Avesto haqida bilasizmi?



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə2/3
tarix08.04.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#95007
1   2   3
Avesto va Zardusht(iylik)

Asqar Mahkamning ruschadan o’girgan tarjimasini keltirib o’tamiz. U quyidagicha:
Epchilardan epchilroq Mitra,
Ahl saxl ichida mumtoz,
Dovyuraklar ichida she’rdir ,
Jasurlardan jasoratliroq.
Yashnatadilar,gurkitadilar ,
To’kinlar yaratguchidir
Ko’rkam hayot ayladi in’om
Haqiqatga hokimlikni ham.
 Rizoiy,Bahromiy,Meriboyslar 1 million she’rning hammasi zardushtning qalamiga mansub deyishsa boshqalari esa, qadimiy ijod mevasi,degan fikrlarini bayon etishgan. (“San’at “1991 yil ,N-6 ,24 bet).
“Avesto” (asli Ovasto) – zardushtiylik ( zaroastrizm) dinining muqaddas kitobi O’rta Osiyo, Ozarbayjon ,Eron xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari , olam to’g’risidagi tasavvurlari , urf-odatlari , ma’naviy madaniyatini o’rgan- ishda muhim va yagona manbadir. “Avesto” tarkibiga kirgan materiallar,olimlarning isbotlashlaricha ,qariyib 2- ming yil davomida (mil.av.3-mingyillik – 2-mingyillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib, avlodan –avlodga og’zaki ko’chib kelgan . Uning ko’p qismlari yo’qolib ketgan, uning taxminan yettidan bir qismi saqlanib qolgan va mil.av 3-asrda Arshakiylar davrida to’planib kitob qilingan . “Avesto” fanda uch qismga ajratiladi:
1. Eng tarixiy qismi. Mil. avvalgi 3-ming yillik oxirlari va 2-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlar; ularda sinfiy jamiyatdan ilgarigi qabilaviy e’tiqodlar ,ko’p Xudolik tasavvurlari o’z ifodasini topgan.
2. Bu qismi Gotlar deyiladi. Unda xudo Axura Mazda haqidagi ta’limot o’z aksini topgan. Bu kitob mil . avVI-asrda yashagan Zaratushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi.
3. Qadimiy ko’p xudolik g’oyalari va Yakka xudolik g’oyalri o’rtasidagi kurash sharoitidagi mil .av. 5-asrda har ikkalasini kelishtiruvchi mazdayasna ( mazdaiylik)ta’limoti shakllari va bu “Avesto” ta’limotining asosiy va oxirgi qismi hisoblanadi. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrda sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib , to’la kitob holiga keltirilgan .Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki, hozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikga amal qiladilar. Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. 30 ta kitobdan keyin 21 ta kitob va shulardan keyin bizgacha bu kitobning 4 tasigina saqlanib qolingan. Bundan tashqari o’sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima qilinib, asosiy matnga keng sharhlar yozilgan. Bular “Zend” nomi bilan bizga ma’lum. “Avesto” katta hajmda bo’lganligi uchun ”Kichik Avesto” yaratilgan. “Kichik Avesto”da “Katta Avesto”dan tanlab olingan duolar to’plamidan iborat bo’lgan, VII asrda sosoniylar davlati mag’lubiyatga uchrab , Eron va O’rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylik dinini siquvga olishgandan keyin, “Avesto”ning ko’p qismlari unutilgan va yo’qolib ketgan. "Avesto" bizgacha yetib kelgan Yasht, Vispard, Videvdot, Yasna nomlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bo’laklardan iborat.
”Avesto” qadimiy kishilarning dunyoqarashi va ideallarini, huquqiy va axloqiy kodekslarni o’z ichiga olgan.
Zardusht,Zaratushtra,Zaroastr- zardushtiylik nomini olgan qadimgi Eron dinining payg’ambari.Zardushtning hayoti taxminan mil.av.VI asr birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Zardushtning tarixiy shaxs ekanligi fanda hali ham tortuvshuvli masala bo’lib qolmoqda. U Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning eng qadimiy qismi “Got”ni ijod etgan. Zardushtiylik o’z ta’limotini Sharqiy Eron va O’rta Osiyoda targ’ib etgan, deb taxmin qilinadi. Sharq rivoyatlariga ko’ra, Zardushtr Baqteriyada shoh Vishtaspa davrida yashagan, yangi diniy ta’limotni targ’ib qilgan, Vishatspa birinchi bo’lib uning ta’limotini qabul quldi. “Avesto”ning keyinroq yozilgan boblarida Zardushtning shaytonlarga qarshi so'zi, mo’jizalar bilangina emas, qurol bilan ham jang qilgan afsonaviy kurashchi sifatida tasvirlangan.
Olimlarning aniqlashicha, jannatdagi hurlar to’g’risidagi rivoyatlar “Avesto”obrazlari orqali (asosida)shakllanadi. Zardushtiylikning hozirgi shakli forsiylik. Hozir Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi
Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin