O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJALANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2-amaliy-topshiriq Bajardi:
513-20 guruh talabasi
Ismoiljonov Muhammadjon
Tekshirdi:Abdullayev Yunus
Adobe After Effects dasturining assosiy uskunalari Ushbu mavzuda Adobe After Effects dasturi interfeysining o'ziga xos xususiyatlarini qisqacha tavsifini keltirib o'tamiz. Dasturning eng muhim tarkibiy qismlari Project (Loyiha), Timeline (Monta)), Composition (Kompozitsiya) hisoblanadi.After Effects dasturi ishga tushirilgandan so'ng ekranga yangi loyiha oynasi ochiladi (1-rasm). Dastur ilovasining asosiy oynasi o'zida tegishli vazifalarni bajarishga yo'naltirilgan bir qancha qism oynalaridan tashkil topgan bo'lib, ularning funksional vazifalariga keyingi mavzularda qarab chiqiladi
(1-rasm)
1-rasmda. Adobe After Effects dasturining umumiy ko'rinishi Ushbu tasvirda dastur interfeysi beshta qismga ajratib ko'rsatilgan:
Project va Effect Controls oynasi.
2. Composition, Layer va Footage oynasi.
3. Effektlar va shrift parametrlari oynasi.
4. Qatlamlar oynasi.
5. Timeline oynasi.
(2-rasm)
Dasturning asosiy menyulari: File, Edit, Composition, Layer, Effect, Animation,View, Window, Help.
File-fayl menyusi yangi proyekt yaratish, oldindan saqlab qo'yilgan proyektni ochish, ishlangan proyektlarni saqlash, fayllarni Import qilish, tayyor mahsulotni Export qilish imkonini beradi.
Edit-tahrir qilish menyusi. Unda nusxa yaratish, qatlamdagi faylni o'chirish, undan nusxa olish mumkin.
Composition-yangi kompozitsiya yaratish, kompozitsiya parametrlarini sozlash imkoniyatini beradi.
4. Layer- qatlamlar bilan ishlovchi menyu hisoblanadi. Bu yerda Solid, Text, Camera, Adjustment Layer bilan ishlash mumkin. Bundan tashqari ayrim parametrlarni sozlash ham mumkin.
5. Effect-eng kerakli menyu bo'lib, unda barcha bizga kerakli bo'lgan effektlar to'plami mavjud.
6. Animation - animatsiya menyusi bo'lib, u animatsiya bilan bog'liq bo'lgan ishlarni amalga oshiradi.
7. View - bu menyu kompozitsiya oynasidagi tasvir qanday ko'rinishda bo'lishini belgilab beradi. Mazkur menyu orqali tasvirni bizga kerakli holatga keltirishimiz mumkin, ya'ni tasvirni kattalashtirish, kichiklashtirish.
Window "Oyna" deb nomlanuvchi bu menyu bizga katta qulayliklarni yaratib beradi. Bu yerdan bizga kerakli oynalarni ochishimiz va keraksiz oynalarni yopib qo'yishimiz mumkin.
Help - "Yordam" menyusi. Bu menyu Adobe After Effects dasturi had ma"lumotlar kiritilgan. Qolaversa, bizda paydo bo'ladigan ba'zi savollarga yerdan javob olishimiz mumkin