Autocad dasturida ishlash texnologiyasi


Копировать – Nusxa olish buyrug’i



Yüklə 216,79 Kb.
səhifə2/11
tarix20.11.2023
ölçüsü216,79 Kb.
#164773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Autocad dasturida ishlash texnologiyasi

Копировать – Nusxa olish buyrug’i
U shbu buyruq tugmasi ob’ektlardan nusxa ko’chirish va ularni ko’paytirishni nazarda tutadi.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul:

    1. Ob’ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.

    2. Копировать – Nusxa olish buyrug’i piktogrammasi tanlanadi.

E kranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ degan axborot chiqadi. Ob’yektning biror nuqtasi sichqoncha yordamida tanlansa, shu nuqta nusxa olingan ob’yektni ko’chirish uchun asos qilib olinadi. Bu usul nusxa olingan ob’yektni aniq bir nuqtasi asosida ko’p nusxada ko’chirishni nazarda tutadi.
A garda «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqganda klaviaturadagi ko’rsatkich bosilib qo’shimcha axborot menusi chaqirilsa unda bitta band – «Перемещение» - Ko’chirish mavjud. Bu band ob’yekt (ob’yektlarni) ma’lum bir yo’nalishda, ba’lum bir masofada nusxa olib ko’chirishni nazarda tutadi. Ushbu band “Enter” tugmasi yoki sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Yonalish burchak asosida sichqoncha ko’rsatkichini surish bilan, masofa esa klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi.
II usul:

  1. Копировать – Nusxa olish buyrug’i piktogrammasi tanlanadi.

Sichqoncha ko’rsatkichi ob’ekt tanlash rejimiga o’tadi va «Выберите объекты:» - Ob’ektlarni tanlang: axborotini beradi.

  1. Ob’ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.

  2. S ichqoncha o’ng tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi.

  3. Ekranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ degan axborot chiqadi. I usuldagi kabi amallar ketma-ketligi bajariladi.

III usul:

  1. Ob’ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.

  2. Sichqoncha o’ng tugmasi yordamida kontekst menu chaqiriladi.

Kontekst menudan kerakli band «Копировать» yoki «Копировать с базовой точкой» tanlanadi. «Копировать с базовой точкой» bandi tanlansa bazaviy nuqta ko’rsatilishi shart.

  1. Sichqoncha o’ng tugmasi yordamida yana kontekst menu chaqiriladi.

  2. Undagi «Вставить» yoki «Вставить как блок» bandlaridagi shartlardan biri tanlanadi va ob’yekt sichqoncha chap tugmasi yordamida o’rnatiladi.


Yüklə 216,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin