Auditorlik hulosasi va uning turlari. Reja. Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi fikrni shakllantirish


Auditorlik xulosasining maxsus qismi



Yüklə 193,45 Kb.
səhifə5/7
tarix09.01.2023
ölçüsü193,45 Kb.
#78813
1   2   3   4   5   6   7
Auditorlik hulosasi va uning turlari.

. Auditorlik xulosasining maxsus qismi.

  • Auditorlik xulosasining maxsus qismida modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatiladi.
  • Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism “Salbiy fikr bildirish uchun asos”, “Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Fikr bildirishni rad etish uchun asos” deb nomlanadi.
  • 51. Agarda moliyaviy hisobotda qandaydir ko‘rsatkichlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda ushbu buzib ko‘rsatishning bayonini va tegishli ko‘rsatkichlarga ta’sirini keltirishi kerak. Agarda moliyaviy hisobotning tegishli ko‘rsatkichlariga buzib ko‘rsatishning ta’sirini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lmagan taqdirda, auditorlik tashkiloti buni maxsus qismda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
  • 52. Agarda moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida taqdim etilgan axborot ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda bunday buzib ko‘rsatishning bayonini keltirishi kerak.
  • 53. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishni mo‘ljal qilayotgan taqdirda, u xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga ushbu holatga sabab bo‘lgan vaziyatlar to‘g‘risida, shuningdek modifikatsiyalangan fikr bildirishning mo‘ljallanayotgan mazmuni to‘g‘risida xabar berishi kerak.
  • Auditorlik xulosasida mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikrni bildirishga sabab bo‘lgan vaziyatlar va modifikatsiyalangan fikr bildirishning taxminiy mazmuni to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga xabar berish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
  • auditorlik tashkilotiga modifikatsiyalangan fikr bildirishga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatida tushunish paydo bo‘lganligini yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining fikrlari bilan farqlanishlar mavjud ekanligini aniqlab olishga;
  • xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan, agar bunga joiz bo‘lsa, mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun olib kelgan vaziyatlar yuzasidan auditorlik tashkilotiga qo‘shimcha ma’lumotlar va tushuntirishlar taqdim etishga.
  • 55. Agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi uchun modifikatsiyalangan fikr bildirgan taqdirda, modifikatsiyalangan fikr sabablarini maxsus qismda ko‘rsatish kerak.

Yüklə 193,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin