«Число элементов:» - Elementlar soni. «Угол заполнения:» - To’ldirish burchagi. «Угол между элементами:» - Elementlar orasidagi burchak. To’ldirish burchagi va Elementlar orasidagi burchak oynachalari qiymat asosida kiritishdan tashqari ko’rsatkich tugmalarga ham egaki, ular yordamida qiymat kiritilmasdan bevosita sichqoncha yordamida ekrandan kerakli burchak nuqtasi tanlanishi mumkin va u qiymat sifatida qabul qilinadi.
Yasash usulibandining tanlangan sharti asosida kerakli qiymatlar kiritiladi.
«Поворачивать элементы массива» - Massiv elementlarini burish bandi tanlansa belgi olib tashlanadi. Takroran ushbu band tanlansa belgi qaytib o’rnatiladi. Bu band massiv elementlarini markaziy oqga nisbatan burishni nazarda tutadi.
Barcha amallar “OK” tugmasi bilan tasdiqlanishi yoki «Просмотр» - Namoyish tugmasi orqali ko’rib chiqilishi mumkin.
Перенести – Ko’chirish buyrug’i U shbu buyruq tugmasi ob’yektlarni tuzilishini o’zgartirmasdan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
I usul: Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Перенести» - Ko’chirish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
E kranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.
Sichqoncha yordamida ob’yekt (ob’yektlar)ning biron bir nuqtasi ko’chirish uchun asos qilib tanlanadi.
Tanlangan nuqta asosida ob’yekt boshqa nuqtaga ko’chiriladi va sichqoncha yordamida o’rnatiladi.
II usul: Tahrirlash panelidagi «Перенести» - Ko’chirish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yekt tanlash rejimiga o’tadi.
Ob’yekt (ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Ekranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.
Sichqoncha yordamida ob’yekt (ob’yektlar)ning biron bir nuqtasi ko’chirish uchun asos qilib tanlanadi.
Tanlangan nuqta asosida ob’yekt boshqa nuqtaga ko’chiriladi va sichqoncha yordamida o’rnatiladi.