Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi. Reja: Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi



Yüklə 137,11 Kb.
səhifə6/7
tarix16.12.2023
ölçüsü137,11 Kb.
#181651
1   2   3   4   5   6   7
Audit SS

Moliyaviy nazorat funktsiyasi bo’limi

Moliyaviy nazoratga kiruvchi mustaqil auditning maxsus funktsiyasi bo’limi

Byudjet-moliyaviy nazorati

Moliyaviy-xo’jalik (tadbirkorlik, tijorat) nazorati

Mustaqil audit

Byudjet daromad va xarajat moddalarini tekshirish

Moliyaviy xo’jalik faoliyatini va moliyaviy hisobotlarning to’g’riligini tekshirish

Moliyaviy hisobotlarning to’g’riligini tasdiqlash

Mavzu bo’yicha tekshirish yoki operatsion audit




Baholash dasturi, aniq natijalar olishga mo’ljallash, «sanset» metodi




Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda o’g’irliklar sodir bo’lganda yuqori tashkilotga taqdim etish

Auditorlik firmasining maslahat xizmatlari

1.1-rasm. Moliyaviy nazoratni har bir tur funktsiyasi bo’yicha bo’limi
Moliyaviy byudjet - nazoratining sub’ektlari bo’lib, birinchi navbatda, nazorat huquqiga ega bo’lgan davlat organlari, qonunchilik va ijro organlari va boshqaruv hisoblanadi. O’zbekistonda bunga Oliy Majlisning Senat va qonunchilik palatasi, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi, moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqalar kiradi.
Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:
1) Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo’linadi;
2) Byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi: 1) O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi;
2) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari;
3) Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki nazorat xizmati.
Rejadan tashqari nazorat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, shunga vakil davlat organlari va deputatlik so’rovlari asosida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari:
Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari bo’lib, nazorat qilishga vakolati bo’lgan Davlat hokimiyati organlari, birinchi navbatda, qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv organlari hisoblanadi. O’zbekistonda ularga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi Prezident Devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari kiradi.
a) O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi
Davlat moliyaviy nazoratining yuqori organi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi hisoblanib, uning tomonidan Davlat byudjeti ijrosi, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlar byudjetining tashqi nazoratini amalga oshiradi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bevosita bo’ysunadi va hisobdor hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjeti bajarilishi nazoratini amalga oshiradi:
- Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlari loyihasini ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
- Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining ijrosi natijalari bo’yicha hisobotni ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
- Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishini, shu bilan birga, soliq va bojxona organlarini, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlar faoliyatining monitoringini amalga oshiradi;
- Byudjet mablag’larining harakati to’g’risida qonunchilik doirasida bankdan ma’lumot oladi;
- Moliya organlari, g’aznachilik bo’limlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar va xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi hamda taftish o’tkazadi;
- Qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa vakolati doirasida faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi yilning har choragida Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishi natijalarini ko’rib chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat byudjeti ijrosini yilning har choragida ko’rib chiqadi.
v) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjetining ijrosi nazoratini amalga oshiradi:
- turli darajadagi byudjet ijrosi natijalarini ko’rib chiqadi;
- soliq va bojxona organlari, davlat maqsadli fondlari taqsimlovchi organlardan turli darajadagi byudjetlar mablag’larining kelib tushishi to’g’risida axborotlar oladi;
- davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan byudjet mablag’lari oluvchilari yuridik majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazish orqali (G’aznachilik) dastlabki nazoratni amalga oshiradi;
- byudjetdan mablag’ oluvchilar moliyaviy majburiyatlarining hisobini yuritish orqali (G’aznachilik) va ularning nomidan mol etkazib beruvchilar tovar (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ularning schyotiga bevosita pul o’tkazish orqali yoki boshqa ko’zda tutilgan maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to’lovlarni to’lash va boshqalar) to’lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi;
- qonunchilikka ko’ra bankdan byudjet mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot oladi;
- o’zining vakolati doirasida taftish o’tkazadi va byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi;
- keyingi davlat moliyaviy nazoratini (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari) respublika va mahalliy darajada amalga oshiradi.
g) ichki nazorat xizmati
Respublika va mahalliy davlat boshqaruvining ichki nazorat xizmati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazorat funktsiyasini amalga oshiradi.
Ichki nazorat xizmati:
1) davlat organlarining faoliyati yo’nalishi bo’yicha uning ishining unumdorligi va sifatini oshirish maqsadida amalga oshiradi;
2) davlat organlari, uning hududiy bo’linmalari va bo’ysinuvchi tashkilotlar faoliyatining yo’nalishi bo’yicha baholashni amalga oshiradi hamda davlat organlarining birinchi rahbariga uning faoliyatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar taqdim etadi;
3) O’zbekiston Respublikasi byudjet va boshqa qonunchiliklarini davlat organlari rioya qilishini tekshirishni amalga oshiradi;
4) Davlat organlarining strategik va operatsion rejalarini amalga oshirishni va natijalarini baholashni tekshirishni amalga oshiradi;
5) Davlat organlari tomonidan hisob va hisobotni to’g’ri va ishonchli yuritilishi nazoratini amalga oshiradi;
6) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublika va mahalliy byudjet mablag’laridan foydalanishda buzilishlarni aniqlaydi, oldini oladi va yo’l qo’ymaslik bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
7) Nazorat natijalrining jami bo’yicha qaror qabul qilish, nazorat ob’ektlarining yo’nalishi va ijrosining nazoratini amalga oshiradi;
8) Nazorat ob’ektlaridan belgilangan muddatlarda nazorat o’tkazish bilan bog’liq zarur hujjatlar, spravka, og’zaki va yozma tushuntirish xatlari so’rashi va olishi mumkin;
9) nazorat tadbirlarining savollari bilan bog’liq, tegishli sir saqlash rejimiga rioya qilishi, xizmat, tijorat yoki qonun bilan qo’riqlanadigan sirni saqlagan holda nazorat ob’ekti hujjatlari bilan hech qanday to’siqsiz tanishishi;
10) davlat organi rahbari belgilagan vakolat doirasida boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Ichki nazorat xizmati davlat organi rahbariga nazorat natijalari to’g’risida hisobotlar va davlat organi ishining samaradorligini oshirish maqsadida, uning faoliyati bo’yicha to’g’ri va yakuniy natijalarga erishish uchun ichki jarayonlar, qoidalar, protsesslarni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi.
Ichki nazorat xizmati tashkiliy jihatdan boshqa tarkibiy bo’linmalarga bog’liq emas, faqat davlat organining birinchi rahbariga bo’ysinadi va unga hisobot beradi.
Ichki nazorat xizmati ijro organi bo’lib, viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, ijro organlarida ichki davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi, viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi va tegishli ijro organlari tuman (viloyat ahamiyatga ega shahar) byudjeti hisobidan moliyalashtiradi.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari
Davlat moliyaviy nazorati printsiplariga quyidagilar kiradi:
1) mustaqillik printsipi – davlat moliyaviy nazorati organlari bog’liq bo’lmaydi, aralashishga yo’l qo’yilmaydi;
2) ob’ektivlik printsipi – O’zbekiston Respublikasi mos kelishini qat’iy nazoratini amalga oshiradi, davlat moliyaviy nazorati standartlari asosida, tomonlarning o’zaro nizolaridan tashqari;
3) ishonchlilik printsipi-nazorat ob’ektini buxgalteriya hisobi, bank va boshqa hujjatlar asosida nazorat natijalarini tasdiqlash;
4) shaffoflik printsipi – davlat moliyaviy nazorat organlari O’zbekiston Respublikasi Prezideni, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, davlat organlarining rahbarlari, jamoatchilikka hisobdor, nazorat natijalarini ifoda etishning aniqligi;
5) kompetentlik printsipi – davlat moliyaviy nazorat organlarining xodimlari nazorat qilishni amalga oshirish bo’yicha zaruriy kasbiy bilim va mahorati yig’indisi;
6) oshkoralik printsipi – davlat moliyaviy nazorati natijalarini maxfiyligi, xizmat, tijorat yoki boshqa shu kabi qonun bilan sir saqlanadigan axborotlarni hisobga olgan holda chop etish.
Davlat moliyaviy nazoratiga yagona talablar davlat moliyaviy nazorati standartlari tomonidan belgilanadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagi turlarga bo’linadi:
1) mos kelishining nazorati-O’zbekiston Respublikasi byudjet va shu kabi qonunchiligini nazorat ob’ektlari faoliyatiga mos keluvchanligini baholash;
2) moliyaviy hisobotlar nazorati – nazorat ob’ektlarining moliyaviy hisobotini o’z vaqtida tuzilishi va taqdim etilishini hamda asoslanganligini, ishonchliligini baholash;
3) samaradorlik nazorati – baholash, shu jumladan, moliyaviy hisobotlar va unga mos kelishning nazorati, davlat aktivlarini hamda kafilligini, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzlarni, grantlardan foydalanish bilan bog’liq davlat xizmatlarining ko’rsatilishi, davlat va byudjet dasturi realizatsiyasi, ularning strategik rejasida ko’zda tutilgan, davlat organlari erishgan to’g’ri va yakuniy natijalar hamda davlat organlari va sub’ektlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks va ob’ektiv tahlil va davlat boshqaruvi ayrim olingan tarmoq(soha) yoki ijtimoiy soha, iqtisodiyotning rivojlanishi davlat sektori sub’ektlariga ta’siri ko’rib chiqiladi.
Davlat moliyaviy nazorati turlari
Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi:
1) kompleks nazorat – aniq davr bo’yicha hamma masalalar bo’yicha nazorat ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
2) tematik nazorat – aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha nazorat ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
3) muqobil nazorat – uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy nazorat ob’ekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;
4) qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda o’tkazadigan nazorat.
Kompaniyalarda yillik buxgalteriya hisobi jarayoni tugashi bilan, auditorlik tekshiruvi ishlari boshlanib hisob kitoblarining haqiqiyligi va ularning amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilganligi sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobi - xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish, hisobotni saqlash, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishga ma’suldir. Buxgalterlik firmalari korxona tomonidan ularning pul muomalalarini yuritilishini olib boradi. Bu biznesni tushunadigan tildir, chunki u tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotini taqdim etish vositasidir.
Aksincha, Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati. Korxonaning buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarining haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan. Shunday qilib, u buxgalteriya ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farqni tushunish uchun quyidagi jadvalni ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 137,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin