Obʻyekt tushunchasi AutoCAD dasturi bilan ishlashda obʻyekt tushunchasini toʻgʻri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Pryamоugоlʻnik» - Toʻgʻri toʻrtburchak chizish buyrugʻi asosida bajarilgan shaklni dastur bitta obʻyekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Оtrеzоk» - Kesma buyrugʻi asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni toʻrtta obʻyekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa toʻrt marta toʻgʻri chiziq chizish buyrugʻi ketma – ket takrorlandi.
2. 3.
«Pryamоugоlʻnik» - Toʻgʻri toʻrtburchak chizish buyrugʻi asosida bajarilgan toʻrtburchak. (1 ta obʻyekt)
«Оtrеzоk» - Kesma buyrugʻi asosida bajarilgan toʻrtburchak. (4 ta obʻyekt)
Bitta obʻyektdan iborat shakllar.
Obʻyekt va obʻyektlarni tanlash Obʻyektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur.
Bitta obʻyekt tanlanishi uchun sichqoncha koʻrsatkichi obʻyekt chizigʻi ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bir nechta obʻyektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida obʻyektlar guruxini toʻgʻri toʻrtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun obʻyektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib koʻk yoki yashil rangdagi toʻgʻri toʻrtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka obʻyekt yoki obʻyektlarni oʻz hududiga olishi kerak. Obʻyekt (obʻyektlar) toʻgʻri toʻrtburchak hududida joylashgandan soʻng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada obʻyekt (obʻyektlar) chiziq turi oʻzgarib tanlanganligini bildiradi. Ramka esa yoʻqoladi.
Koʻk ramka – obʻyektlar guruxidan kerakli obʻyektlar toʻplamini ajratib tanlash uchun qoʻllanadi. Faqat oʻz hududiga toʻliq kirgan obʻektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha koʻrsatkichi 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yoʻnaltiriladi.
Koʻ
k
ram
ka
a sos ida obʻ yektlarni tanlash. Natija.
Yashil ramka – toʻliq obʻyektlar majmuasini tanlashni nazarda tutadi. Bunda obʻyektning biron bir qismi ramka hududiga toʻliq kirmagan boʻlsa ham obʻyekt (obʻyektlar) bari bir tanlanadi. Agarda obʻyekt (obʻyektlar) ramka hududidan toʻliq tashqarida qolsa u holda ular tanlanmaydi.
Sichqoncha harakati 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yoʻnaltiriladi.
Yashi
l ramka asosid a
obʻye ktlarn i tanlash. Natija.
«Tеkst» - Matn taxrirlash paneli.
U shbu panelning asosiy funksiyasi matn yaratish va mavjud matnlarni tahrirlashdan iboratdir. Panelda bir qator maʻlum bir funksiyalarga ega boʻlgan interaktiv tugmalar mavjud.
«Mnоgоstrоchnыy» - Koʻp qatorli matn kiritish.
«Однострочный» - Bir qatorli matn kiritish.
«Редактироват» - Tahrirlash.
«Найти» - Qidirish.
«Текстовые стили» - Matn turlari.
«Масштаб» – Masshtab.
«Вырывание» - Tekislash.
«Преобразавать в единицы другого пространства» - Boshqa muxit oʻlchov birligiga oʻtkazish.