1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996-yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi.
1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi.
2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi.
2007-yil: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi.
Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi.
Ipoteka bank — Oʻzbekistondagi xorijiy investor ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank O'zbekiston bank tizimida jami aktivlari bo'yicha 7.1 foiz ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan.Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi.
2023-yil 13-iyun sanasida OTP Bank Ipoteka-bankning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 73.71 foizini sotib olib uning asosiy aksiyadoriga aylandi hamda shu sanadan boshlab Ipoteka bank rasman OTP Guruhi a'zosiga aylandi
Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta filial va 200 dan ortiq bank xizmatlari markazlari orqali 1,6 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi
Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan[.
Bank menedjmenti
Bankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni o'z ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi tarkibida besh nafar xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil a'zolar mavjud.
Bank Kuzatuv kengashi raisi – xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega OTP Bank Plc Bosh direktor o'rinbosari Laslo Vulf hisoblanadi
“Ipoteka-bank” Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan
Ipoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yo'nalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan.
Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.
Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va an'anaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yo'naltirilgan innovatsion tizim bilan almashtird
Bank reytinglari
Ipoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:
Fitch Ratings reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi
Moody’s reyting agentligining "B1" darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi
S&P Global reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi
Manbalar
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki.„Bank tizimining taqqoslama koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’lumot“.
↑O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasi.„Banklar reytingi“.
↑"Ipoteka-bank"ATIB.„Ipotekabank.uz“.
↑O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi.„ОТП Банк намерен приобрести контрольный пакет акций узбекского «Ипотека-банка»“ (ru). 8-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2022-yil.
↑uza.uz.„Мижозлар манфаат – энг олий мақсад“.
↑lex.uz.„Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 31.01.1996-yildagi PF-1366-son“.