Avlod tarbiyasi masalalari



Yüklə 54,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü54,75 Kb.
#196098
1   2   3   4   5
jadidlar-faoliyatida-ma-rifatparvarlik-va-barkamol-avlod-tarbiyasi-masalalari (2)

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 369
Bunday g’oyalar avvalambor yosh avlodni milliy, ma’naviy hamda g’oyaviy 
jipslashtirish, ularni o’lka taqdiriga dahldorlik tuyg’usi bilan yashashga jalb etish 
kabilarda aks etadi. Turkiston jadidchiligidagi asosiy g’oyaviy-nazariy yo’nalish 
Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho’lponlar tomonidan ilgari surilgan bo’lib, 
Turkiston xalqi va davlatini qurish, zamonaviy taraqqiyot yo’lidan borishni taklif 
etganlar.
1
Turkiston jadidlari chor hukumati istibdodidan qoloq ahvolga tushib qolgan 
Turkiston mahalliy aholini, jumladan o’sib kelayotgan yoshlarni ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-marifiy turmishini, ong-saviyasini ko’tarish, taraqqiy ettirish maqsadida juda 
katta madaniy ishlarni olib bordilar. Mahmusxoja Behbudiy ta’kidlaganidek, “Har bir 
mamlakatda islohot va madaniyat asbobig’a tasavvul (vosita) va tashabbus etmoqlik 
harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning 
Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bo’lgan maktabi ibtidoiy ila intiboh va 
islohot jarchisi bo’lgan milliy matbuot qayratlu yoshlarning harakati maorif 
parvaronlarini soyasida vujudga keldi”.
2
Jadidlar ta’limoti – o’z zamonasining haqiqiy ta’limoti edi. Chunki u nafaqat 
taraqqiyparvar shaxslar, balki fikrlovchi yoshlarni o’z ketidan ergashtira oladi. 
Jadidlar voyaga yetgan yoshlar Turkiston kelajagi, ravnaqi uchun kurashchi 
bo’lib yetishishi kerakligini uqtirdilar va bunda ular har xil illatlardan xalos bo’lishlarini 
ta’kidlaydilar. Misol uchun, Mahmudxo’ja Behbudiy yosh yigitchalarni turli xil yomon 
illatlardan qaytargan, uning oqibatlaridan o’quvchilarni turli xil yomon illatlardan 
qaytargan, uning oqibatlaridan o’quvchilarni xabardor qilgan va Samarqandda ruslar 
tomonidan ochilgan pivo dokonlarini qattiq tanqid ostiga oladi.
3
Uning fikricha, bunday 
do’konlar masjid va madrasalarning yaqinida bo’lib, bolalarga salbiy ta’sir ko’rsatishini 
tasdiqlaydi. Mahmudxo’ja Behbudiy barchani kelajak avlodni sog’lom o’stirishga 
chorlaydi. Sog’lom aqlli, bilimli farzandlarimiz o’sib ulg’ayib, o’qib, ilm egallab
Turkistonga xizmat qiluvchi shifokor, xuquqshunos, iqtisodchi va boshqa zamonaviy 
mutaxasislar yetishib chiqishini o’rzu qilgan. 
Sog’lom farzandlarni tarbiyalash uchun o’qib-o’rganib ilmli, ma’rifatli, eng 
asosiysi esa ota-onalar o’z vaqtida farzandlarini zamonaviy fanlarini egallashga yordam 
berishlarini ta’kidlaganlar. Munavvarqori Abdurashidxonov bolaning ta’lim va tarbiya 
olishida ota-onaning javobgarligi haqida so’z yuritib, o’z farzandining ma’rifatli bo’lishi 
uchun qo’llaridan kelgancha harakat qiladigan zotlar mavjudligini ta’kidlagan. 
Jadidlar ota-onalar o’z farzandlarining tarbiyasi bilan shug’ullanib, ularni maktab 
va madrasalarga tayyorlab berishlarini ta’kidlaganlar. Maktab va madrasalarda o’qib, 
ularni tugatib, yoshlar rivojlangan davlatlarning o’quv yurtlarida bilimlarini oshirib, 
zamonaviy ilmlarni egallashlari kerakligini uqtirganlar. Adabiyotlarda yozilishicha
1
Oblomurodov N, Hazratqulov A va boshqalar. O’zbekiston tarixi.(o’quv qo’llanma)T.2011 
2
Karimov I.A. Biz kelajagimiznio’z qo’limiz bilan quramiz.T:O’zbekiston.1999.B.385 
3
Behbudiy M. Muhtaram yoshlarga murojaat. Oyna-1914. 41-son


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 54,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin