bo`lingan doira shaklidagi tasviri yarimsharlar xaritasi deyiladi.Ulardan biri-g`arbiy yarimsharlar xaritasi,ikkinchisi sharqiy yarimsharlar xaritasi.Xaritada Yer yuzi yoki uning qismi necha marta kichraytirilgani maxsus shartli belgi masshtab bilan ko`rsatiladi.M:masshtab”1sm-52 km”ixtiyoriy ikki nuqta orasidagi 1sm uzunlik 52 km ga teng.
Tabiiy xaritada quruqlik balandligiga ko`ra ranglar bilan tasvirlangan bo`ladi.Joy rangga qarab dengiz sathidan qancha baland ekanligini bilsa bo`ladi.Ma`muriy xaritada ma`lum bir mamlakatning ma`muriy bo`linishi tasvirlangan bo`ladi.M:O`zbekistonma `muriy xaritasida Qoraqalpog`iston Respublikasi va har bir viloyatning chegaralari ko`rsatiladi,egallagan hududi alohida rang bilan bo`yalagan.
Tabiiy xaritada mamlakatimiz g`arbiy qismi yashil rangda tasvirlangan,bu joylar balandligi dengiz sathidan 200 m gacha.Mamlakatimiz g`arb qismini egallagan pasttekisliklar Turon pasttekisligi deb ataladi.200 mda 500 m gacha joylar.Pasttekislik katta qismi qumli cho`llardan g`arbiy qismida sho`rxoklar ham bor.Qir va yassi tog`lar ham pasttekislikka kiradi-500m dan 1000 m gacha.Sahrqiy qismda jigarrang tasvirlangan,tog`lar tashkil etadi.
Daryo-tabiiy ravishda vujudga kelgan chuqurlikda oquvchi katta suv oqimidir.Sirdaryo Chotqol va Farg`ona tog` tizmalaridan boshlanadi.Uzunligi-3019km,Amudaryo-2540 km Pomir tog`laridan boshlanadi.Zarafshon,Qashqadaryo,Surxondaryo,Sherobod,Chirchiq,Ohang aron,Norin,Qoradaryo,Norin,Sangzor,Ko`ksuv,To`palang kabi daryolar ham bor.
Kanal-inson tomonidan qazilgan suv yo`li.Eng katta kanal Katta Farg`ona kanali.Amu-Qarshi,Amu-Buxoro,Kegayli,Shimoliy,Sherobod,Zang kabi kanallar bor.
Ko`l-tabiiy ravishda vujudga kelgan chuqurlikdagi katta miqdordagi suv to`planishidan hosil bo`lgan suv havzasidir.Ko`lni dengizdan farqlash kerak.Dengiz okean bilan tutash bo`lib,suvi sho`r va taxir bo`ladi.Ko`l okean bilan tutashmaydi,suvi ichishga yaroqli.Orol dengizi ham aslida ko`l,chunki okean bilan tutashmagan,egallagan maydoni kattaligi uchun uni dengiz deb atashgan.Sariqamish,Aydarko`l,Arnasoy,Tuzkon,Jildirbos,Mashanko`l,Dovut ko`l,Dengizko`l,Ulug`sho`rko`l kabi ko`llar mavjud.
Suv ombori-to`g`onlar yordamida suvni yig`ish va saqlash uchun qurilgan suv havzasi.Masalan:Amudaryoni suvini top`lash uchun Tuyamo`yin suv ombori,Qashqadaryoda Chimqo`rg`on,Pachkamar suv ombori,Surxondaryoda Janubiy Surxon,To`palang daryosida To`palang suv ombori,Qoradaryoda-Andijon,Chirchiq daryosida-Chorvoq suv omborlari qurilgan.
O`simliklar-Quyosh nuri,havo,tuproq va suvdan o`z hayoti uchun zarur moddalarni olib,tanasida to`plash qobiliyatiga ega tiriknorganizmlar dunyosi.
Bundan 3 mlrd. Oldin ko`k-yashil suvo`tlar paydo bo`lgan.
Hayvonlar-o`simliklar va boshqa jonzotlar bilan oziqlanadigan tirik organizmlar.
Hayvonlar dastlab 1 mlrd.yil oldin suvda paydo bo`lgan.450 mln.yil avval quruqlikni egallay boshlagan.230-200 mln.yil oldin dinozavrlar paydo bo`lgan va 70 mln. yil avval qirilib ketgan.Ularni o`rnini qushlar va sut emizuvchilar egallab hozirgi hayvonot dunyosi shakllanadi.
Tabiat zonalari-tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan quruqlikdagi katta maydonlar.Ularning kengligi bir necha yuz km ga ,uzunligi esa bir necha ming km ga yetadi.
Cho`llar va vohalar
O`simliklar yaxshi roivojlana olmaydigan qurg`oqchil yerlar cho`l deb ataladi.Yillik yog`in miqdori-200 mm dan oshmaydi.Cho`l qumli,gilli,toshli bo`ladi.Shamol qumlarni surib do`nglik hosil qiladi ,ular”barxanlar”deyiladi.Gilli cho`llarda qotgan va yorilib ketgan joylarda turli shakllar hosil qilgan taqir yerlar mavjud.
Qizilqum,Ustyurt,Mirzacho`l,Qarnobch`ol,Qarshi kabi cho`llar bor.Yoz 5-6 oy davom etadi,harorat soyada +50 ,qum esa +80 gacha qiziydi,qishda -20 gacha bo`lib,qor yoga`di.Katta qismi o`zlashtirib,vohalarga aylantirildi.
O`t o`simliklar bilan qalin qoplangan o`rmonsiz to`g oldiqirlar va past tog`larni adirlar tashkil etadi.Dengiz sathidan 500-1200 m,yillik yog`in miqdori-300-550
Adirlarda isiriq,sebrga,jumagul,qoqio`t,yovvoyi sabzi, sachratqi,gulsapsar,qizilcha,omonqora,astragul,lolqizg`aldoq,tugmachagul, dalachoy,gazako`t,kavrak,qarg`ajiyda o`sadi.
Tog`lar-qishda qor qalinligi 1,5-2 m ga boradi,dengiz sathidan 1000-1500 m balandlikda afsonak,ravoch,sariq marmarak,nor shirach,oq gulxayri,tog`beka1500-2500 m balandda archa,yong`oq,qayin,terak,2500 m balandda mushukquyruq,toron,qiziltikan,alp lolasi osadi.Tog` turbid o`simligi zaharli shirasi odam qo`liga o`tganda ,tekka joyda yara hosil bo`ladi,tuzalishi uzoq davom etadi,ixroj,akonit,prangos,bangidevona uchraydi.
O`rmonlar-daraxtlar zich va tartibsiz o`sadigan joylar o`rmon deb ataladi.Qarag`ay,qayin,archa,kedr,eman,yong`oq o`sadi.O`zbekistonda tog`,to`qay,cho`l o`rmonlari mavjud.
Tog` o`rmonlarida-qayin,terak o`sadi, , to`qay o`rmonlarida-jiyda,turang`il,shumtol o`sadi bu daryo sohillaridagi o`rmonlar,Qizilqumning ayrim joylarida faqat saksovuldan iborat ch`ol o`rmonlari uchraydi.O`rmonlar havoni kislorod bilan boyitib,yog`och-taxta zahirasi ham,ba`zi joylarga ko`chat ekilib sun`iy o`rmonlar tashkil etilmoqda.
Tabiiy boyliklar-odamlarning yashashi hamda moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo`lgan,uni o`rab turgan tabiiy muhitning tarkibiy qismidir.Tabiiy boyliklar uch turga bo`linadi:
1.Tugaydigan-asosan yerosti boyliklari kiradi
2.Tugamaydigan-quyosh nuri,Oy nuri,havo,suv,Yerning ichki issiqligi va boshqalar
3.Qayta tiklanadigan-o`simliklar,hayvonlar,tuproq,suv
Dostları ilə paylaş: |