Yo'ldosh - biror planeta yoki yulduz atrofida harakat qiluvchi osmin jismi. Oy - yerning tabiiy yo'ldoshi." Yerning yo'ldoshi", “Mening Galaktikam”kitobidanOy yerdan kattami?".(1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 2-qism 67- bet).
Yashin - atmasferada bulutlararo yoki bulutlar bilan yer sirti orasida paydo bo'ladigan juda kuchli oniy elektr uchquni; chaqmoq. Yashin tushgan vaqtda daraxtlarga o't ketadi." Gugurtga qadar", “Ixtirolar sarguzashti”kitobidan" Siz buni bilasizmi?". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 2-qism 86-bet).
Yorug' - nur tushib turgan; ravshan, charog'on. Ko'ngillarga yorug' tushdi shudgorlarga urug' tushdi. " Navro'z taronasi".Anvar Obidjon." Bolalarning sevimli bayramlari". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 1-qism 33- bet).
Z
Ziravor - ovqatni xushbo'y va xushtam qiluvchi o'simliklar:zira, zarehuva, qalampir, murch kabi. Ziravor va tuz ham esdan chiqmasin." Foydali sabzavotlar".(1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 1-qism 82 - bet)
O'
O'rmon - bir-biriga va o'sish sharoitiga ta'sir etuvchi va geografik landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon o'simliklar majmui. Shundoq o'rmon chetida o'tloq bo'yida." Jonli savatcha", " Ertakdagi qahramon". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 2-qism 14- bet)
O'zbek - o'zbek xalqiga, millatga mansub. Ularning qaysilari o'zbek xalq ertaklari qahramonlari?." Ertakdagi qahramon". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 2-sinf 7-bet)
G'
G'izillab - "G'iz" etgan ovoz chiqarmoq, g'iz etmoq. Kelar yoqimtoy, shirin shabbodalar g'izillab." Mo'jizaviy hashorotlar". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 1-qism 58-bet)
G'ujanak - oyoq-qo'llari yig'ilgan, tanasi egik, boshi bukik holatli. Koptok deysiz bemalol, Bo'lib olsa g'ujanak." Sanamalar".Topishmoqlar.Orif Tolib(1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 2- qism 57-bet)
Sh
Dostları ilə paylaş: |