Rasm-Qo'lda chizilgan,bosma yoki fotografik tasvir,surat.Rasmlarga qarang."Ertakdagi qahramon" .(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 6-bet)
S
Suxbatlashmoq-Yig'ilishib,o'zaro gaplashamoq,suxbat qilmoq,suhbat qurmoq.Kechki ovqat payti kun qanday o'tgani haqida suhbatlashamiz."Kun tartibi".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 19-bet.)
Sayyora-Quyosh atrofida aylanuvchi va undan nur oluvchi sharsimon osmon jismi,masalan:merkuri,mars.Quyosh tizimidagi sayyoralar nomini tartib bo'yicha yozing."Oy yerdan kattami".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 65-bet)
Sadaf-Ayrim mollyuskalar chig'anog'idan olinadigan oq,yaltiroq dur.Sandiq to'la oq sadaf,Turishadi tortib saf."Sanamalar".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 59-bet
Sumalak-Undirib yanchigan bug'doy,un va yog' aralashmasidan tayyorlanadigan,servitamin,xushxo'r halvoytarsimon ovqat.Pishar somsa,sumalak."Sanamalar".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 48-bet)
Sarlavha-kitob,asar ,maqola va shu kabilarning yoki ularning ayrim qismlarining nomini ifodalovchi so'z yoki jumla.Rasmlarga qaysi sarlavha mos?."Ertakdagi qahramon".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 12-bet)
T
Traktorchi-traktor haydovchi shaxs.Familiyam--Roziyev,Ro'zivoy traktorchining o'g'liman."Mening oilam"..(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 7-bet)
Tush-Quyish qoq tepaga kelgan payt."Kun tartibi".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 17-bet)
Tun-Sutkaning kun botishidan kun chiqqanigacha bo'lgan qismi."Kun tartibi “.(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 17-bet)
To'garak-Kishilarning birgalikda ishlash,mashg'ulotlar o'tkazish ,mashq qilish,bilim-hunar olish va shu kabilar umumiy maqsadlar bilan tuzilgan guruhi va shunday birlashmaning,uyishmaning o'zi.Shuning uchun futbol to'garagiga qatnashaman."Kun tartibi".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 19- bet)
Dostları ilə paylaş: |