Avlod tarbiyasi masalalari



Yüklə 54,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü54,75 Kb.
#196098
1   2   3   4   5
jadidlar-faoliyatida-ma-rifatparvarlik-va-barkamol-avlod-tarbiyasi-masalalari (2)

ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 370
Behbudiy Bayrut oliy o’quv yurtlari va dorulfununida farang, olomon va ingliz tillarida 
o’qitilishi, Yevropalik olimlarning u yerda dars berishi, kimyo labaratoriyalarining 
borligi, tibbiyot oliygohlarida jarrohlik xonalarining borligiga havas va e’tiqod qilgan 
bo’lib, ona-Turkistonning taraqqioyotdan naqadar orqada qolganini afsuslar bilan 
yozadi. 
Turkistondagi maorif tizimini isloh qilishni asosiy maqsad qilib olgan jadidlar 
yoshlarni milliy mustaqillik manfaatlarini himoya qila oladigan, iqtisodiy va siyosiy 
qaramlikdan chiqish muammolari bilan shug’ullanadilar, zamonaviy bilimga ega kadrlar 
bo’lishi kerakligini anglaganlar. Jadidlar xalqning madaniyatdarajasini xalqaro saviyaga 
ko’tarishni orzu qilganlar, buning uchun esa yoshlarni Yevropaning eng yaxshi o’quv 
maskanlarida o’qitish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarni chet elda o’qib kelib, o’z 
yurtiga foydasi tegadiganligi haqida Mahmudxo’ja Behbudiy esa “Oyna” jurnalida 
quyidagicha yozgan: “To’y va ma’raka oqchasidan bolalarni.., talabalarni Makka
Madina, Misr, Istanbulga va Rossiya dorilfunun va dorulsaltanatlarig’a yuborilib, diniy 
va dunyoviy va zamonaviy odamlar yetishdurmoqg’a sa’y qilinsun. Ma’lumki, 
Munavvarqori Abdurashidxonov ham bu yo’lda jonbozlik ko’rsatgan. U o’zining 
“Jamiyati Xayriya” nomli yordam tashkiloti “ilk maktablarni bitirgandan so’ngra 
Turkiya, O’rinburg, Ufa va Ozarbayjonga yashirin yuborilgan talabalaraga yordam 
ishlarini boshqarar edi”.
4
Jadid namoyondalari yoshlarga murojaat ham etib, ularni oldinga intilishga
zamonaviy bilimlarni egallashga va umuman, ravnaq etishga chorlaganlar. Shu o’rinda 
jadidlarning yoshlarga murojaatiga e’tibor qilaylik: “Ey, g’ayratlik yoshlar! Bir-biringiz 
ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilub, ……millat yo’lida xizmat etingiz. Millat va xalq 
sizdan hurmatva yaxshilik talab etadur, nafsoniyat va g’urur emas….. muhtaram 
yoshlar! Zamon siznikidir. Balki butun sharingiz va millatingiz ila taraqqiy qilursiz”. 
Tarixdan ibrat olib yashash, tarix haqiqatlarini bilish kishiga quvvat beradi, uni 
hayot haqiqati bilan qurollantiradi. Tarixni yozishda hech qachon o'ng tomonga ham, 
chap tomonga ham og'masdan, faqat haqiqat va adolat nuqtai nazaridan yo'l tutilishi 
kerak. Soxta tarix bamisoli og'u kabi insonni zaharlaydi, uning ong-u dunyoqarashini 
chalg'itadi. 
Eski tuzum davrida biz o'z tariximizni bilmas edik. Ko'zimiz bamisoli ko'r edi. 
Butun olam yuksak hurmat va ehtirom bilan tilga oladigan buyuk ajdodlarimizni 
tanimas edig-u, soxta “dohiy”lar hayotini - qachon, qayerda tug'ilgan, nima karomatlar 
ko'rsatgan - bilar edik, to'g'rirog'i, yodlab olgan edik. Ularni bobomiz, otamiz, deb 
sig'inar edik. Bu, aynan istibdod va qullik davri edi. Nafaqat moddiy jihatdan nochor 
edik, eng yomoni, or-nomusimiz toptalgan, qadriyat va an'analarimiz oyoqosti qilingan 
edi. Bir so'z bilan aytganda, qornimizga emas, qadrimizga yig'laydigan bir davr edi. 
O'zlikni anglash degani - bu o'z tariximizni, ming-ming yillik 
4
M.Abdurashidxonov. Xotiralarimdan(Jadidchilik tarixidan lavhalar). Sharq-2001. B108-109 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 54,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin