Atrofimizdagi olam


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 270,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix15.12.2022
ölçüsü270,4 Kb.
#74900
1   2   3   4   5   6
624-629

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 626  www.ares.uz 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kompetensiyaviy yondashuv asosida tabiiy-
ilmiy bilimlarni o‘rgatish jarayonini loyihalashda quyidagilarga e’tibor qaratish talab 
etiladi: 
- tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘rgatish 
jarayonida o‘quvchilarga qanday bilimlarni taqdim etish zarurligini aniq ko‘rsatish; 
- sinfdagi o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘rganishga nisbatan 
qiziqishlari va buni amaliy faoliyatlarida qo‘llashga moyilliklarini hisobga olish; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan 
holda, tabiiy-ilmiy bilimlar hamda ularni o‘rgatish metodlarini aniq ifodalash; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kompetensiyaviy yondashuv asosida tabiiy-
ilmiy bilimlarni o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni 
tanlash va metodik jihatdan asoslash; 
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘quvchilarga tabiiy-ilmiy bilimlarni 
kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘rgatish metodlari va texnologiyalarini 
chuqurroq o‘zlashtirishni ta’minlash asosida metodik xizmat imkoniyatlarini 
kengaytirish. 
Boshlang‘ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuvga asolangan o‘quv 
jarayonini tashkil etish ta’lim mazmuni bilan bir qatorda o‘qituvchining metodik 
mahoratiga ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Chunki o‘qituvchi kompetensiyaviy 
yondashuvga asoslangan o‘quv jarayonida taqdim etiladigan tabiiy-ilmiy bilimlarning 
yaxlitligi, uzviyligi, atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadorligi, aniqligi, o‘quvchilarning 
o‘zlashtirishi uchun oson va qulayligi, ularda tabiiy jarayonlarni aniq idrok etish 
ko‘nikmasini hosil qilishga ko‘maklasha olishiga e’tibor qaratishi lozim. 
Pedagoglar kompetensiyaviy yondashuvga asolangan tabiiy-ilmiy bilimlarni 
o‘rgatishga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga 
tayanishlari lozim: 
1. O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘rganish jarayonida faoliyat sub’ekti 
sifatida namoyon bo‘lishlariga erishish, jumladan, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi, 
vujudga kelgan tabiiy vaziyatlarni tahlil qila olishi, amaliy faoliyati mahsulini ko‘rsata 
olishi (gerbariylar yasash, o‘simliklar turlarini farqlay olish, ob-havodagi 
o‘zgarishlarni sharhlay olish), o‘zining amaliy harakatlarini nazorat qila olishi, o‘zi va 
sinfdoshlarining harakatlarini baholay olishini ta’minlash. 
2. O‘rganilayotgan bilimlar va tushunchalarning tabiat hodisalari bilan 
muvofiqligini ta’minlash prinsipi. 
3. Tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida taqdim etishda 
ulardagi tanlov erkinligini ta’minlash prinsipi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar, tabiat 
qo‘ynidagi sayohatlar, sinfdan tashqari pedagogik jarayonda tanlovlarga asoslangan 



Yüklə 270,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin