Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi. Reja: Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi



Yüklə 137,11 Kb.
səhifə1/7
tarix16.12.2023
ölçüsü137,11 Kb.
#181651
  1   2   3   4   5   6   7
Audit SS


Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi.
REJA:

1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi.
2.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi.
3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari.

Tayanch so’z va iboralar: Audit, tadbirkorlik faoliyati, mustaqil nazorat, buxgalteriya hisoboti, xo‘jalik yurituvchi subyekt, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar, auditorlik xizmati, buxgalteriya hisobotini tuzish bo‘yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy audit, tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori. Auditning obyekti va subyekti, auditning predmeti, auditorlik tekshiruvining usullari, xo‘jalik faoliyatining tahlili, inventarizatsiya, hujjatli tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so‘rovnoma o‘tkazish, kalkulatsiya, baholash, taqqoslash, skanerlash, tanlash, xo‘jalik shartnomalari.

1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi
Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin. Turdosh xizmatlarga quyidagilar kiradi:
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish;
yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat berish;
auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish;
buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin (33-modda).

Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari turdosh xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.


O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
31-modda. Auditorlik xizmatlarining turlari
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari turidagi auditorlik xizmatlarini ko‘rsatadi.
Auditorlik xizmatlari auditorlik tashkiloti va auditorlik xizmatlari buyurtmachisi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
32-modda. Auditorlik tekshiruvi
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining va u bilan bog‘liq moliyaviy axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy hisobotning hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotning ishonchliligini va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Ishonchlilik deganda moliyaviy hisobot ma’lumotlarining aniqlik darajasi tushunilib, u ushbu hisobot asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida xolis xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan majburiy tarzda va tashabbus shaklida o‘tkaziladi.
Auditorlik tekshiruvini davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan foydalangan holda o‘tkazish faqat ularni himoya qilish choralari ko‘rilganidan keyin qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun talablaridan farq qiladigan tartibda amalga oshiriladigan tekshiruv auditorlik tekshiruvi bo‘lmaydi.
Shuningdek, Qonunning 17-moddasiga muvofiq «Auditor o‘zi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning o‘zida faqat bitta auditorlik tashkiloti tarkibida ishlashi mumkin.
Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs auditorning yordamchisidir.
Auditorning yordamchisiga nisbatan uning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi chog‘ida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati tatbiq etiladi».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 27-moddasiga ko’ra:
Auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotlariga tadbirkorlik faoliyatining ushbu Qonun 32 va 33-moddalarida nazarda tutilgan turlaridan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi kamida to‘rt nafar auditordan iborat bo‘ladi;
auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan ulush kamida ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno);
auditorlik tashkilotiga faqat o‘zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu moddaning oltinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kun muddatda vakolatli davlat organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud auditorlik faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Ushbu moddaning oltinchi qismi talablariga nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasi bo‘lishi va bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
O‘zi haqidagi ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
«Sipohga haq taqsimlash tuzugi»da esa o’sha zamonga xos nazorat tizimi haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: «Mulk qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor fuqaroga jabr zulm etkazib, ularning holini xarob etmasin. U viloyatdan yig’ilgan butun mol ashyolarni kirim daftariga yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa (daromad)ning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va (yig’ilgan mollardan) sipohiylarning maoshi uchun taqsim qilsin. Qaysi amirga mulk berilar ekan, uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Uch yil o’tgandan so’ng uni tekshirib ko’rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo’lsa, u viloyatni holisaga o’tkazib, uch yilgacha o’sha jogirdorga haq berilmasin».
Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi:


  1. Yüklə 137,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin