Avesto – oila va jamiyat masalalari haqida muhum manba sifatida Mundarija


Avesto – oilada farzanlar va ota-ona munosabatlari



Yüklə 160,8 Kb.
səhifə4/5
tarix24.05.2022
ölçüsü160,8 Kb.
#59294
1   2   3   4   5
Avesto – oila va jamiyat masalalari haqida muhum manba sifatida

Avesto – oilada farzanlar va ota-ona munosabatlari

Avestoda xotin-qizlar haq-huquqini e’zozlash, oila daxlsizligi va mustahkamligiga erishish, ota-onalarning farzand oldidagi, farzandlarning ota-ona nazdidagi burchi, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlash xususida ham ibratomuz fikrlar mavjud. Ma’lumki, mazdoparastlik diniga Zardusht asos solgan. U butparastlik, ashyoparastligu devparastlikka asoslangan ko’pxudolik, uning kasofati o’laroq hukm surgan johiliyatga qarshi uzoq davom etgan kurash natijasida paydo bo’ldi.
Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy ahkomlarni o’rganib, ibodat bilangina shug’ullanish, go’shanishinlikka undaydi. U ruhiyatda Tangrini asrab, tilda ibodat qilib, yerga ikki qo’llab ishlov berish lozim, chorvani ko’paytirib, bog’lar o’stirish zarurligini qayta-qayta takrorlaydi. Uningcha insonning yashashdan maqsadi metindek e’tiqodlibo’lib, yurtni obod, elni farovon, turli qavmlarning bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashashini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i zarur11.
Shuning uchun ham “cho’lga suv chiqazib, yerning sho’rini yuvib, zahini qochirib, yerga ishlov berganlar” eng mo’tabar insonlar hisoblanadi. Barcha avestoshunoslar Zardushtni sharq falsafiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirgan, deyishadi. Shuning uchun ham ular Zardushtning “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning din ham shunchalik buyuk va pokizadir”, degan so’zlarini ko’pincha iqtibos qilib keltiradilar. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto Sharq halqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgi muhim manba bo’lib, u o’zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi.
Bu kitob dastavval e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to’plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishining umumiy doirasida bo’lib o’tgan.
“Avesto” da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqidagi ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo’lsak, mil.avv. I mingyillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonining guvohi bo’lamiz. Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o’rgangan olimlarning fikricha, mil.avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o’zgarishlar sodir bo’lib, davlatchilikning ilk ko’rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirilishi natijasida chorvador ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’ta boshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg’iyona, Parfiya, So’g’diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo’lgan edi.
Misol uchun, Avestoning “Vandidod” kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka)ning hududiy –ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra davlatni, kavi ya’ni, boshqaruv tizimi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug’ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O’z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo’lidan ikkinchisiga meros sifatida o’tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan. “Avesto” davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarga ko’ra mil.avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug’chilik tuzumining arim hususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xujalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turur joyda – uy-qo’rg’onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir12.
Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi- “nmana” yoki “dmana”, katta oila oqsoqoli-“nmanapati”, urug’ jamoasi boshlig’i- “vis”, katta qishloq oqsoqoli - “vispati”, qabila boshlig’i- “zantupati”, viloyat hokimi- “daxyupati”, bir necha viloyatlar hokimi- “kavi”lardan tashkil topgan. “Avesto”da oila, urug’ va qabila anglatish uchun “pati” so’zi ishlatilgan. “Kavi” yoki “sastar” mamlakatni idora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida quyidagicha ma’lumot bor:
Bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan “Avesto” kitobi va zardushtiylarning an’analari hamda ta’limoti, inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosaatlari ma’lum qonun-qoidalarga yoki ma’lum huquqiy tartibga asoslangani haqida ma’lumot beradi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, Zaratushtra yashagan davr ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qaror topayotgan notinch va murakkab davr edi. Bir necha bor adolatsizlik, shavqatsizlik va zo’ravonliklarning guvohi bo’lgan Zaratushtra o’zining dastlabki ta’limotini yovuzlik va zo’ravonlikka qarshi qaratadi.
Aynan shuning uchun ham Zaratushtra ta’limotining asosini tartibga chaqirish, huquqiy normalarni belgilash, adolatga intilish, hulq-odob tantanasi, tinchlikka intilish hamda ezgulikka da’vat etish tashkil etgan. “Avesto”da kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarida berilgan va’daning ustidan chiqish, majburiyat va qasamiga sodiq qolish odatiy qonunlar ekanligini kuzatish mumkin. “Avesto” oilani, farzandlarni, uy-joyni asrab-avaylashga chaqiradi: “kimning uyi bo’lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir”.
Oila va jamiyatdagi, xususan, ma’lum xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o’g’il, kuyov va qaynota, qo’ni-qo’shnilar o’rtasidagi ahloqiy va huquqiy munosabatlar keng qamrovli bo’lib, ular yolg’on, zo’ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Nohaqlik va jinoyatga to’siq qo’yish, ularning oldini olish machsadida “Avesto” qonunlari inson va jamoaning huquqiy nazorat qilishga qaratilgan.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, “Avesto” asarida insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiyyo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e’tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.
“Yaxshi fikr” iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.
“Avesto” dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.

Yüklə 160,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin