«avesto» -tarixiy manba sifatida r e j a: Kirish i-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix26.03.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#90129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA




«AVESTO» -TARIXIY MANBA SIFATIDA
 
R e j a: 
Kirish 
I-bob. Zardushtiylik dini va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi
xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. 
1.1. Zardushtiylik e’tiqodining vujudga kelishi.
1.2. Zardushtiylikning tarqalishi va uning O’rta Osiyoning
eng qadimgi xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri. 
II-bob. “Avesto” O’rta Osiyo tarixini aks ettiruvchi tarixiy
manba sifatida 
2.1. “Avesto” kitobi va undagi tarixiy ma’lumotlar bayoni 
2.2. “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining moddiy ma’naviy merosi
sifatida 
2.3. “Avesto” da ijtimoiy tuzumning aks etishi. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
 



Kirish 
“Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk
davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan
guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
eta olmaydi
1

Islom Karimov 
O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. 
Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, 
turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda 
tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman
ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar 
to’plangan. 
“Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari 
Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi 
uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi 
miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu 
sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik 
tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda 
Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik 
va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi 
V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik 
dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va 
asosiy qismini bayon etgan. 
Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha
Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy 
shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida 
Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta 
fors 
tilida 
Zaratushtra 
nomi 
bilan 
1
.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998.
1
25-bet



eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini 
Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya 
yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga 
mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi 
Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani 
hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, 
Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi “Avesto” 
qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan
2
.
’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? 
Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va 
ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin 
bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va 
“AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab 
va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan 
.Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqini 
dagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi 
eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. 
Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. 
Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni 
vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni 
o’ldirib yuboradilarMarkaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy 
qarashlari va e`tiqodlari, payg’ambarlari va ular ta`limotlarining yoyilishi ko’pgina 
olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo’layotgan masaladir. Ma`lumki, 
Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu 
ta`limotning asoschisi Zaradushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi 
“Avesto” va paydo bo’lgan hudud haqidagi masalalar ham Hozirgi kunda 
Ko’pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Umuman olganda, 
2
Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.M. Mirizyoyev.- Toshkent. 
O’zbekiston. 2017.



Zaradushtraning Vatani Markaziy Osiyo deb hisoblovchi olimlar ko’pchilikni 
tashkil e’tadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin