Ichki audit bo`limining joriy chorak uchun tekshiruvlari natijasi
Toshkent markaziy vokzal filiali
Toshkent markaziy vokzali filialining naqd pul mablag‘larini, kassa hisoboti va boshqa g‘azna hujjatlari saqlashga alohida xona ajratilgan bo`lib, g`aznachi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. G`azna kirimi va chiqim xujjatlari tog`ri rasmiylashtirilgan. G`azna xujjatlari tegishli xodimlar tomonidan imzolangan. G`aznada xech qanday qoldiq mavjud emas.
Toshkent markaziy vokzali filialining ishonchnomalarni qayd qilish kitobi yuritilgan bo‘lib, kitob varag`lari raqamlanmagan, shnurlanmagan, xamda muxrlanmagan. Korxona raxbari va bosh xisobchisi tomonidan imzolanmagan. Ushbu kamchiliklar tekshiruv jarayonida bartaraf etildi.
Buxgalteriya xisobi filialda 1C dasturida tuzilgan bo`lib, asosiy vositalar hisobi, ish haqi hisobi, materiallar hisobi va yo`lovchilarga chipta pullarini qaytarish hisobi dastur asosida yuritilmoqda. Debitor va kreditorlik qarzlar hisobi, bank o`tkazmalari hisobi, umumiy ovqatlanish faoliyati hisobotlari 1C dasturida yuritilmasdan kelmoqda. Omborxonada har oylik doimiy inventarizatsiyalar o`tqazilmagan.
Ushbu hisobotda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bizga taqdim etilgan xujjatlar asosida tayyorlangan, auditorlik tekshiruvi davomida korxona raxbariyatiga mavjud xisobchilar malakasini oshirish, xozirgi zamon yangi texnologiyalari ishlab chiqarishga joriy etish ya’ni buxgalteriya xisobotlarini kompyuterlashtirish, yangi chiqayotgan normativ, me’yoriy xujjatlar bilan tanishib borish uchun davriy nashrlarga obuna bo‘lish, buxgalteriya xisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan “Buxgalteriya hisobi milliy andozalari” talablari asosida takomillashtirish tavsiya etiladi.