5
axura-mazda va muqaddas ruh "spenta-mayn", qora zulmat kuchlarini esa
buzg’unchi ruh angramanyu (keyinchalik axriman deyilgan a.a.) Boshqaradi..
Axriman qo’shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi
jonlantirilgan
yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo’lib ular
olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o’limni,
qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan.
Axura-mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht
"biz axura-mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o’simliklarni va yorug’likni
yaratgan" - deb aytadi. Axura-mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh
deb faraz qilinadi.
Har bir e`tiqodli zardushtiy butun hayoti davomida yuqoridagi uchlikni o’ziga
mujassam etmog’i kerak. Bu to’g’risida zardusht: «madh etaman ezgu fikrat, ezgu
kalom ila ezgu amalni.
Jamiy ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga
bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz
buraman" - deb ta`kidlaydi.
Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma`lumki, zardushtiylik dinining asosiy
qonun-qoidalari, axloqiy g’oyasi, falsafasi, urf-odatlari va an`analari ushbu dinning
muqaddas kitobi -»Avesto«da bayon qilingan.
«Avesto«ning o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilganligi to’g’risida
qator tarixiy manba va adabiyotlarda ma`lumotlar mavjud.
Ushbu fikrlar
hozirgacha qator ilmiy nashrlar va maqolalarda ko’p marotoba ta`kidlangan
bo’lsada, biz uchun mazkur faktning uch jihati juda muhimdir. Birinchidan,
«Avesto»ning 12 ming qoramol terisiga yozilganligi o’sha davrlarda o’lkamizda
chorvachilik xo’jaligi juda taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, biz
bundan bir necha ming yillar oldin ham mamlakatimiz xududida yozuv madaniyati
bo’lganligi va ajdodlarimizning yuksak rivojlangan hamda nozik hattotlik maktabi
bilimdonlari bo’lganligiga ikror bulamiz. Qolaversa ushbu faktning uchinchi
muhim jihati shundan iboratki, aynan 12 ming qoramol terisiga muqaddas
kitobning
yozilganligi, bu davrda teriga ishlov berish san`at darajasida taraqqqiy
etganligidan dalolat beradi.
6
«Avesto« nafaqat ko’hna sharq dini, tarixi va ma`naviyatining ilk yozma merosi
tarzida, balki buyuk umuminsoniy qadriyati hamdir. Unda mazdoparastlik dinining
asosiy qoidalari, farz va sunnatlari, yazdoni pokning yakkayu yagona yaratuvchilik
qudrati zikr qilinishi bilan birga milloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalaridan
birinchi ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy jarayonlar ilk davlatchilik an`anlari, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam,
xar-xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning
nokomilligi,oilaviy turmush-tarzi va u bilan bog’liq urf-odatlarga oid oid qimmatli
ma`lumotlar mavjud. Zardushtiylik ta`limotiga ko’ra bu dunyoning boshi
bo’lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o’lchamida cheksiz
emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat
o’rtasidagi doimiy va kelishtirib bo’lmaydigan kurashlardan iborat. Yorug’lik,
yaxshilik va ezgulik kuchlarini axura-mazda va muqaddas ruh "spenta-mayn", qora
zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh angramanyu (keyinchalik axriman deyilgan)
boshqaradi. Axriman qo’shinlariga devlar,
oldingi xudolar, hasad, yalqovlik,
yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar
kirgan bo’lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar.
Axriman o’limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va
hasharotlarni yaratgan
4
. Axura-mazda esa yaxshilik, sog’lik,
baxt keltiruvchi iloh
hisoblangan. Zardusht "biz axura-mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni,
o’simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-mazda hayotni va
dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.
Endi esa tadqiqotning asosiy muammosi zardushtiylik urf-odatlari va
marosimlarini hada ularning o’zbek halqi an`anaviy turmush -tarzida islomiy
an`analar bilan sinkretik tarzda saqlanib kelayotgan ko’rinishlarini tahlil borasida
kengroq to’xtalib o’tamiz.
«Avesto« ning ko’p o’rinlarida oila, oila a`zolari va oila boshlig’ining
vazifasi va
majburiyatlari, oilada nikoh munosobatlari turli o’rinlarda, har-xil munosabatlar
bilan mahsus bayon qilingan.
4
«Jamiyat va boshqaruv» jurnali, N° 4, 2004 .
7
Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o’zlarining
urf-odat va marosimlarini shakllantirganlar. Zardushtiylar yil fasllari bilan bog’liq
bayramlar, navro’z, oylar bayrami, ajdodlar e`tiqodi, turli duolar aytish, poklanish
marosimlari, o’smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (sidrapo’shlik oq libos
kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa zardushtiylik tantanalari muhim rol’ o’ynagan.
Bundan tashqari zardush¬tiy¬larda nikoh marosimi, bola tug’ilishi va dafn bilan
boglik kator marosimlari ham mavjud bo’lib, bularda asosan yaqin qarindoshlari,
shahar va qishloqning hurmatli kishilari bilan birga ruhoniy ham ishtirok etgan.
Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan.
Dostları ilə paylaş: