Повернуть – Burish buyrug’i U shbu tahrirlash buyruq tugmasi ob’yektlarni biron bir o’q atrofida burishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Повернуть» - Burishbuyruq piktogrammasi tanlanadi.
E kranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.
Sichqoncha yordamida ob’yekt (ob’yektlar)ning biron bir nuqtasi ko’chirish uchun asos qilib tanlanadi. Ya’ni shu nuqta atrofida burish nazarda tutiladi.
Ekranga «Угол поворота или ↓» - Burish burchagi yoki ↓ axboroti chiqariladi. Klaviaturadan biron bir qiymat kiritilb “Enter” tugmasi bilan tasdiqlansa burish burchagi sifatida qabul qilinadi va ob’yekt (ob’yektlar) burib ko’chiriladi.
Agarda qiymat kiritilmasdan klaviaturadagi ↓ ko’rsatkichi tanlansa qo’shimcha axborot menusi ochiladi. Unda «Копия» - Nusxa va «Опорный угол» - Tayanch burchakbandlari mavjud.
«Копия» - Nusxabandi tanlansa yana «Угол поворота или ↓» - Burish burchagi yoki ↓ axboroti chiqariladi. Endi klaviaturadan biron bir qiymat kiritilb “Enter” tugmasi bilan tasdiqlansa burish burchagi sifatida qabul qilinadi va ob’yekt (ob’yektlar) burib ko’chiriladi. Bunda dastlabki ob’yekt (ob’yektlar) saqlanib qolinadi.
«Опорный угол» - Tayanch burchak bandi tanlansa, klaviaturadan tayanch burchakning qiymati kiritilishi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanishi lozim. So’ng shu tayanch burchakka nisbatan yangi burchak qiymati kiritiladi va u ham “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi. Ob’yekt (ob’yektlar) tanlangan bazaviy nuqta – o’q atrofida buriladi.
Масштаб – Masshtab buyrug’i T ahrirlash buyrug’i ob’yektlarni masshtab asosida kattalashtirish yoki kichraytirishni nazarda tutadi. AutoCAD dasturi ob’yekt (ob’yektlar) o’lchamlarini katta yoki kichiklashtirishda ma’lum bir koeffisientga ko’paytirishni nazarda tutadi. Agarda koeffisiyent 1 dan katta bo’lsa kattalashadi. 0 va 1 qiymati orasida bo’lsa kichiklashadi. Buni yodda tutish lozim.
Tahrirlash ketma – ketligi:
I usul: Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Масштаб» - Masshtab buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Базовая точка» - Bazaviy nuqtaaxboroti chiqadi.
E kranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi.
Ekranga «Масштаб или ↓» - Masshtab yoki ↓axboroti chiqadi.
K laviaturadan qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Masshtab bajariladi.
II usul: Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Масштаб» - Masshtab buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Базовая точка» - Bazaviy nuqta axboroti chiqadi.
Ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi.
Ekranga «Масштаб или ↓» - Masshtab yoki ↓ axboroti chiqadi.
K laviaturadan ↓ ko’rsatkichi tanlanib, qo’shimcha menu chaqiriladi. Unda «Копия» - Nusxa va «Опорный отрезок» - Tayanch kesmabandlari mavjud.