O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari.
Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:
axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;
noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorla-rining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;
iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;
axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k.
O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari.
Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.
Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.
Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi. Maqsadli sistemali auditshakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza o’tkaza boshladilar. Buning oqibatida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bo’lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o’tkazishga hojat qolmaydi.
O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari.
Tavakkalchilikka asoslangan audit yoppasiga yoki tanlov yo’li bilan o’tkaziladigan tekshirish bo’lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi ob’ektlarni tekshirish bilan yakunlanadi. Davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati turlicha. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada auditorlik tashkilotlari mustaqil bo’lib, ular auditorlarni o’zlari tayyorlaydilar, tegishli malakaviy unvonlarni beradilar va keyinchalik ham ularning o’z vazifalarini vijdonan, halol bajarishlarini nazorat qilib turadilar. Boshqa Evropa mamlakatlarida auditorlik faoliyati hukumat organlari tomonidan tashkil qilinadi. Bozorning kengayishi bilan auditorlik firmalari ko’rsatadigan xizmatlar turlari va hajmlari ham ortib boradi. Ko’plab firmalar odatdagi buxgalteriya hisobiga oid maslahatlar va xizmatlardan tashqari soliqqa tortish, boshqaruv faoliyati va axborotlarni olish texnologiyasi, marketing, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholash, iqtisodiy rejalashtirish va istiqbolni belgilash, bank va sug’urta ishlari bo’yicha ham xizmat ko’rsata boshladilar. Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi: