Buxgalteriya hisobida aks ettirish. Korxonada moliyaviy faoliyat uchun ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va xarajatlarini hisobga olish 05.02.1999 yildagi 54-sonli "mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Natijalar: buxgalteriya hisobini tekshirish natijasida davri xarajatlarida kamchiliklar aniqlanmadi.
Asosiy faoliyatdan, boshqa daromadlardan va moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga olish. Moliyaviy va boshqa hisobotlarda aks ettirish. Moliyaviy hisobotda iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar moliyaviy natijalar hisobotida (2-shakl) ko`rsatilgan.
2021 yilning 2 choragi uchun moliyaviy hisobot ma'lumotlariga ko'ra:
Satr. 010 - “mahsulot sotishdan tushgn tushum” – 223 911 199
Satr. 030 - "mahsulot sotishdan tushgan yalpi foyda (zarar)" – 53 807 198 ming so`m.
Satr. 090 - "asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar" – 6 170 507 ming so`m.
Satr. 100 - "asosiy faoliyatdan foyda va zarar" – 13 805 816 ming so`m.
Satr. 110 - "moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar" – 20 322 009 ming so`m.
Satr. 120 - "dividendlar shaklidagi daromadlar – 0
Satr. 150 - "valyuta farqidan olingan daromadlar – 234 144 ming so`m.
Buxgalteriya hisobida aks ettirish. "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ xizmatlarini amalga oshirish siklini audit qilish uchun quyidagilar taqdim etildi:
- hisob-varaq fakturalar.
- savdo hisobini yuritish uchun aylanma balanslar.
Natijalar: auditor daromad hisobini tekshirishning umumiy natijasi, 2021-yil 2-chorak uchun olingan daromadlar korxona tomonidan to'g'ri aniqlangan deb hisoblaydi.