Audit standartlari Mundarija: Kirish


-rasm. Davlat sektori auditori taqdim etadigan hisobotlar.5



Yüklə 207,43 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü207,43 Kb.
#208006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Audit standartlari

3-rasm. Davlat sektori auditori taqdim etadigan hisobotlar.5
Bundan tashqari, davlat sektorining hukumat va notijorat sub’ektlaridan, shuningdek ayrim davlat tijorat korxonalaridan moliyaviy natijalarga erishish bilan bir qatorda xizmatlar ko’rsatish maqsadlariga ham erishish talab qilinadi. Bunday sub’ektlarning moliyaviy hisobotida sub’ekt faoliyatining barcha jabhalari mos ravishda aks ettirilishining ehtimoli kam. Shuning uchun davlat sektori sub’ektlaridan ular o’zlarining yillik hisobotlariga boshqa ko’rsatkichlar, masalan, unumdorlik darajasi, xizmatlarning sifati va hajmi, shuningdek, u yoki bu xizmatlarning maqsadiga qay darajada erishilganligi kiritilishi talab qilinishi mumkin. XASning “Davlat sektorining auditi” bo’limida keltirilgan tushuntirishlarni bunday ma’lumot auditi uchun qo’llab bo’lmaydi.

2. Xalqaro audit asosida auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish tartibi.
Bugungi kunda kompaniyalarda moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) asosida tuzishga obʼektiv zaruratlar mavjud. “Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi Qonunda koʼzda tutilgan tartibda MHXSlarini qoʼllash tartibi joriy etildi . Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy hisobotni MHXSlari boʼyicha tuzish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzayotgan kompaniyalar soni oshib bormoqda. Chunki, moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirishga erishish faqat MHXSlarga oʼtish orqali amalga oshirilishi mumkin boʼladi.
Bu borada Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak” nomli asarida “Ilgʼor xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish hisobiga pulkredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini taʼminlash” vazifasining qoʼyilishi ham kompaniyalar boshqaruv tizimlarida ilgʼor xorijiy tajribalar va instrumentlardan foydalanishni koʼzda tutadi.6 Moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiyalash orqali erishish mumkin. Bugungi kunda transformatsiya masalalari boʼyicha adabiyotlar va ilmiy maqolalar ham yetarli emas. Shu bois, moliyaviy hisobot transformatsiyasi masalasi kun tartibida turgan dolzarb mavzu hisoblanadi. Dastavval, transformatsiya soʼzining lugʼaviy maʼnosiga toʼxtalib oʼtaylik. “Transformatsiya (lag. Transformatio – oʼzgartirish, qayta tashkil etish) 1) struktura, shakl va uslublarini qayta tashkil etish, faoliyatning maqsadli yoʼnalishini oʼzgartirish; 2) aynaltirishning bitta usullaridan biri, xalqaro huquq normalarini ichki davlat huquqi normalariga qayta tashkil qilish maʼnolarini anglatadi” .
Demak, buxgalteriya hisobi maʼnolarida transformatsiya mamlakatimizda amal qilingan qonunchilikka muvofiq hisob tizimidagi qoidalar, tamoyillar, usul va uslublarni hamda axborotlarni boshqa mamlakat yoki xalqaro qoidalariga muvofiqlashtirgan holda aylantirishga, yaʼni yangi maʼno kashf etishga aytiladi. Moliyaviy hisobotning tranformatsiyasini taʼriflashda uning qaysi sanadagi holat boʼyicha oʼtkazilishi, uning asosiy mazmuni milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga oʼtkazishga qaratilganligi, transformatsiya jarayonida MHXSlariga muvofiq holatda qayta guruhlashtirish, qayta tan olish, qayta baholash, toʼgʼirlashlar kiritish asosida xalqaro talablarga javob beradigan axborotlarni shakllantiradigan yangi tizimga agʼdarish va qayta tashkil qilish jarayoni ekanligiga alohida urgʼu berish lozim, deb oʼylaymiz. Moliyaviy hisobot boʼyicha moliyaviy hisobot transformatsiyasiga quyidagicha taʼrifni keltiramiz: Moliyaviy hisobot transformatsiyasi - bu hisobot sanasi holati boʼyicha buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan hisobot komponentlari moddalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq holda qayta guruhlashtirish, ularning moddalarini qayta tan olish, qayta baholash va toʼgʼirlashlar kiritishlar asosida MHXSlari hisobotlari axborotlarining yangi tizimiga agʼdarish va qayta tashkil qilish jarayonidir.
Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) qoʼllanilishi majburiy xarakterdagi hujjat emas, u tavsiyanoma xarakteriga ega. Unda milliy standartlaridagi kabi korxonalar taqdim etishi shart boʼlgan moliyaviy hisobot shakllarini belgilamaydi. MHXSlari moliyaviy hisobotning asosiy komponentlari va ularda aks ettiriladigan minimal axborotlar tarkibini belgilaydi. MHXSlarini qoʼllash kompaniyaning mutlaq vakolatidagi masaladir. MHXSlariga oʼtish yoki BHMSlari asosida tuzilgan MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- kompaniya faoliyati natijalarining shaffofligini oshiradi;
- axborot foydalanuvchilarda bitta kompaniya doirasida moliyaviy koʼrsatkichlarni davrlar boʼyicha hamda bir nechta xil kompaniyalar boʼyicha esa talluqli koʼrsatkichlarni bir-biriga solishtirib tahlil oʼtkazish imkoniyati tugʼiladi;
- kreditorlar, aktsiyadorlar, kredit beruvchi tashkilotlarda kompaniyaga ishonch oshadi va yuqori ishonch bilan kompaniya faoliyatiga pul qoʼyadi, kompaniyaning kredit olish imkoniyati kengayadi;
- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan hamkorlik yuksaladi;
- dunyo bozorlariga chiqish, xomashyo, valyuta, mehnat birjalariga, xalqaro kapital bozoriga chiqish imkoniyatlari tugʼiladi;
- kompaniya menejerlariga boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun ishonchli, obʼektiv, uygʼun hamda oʼz vaqtida tizimlashgan moliyaviy axborotlarni olish imkoniyatlari yuzaga keladi;
- kompaniya faoliyatini byudjetlashtirish, rejalashtirish va strategik rivojlanishini baholashda zarur axborotlar taʼmin etiladi;
- kompaniya boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, kompaniya raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirishga erishiladi;
- kompaniyalarda korruptsiya elementlari, suisteʼmollik qilish, soliq obʼektlarini yashirish, talon-taroj qilish, mahalliychilik, xoʼjasizlik, bankrotlik holatiga olib kelish holatlari barham topadi;
- mehnatni ragʼbatlantirish tizimi tubdan yaxshilanadi, moddiy manfaatdorlik oshadi.
- kuchli nazorat tizimi oʼrnatiladi. Maʼnaviy muhit barqarorlashadi. Xodimlarda ishiga, kompaniyasiga va vataniga sodiqlik xislatlari bir-biriga uygʼunlashadi.
- xodimlarda oʼz ustida ishlash va malakasini muntazam oshirish imkoniyatlari tugʼiladi. Professionallikka qiziqish va harakat kuchayadi.
MHXSlariga istalgan paytda, tayyorgarliksiz, toʼgʼridan-toʼgʼri oʼtib boʼlmaydi. Аgarda tayyorgarliksiz moliyaviy hisobot MHXSlar boʼyicha transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, MHXSlarni birinchi marta qoʼllashda yoki milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni transformatsiya qilishdan oldin muhit, shartsharoit va maʼlum tayyorganlik ishlari olib borilishi shart .
Biz bu omillarga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
- mamlakatda moliya, pul-kredit, soliq, mehnat qonunchiligi dunyo standartlariga uygʼun boʼlishi kerak. Milliy valyutaning erkin konvertatsiyalanishiga erishish kerak;
- mamlakat iqtisodiyotida yuqori inflyatsiya darajasi boʼlmasligi kerak;
- Oʼzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari tizimi imkon qadar MHXSlariga uygʼun boʼlishini taʼminlashimiz kerak. Аgar oʼrtada tafovut katta boʼlsa transformatsiya jarayoni qiyinlashadi, transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi;
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishda meʼyoriy-huquqiy hujjat faqat Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisidagi qonun va buxgalteriya hisobi standartlari boʼlishi kerak. Nizomlar, yoʼriqnomalar va qoidalarni ham bosqichma-bosqich standartlarga aylantirishimiz kerak;
- iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar, byudjet tizimi, bank tizimlari va jamoat fondlarida (foyda olishni maqsad qilib qoʼyishi va qoʼymasligidan qatʼi nazar) buxgalteriya hisobi boʼyicha alohida standartlarni boʼlishini koʼzda tutmasdan, balki yagona standartlar tizimini yaratishimiz kerak, qaysiki undagi qoidalar barcha turdagi kompaniya va tashkilotlarga bir xil mazmunda qoʼllanilishiga erishishimiz kerak;
- moliyaviy hisobotni taqdim etish valyutasini xalqaro standartlarga muvofiq erkin ravishda belgilash tartibiga oʼtish imkoniyatlari yaratilishi kerak;
- mamlakatda professional buxgalterlar instituti tashkil etish, uning vakolati doirasida sertifikatli buxgalter va auditorlarning professional malakasini oshirish, SАR va CIPA sertifikatlarining keng joriy qilinishini kengaytirish kerak.
- buxgalterlarni chet ellarda malaka oshirishini, chet tillarini oʼrganishi (IELTS), amaliyotchi buxgalterlarda buxgalteriya hisobi boʼyicha xalqaro dasturlarda ishlash koʼnikmalarini shakllantirish lozim;
- kompaniyalar, aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standart talablariga muvofiqlashtirish kerak;
- buxgalterlarni moddiy ragʼbatlantirish tizimini takomillashtirish, ularning etika qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;
- kompaniyalarda hisob siyosatini mukammallashtirish, uni moliyaviy hisobot tamoyillariga toʼliq rioya qilgan holda tuzilishi hamda chinakkam hisob loyihasi boʼlishi, shuningdek kompaniyada xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishchi schetlar rejasini ishlab chiqishga erishish;
- kompaniyada buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni maxsus dasturlar asosida yuritilishini taʼminlash va boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish lozim, deb oʼylaymiz.
Oʼzbekiston Respublikasidagi faoliyat yuritayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari, boshqa xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar “Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida”gi Qonun va BHMSlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzadi. Yuqoridagi imkoniyatlarga ega boʼlish maqsadida kompaniya moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida tuzish va taqdim qilishni taqozo etadi. Xoʼsh, shunday katta imkoniyatlarni ochib beradigan hamda kompaniyaning shaffofligini taʼminlaydigan MHXSlari asosida moliyaviy hisobotni tuzish qanday amalga oshiriladi va unga qanday erishish mumkin. Buning ikkita tan olingan yoʼli bor. Birinchi yoʼli, BHMSlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXSlari asosida transformatsiya qilish.


Yüklə 207,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin