Avesto haqida bilasizmi?



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə1/3
tarix08.04.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#95007
  1   2   3
Avesto va Zardusht(iylik)


AVESTO HAQIDA BILASIZMI?
“Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiqdilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashi cha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining birinchi yodgorliklaridir.
’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqini dagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.
Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari esa Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki , hozirda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar . Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan , keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar:
1-kitob “Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan .
2-kitob esa , “Yasna” deb ataladi . Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat.
3-kitob, “Vispart” deb nomlanadi va 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar
yig’indisidan tashkil topgan.

4-kitob esa, “Bundaxash” (YASHTA) deyiladi . bunda Ahuramazdaning zolim
kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan.
“Avesto” ko’p xudolikdan yakka xudolikga o’tish davrida vujudga kelgan. Bu kitobda
aytilishicha olam ikki asos, ikki ibtido, ya’ni yorug’lik va zulmat, yaxshili va yomonlikning kurashishidan iborat deyiladi. “Avesto” bizning qadim tariximiz va ma’naviyatimiz demakdir. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi UNESCO bosh konferensiyasining 1999 – yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyasi qaroriga muvofiq, 2001 – yilning oktabr oyida “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekistonda ham “Avesto” ni o’rganish davom etmoqda. “Avesto” kitobini o’rganish , tajribalar bizga juda ko’p ma’lumotalrni oshkora qilib berdi. Shunga binoan, Prezidentimiz shunday fikr bildirdilar :“Avesto” bundan XXX asr oldin muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir".
Avesto haqidagi eng muhim tadqiqotlardan biri “Din amallari” asarlarida aytilib o’tilgan. Bunda Avestoning 21 kitobi mazmuni sharhlab berilgan. Bu sharhlar shulardan iborat:
- savodli ishlar yo’riqnomasi;
- diniy marosimlar va rasm – rusmlar qoidasi;
- zardushtiylik ta’limoti asoslari;
- dunyoning Ahura-Mazda tomonidan yaratilishi;
- oxirat kuni va undagi hisob – kitob;
- falakiyot;
- ijtimoiy – huquqiy qonun – qoidalari;
- zardushtning tug’ilishi va bolaligi;
- haq yo’lini tutishi;
- jamiyat a’zolarining haq – huquqlari;
- dev, jinlar kabi yozuv kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar.
Avesto o’sha davrlar tarixi,madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir.U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan.Unga yozilgan sharhlar “Zend Avesto“ nomi bilan mashhur.Markaziy Osiyoga arablar kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig’inuvchilar ta’qib ostiga olingan.Shu tarzda u asta–sekin O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borgan.Eron xalqlarining eng qadimgi mitralari Mitra,Anaxita,Osha va Ardvissuralar to’g’risidagi miflarning mazmunlari,sarguzashtlari haqida turli va mantiqiy dostonlar mavjud. Ulardan birida Mitra haqida quyidagicha dostonlar yaratilgan:
Mitra qo'sh otli aravasida,muallaq holda goh el–yurtni balo-qazo|dan asrar va vatanparvarlik ko’rsatar,goh Ahuru-Mazdadan mahf etar va hammani xursand etar edi.

Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin