1. Audit xalqaro standartlarining mohiyati va maqsadi. Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir.
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim.
Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi.
Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan. 1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan «Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi.
1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi.
Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (AICPA) katta ta’sir va tashabbus ko’rsatib keladi. AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid bir nechta standart ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan standartlar 3 ga bo’linadi: