Audit standartlari Mundarija: Kirish


Auditning xalqaro standartlarini O’zbekiston amaliyotida qo’llash istiqbollari



Yüklə 207,43 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü207,43 Kb.
#208006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Audit standartlari

3. Auditning xalqaro standartlarini O’zbekiston amaliyotida qo’llash istiqbollari.
Oʼzbekiston Respublikasida zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplari toʼla-toʼkis joriy etilishi uchun xalqaro talablarni hisobga olgan holda aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirishda keng ishtirokini taʼminlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-4720 Farmonining qabul qilinishi aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirishda muhim hisoblanadi. Mazkur Farmonning 8-bandiga muvofiq “Аktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish”12 belgilab qoʼyilgan. Bu holat oʼz-oʼzidan aktsiyadorlik jamiyatlarida xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruvlarini oʼtkazishni talab qiladi.
MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritish aktsiyadorlik jamiyatlarining har xil faoliyat turlari, faoliyat hududlari va yakuniy hisobda, butun mamlakat iqtisodiyot boʼyicha hisobotlar ularning asosida shakllantiriladigan umumiy iqtisodiy koʼrsatkichlar tizimini yaratish imkonini beradi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayoni moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun meʼyorlar bir xilligini, yaʼni millati, fuqaroligi va boshqa xususiyatlaridan qatʼi nazar, dunyoning barcha ishbilarmonlari uchun tushunarli boʼlgan «universal til»ni talab qiladi.
MHXSni ishlab chiqish barcha aktsiyadorlik jamiyatlari uchun bir xilda taqqoslanishi mumkin boʼlgan moliyaviy hisobotning standart shakllari va buxgalteriya hisobi tizimlarini yaratish zarurati bilan asoslanadi. Jahon fond bozorlarida ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun MHXS qoʼllash tobora dolzarblashib bormoqda, chunki yirik moliyaviy operatsiyalar borasida asoslangan qarorlarni toʼgʼri qabul qilish MHXS tavsiya qilgan barcha hisob meʼyorlarini qoʼllash bilan taʼminlanadigan, ishonchli va bir maʼnoda tushuniladigan moliya axboroti asosidagina qilinishi mumkin.
Oʼzbekistonda biznesning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun sharoitlar yaratilishi butun jahon uchun tushunarli boʼlgan iqtisodiy muloqotdagi universal biznes tili – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) oʼrganish va foydalanish zaruratini taqozo etadi.
Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy hisobotni MHXSlari boʼyicha tuzish maqsadga muvofiqdir.13
Oʼzbekistonda moliyaviy hisobotlarini shakllantirish hozirgi paytda MHXS talablariga moslashish bilan bogʼliq katta oʼzgarishlarga uchramoqda. Hozirgi paytda Oʼzbekistonda MHXSga talab katta ekanligi asosida yotadigan bir nechta sabab mavjud. MHXSga oʼtishning asosiy sabablaridan biri bu – tashkilotlarning moliyaviy natijalari va haqiqiy moliyaviy holati haqida ishonchli axborot yoʼqligi tufayli Oʼzbekistonga investitsiyalar oqimining yetarli emasligidir. Bugungi kunda milliy kompaniyalarning jahonagi eng yirik fond bozorlariga chiqish yoʼli ularning MHXS tan olishidadir. Masalan, ayrim fond birjalariga milliy va xorijiy kompaniyalarni kiritish uchun shart boʼlib MHXS ga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlari mavjudligi hisoblanadi, masalan, Аvstriya, Frantsiya, Germaniya, Italiya birjalarida. Boshqa birjalarda listingga kiritish uchun milliy qoidalar boʼyicha tayyorlangan moliya hisobotlari bilan bir qatorda MHXS boʼyicha moliyaviy hisoboti taqdim etishga ruxsat etiladi (masalan, Аvstraliya, Daniya, Turkiya birjalarida).
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3946-son Qaroriga binoan Oʼzbekiston Respublikasida auditorlik tashkilotlari oʼz faoliyatini toʼliq auditning xalqaro standartlari asosida yuritishi belgilangan.14
MHXSga oʼtishning boshqa bir sababi korxonalarning oʼz aylanma mablagʼlari kamchiligini kiritish mumkin boʼlib, shu boisdan kredit tashkilotlari tomonidan qarz oluvchi uchun foydali boʼlgan shartlarda taqdim etiladigan kredit resurslariga ehtiyoj oʼsadi. Jahon xoʼjalik aloqalarining kengayishi va globallashuv sharoitlarida mahalliy korxonalarning muvaffaqiyatli va yuqori surʼatlarda oʼsishi uchun arzon qarz mablagʼlari jalb qilish masalasi dolzarb hisoblanadi. Maʼlumki, rivojlangan mamlakatlar banklarida kreditlash shartlari Oʼzbekiston banklari shartlariga nisbatan foydaliroqdir. Bundan tashqari, rossiyalik kompaniyalar foydali shartlarda xorijiy kredit resurslari olishining asosiy shartlaridan biri bu tashkilotlarda MHXS boʼyicha tuzilgan moliyaviy hisobotlari mavjudligi hisoblanadi. Bu esa shu bilan bogʼliqki, MHXS boʼyicha hisobot tashqi foydalanuvchilarga kompaniyaning mulkiy va moliyaviy holati haqida eng oʼrinli axborot beradi, binobarin, bunday axborot investorlar va kreditorlar tomonidan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanilishi mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida moliyaviy hisoboti xalqaro standartlarining rasmiy tan olinishi va joriy qilinishi mamlakatda kapital bozorining axborot nuqtai nazaridan ochiqligini taʼminlash hama qulay investitsiya muhiti yaratish yang muhim qadam hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standartlari boʼyicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlarining muammolari buxgalteriya hisobi metodologiyasi bilan asoslanadi. Аsosiy kamchiliklar sifatida hisobotlarni taqqoslash va transparentlik darajasi pastligini, xoʼjalik faoliyati barcha faktlarining toʼliq aks ettirilmasligini (masalan, shartnoma majburiyatlari va hosilaviy qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalar), xoʼjalik faoliyati faktlari va hodisalarini tan olish va baholashda ehtiyotkorlik tamoyilini pisand qilmaslikni kiritish mumkin. Birinchi navbatda, bu baholashda ehtiyotkorlik tamoyilini toʼliq pisand qilmaydigan boshlangʼich qiymat boʼyicha aktivlarni baholash bilan bogʼliqdir. Аktsiyadorlik jamiyati balansida ayni paytdagi qiymati koʼp marta oshirib koʼrsatilgan boʼlishi mumkin boʼlgan maʼnaviy eskirgan asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobga olinadi. Joriy qiymat boʼyicha emas, balki boshlangʼich qiymat boʼyicha hisoblab chiqish usulining amal qilishi boshqa bir muhim kamchilik hisoblanadi. Bu esa shunga olib keladiki, aktsiyadorlik jamiyatining moliyaviy hisobotida moliyaviy natija oshirib koʼrsatiladi. Bu kamchiliklarning barchasi mamlakatdan kapital oqimi chiqib ketishi katta ekanligi bilan birgalikda kuzatiladigan jahon bozorlaridagi beqarorlik omillarining oʼsishi va moliyaviy inqiroz sharoitlarida oʼtkir namoyon boʼladi.
Mamlakat buxgalteriya standartlariga kiritilgan va yaqin vaqtlarda kiritiladigan barcha koʼp sonli oʼzgarishlarga qaramay, buxgalteriya hisobining milliy standartlari va xalqaro standartlarda kontseptual va bazaviy qoidalar oʼrtasidagi tafovutlar avvalgidek jiddiy boʼlib qolaveradi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarida joriy qiymat kontseptsiyasi va kapital kontseptsiyasi kabi kontseptsiyalarning yoʼqligi bu tafovutlarni jiddiy qilib qoʼyadi.
Taʼkidlash joizki, mamlakat aktsiyadorlik jamiyatlarining MHXS ga oʼtishiga ekspertlar doirasida bir xil baho berilmaydi. Аyrim ekspertlarning hisoblashicha, bunday oʼtish mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirishi va birinchi navbatda, uning xalqaro reytingini oshirish mamlakatga investitsiyalar oqimini oʼzgartirishi shubhasiz. Boshqalar esa bunday yondashuvda hech qanday foyda koʼrmaydi va bu kompaniyalar uchun qoʼshimcha xarajatlar keltiradi, bajariladigan hisob va hisobot ishlari sigʼimini oshiradi deb hisoblaydi .
Biroq MHXS qoʼllashning asosiy maqsadi – mavjud va potentsial investorlar uchun zarur boʼlgan aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holati haqida maksimal darajada ishonchli axborot olish ekanligini yaxshi tushunadigan boʼlsak, MHXS ga oʼtish zarurligi yaqqol koʼzga tashlanib qoladi.

Yüklə 207,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin