Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalarning nazariy asoslari. Reja: 1.Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy ta`minot vositalaridan foydalanish imkoniyatlari. 2.Pedagogik dasturiy vositalarining mazmuni, mohiyati va tuzilishi. Tayanch so’z va iboralar: kompyuterlashtirish, dasturiy ta’minot, dasturiy ta’minot vositalari, vizuallashtirish, model, grafik, chizma, jadval.
Ta’limni kompyuterlashtirish muammosi pedagogika fanida taxminan yarim asr oldin pavdo bo‘lgan zamonaviy yo‘nalish hisoblanadi. Unga bag‘ishlangan adabiyotlar yildan yilga jadal sur’atlar bilan k o‘payib bormoqda. Fransiyada 1987 yilda informatika bo‘yicha yangi milliy reja qabul qilingan va rejaning asosiy yo‘nalishi yuqori sifatli PDTlarni yaratish, bu muammoni ilmiy hal qilishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat deb belgilangan. Shu jumladan AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya Kanada Avstraliya, Janubiy Koreya Rossiyada shu yo‘nalishdagi psixologik, pedagogic didaktik uslubiy, texnik va texnologik izlanishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Ta’limni kompyuterlashtirish muammosi pedagogika fanida taxminan yarim asr oldin pavdo bo‘lgan zamonaviy yo‘nalish hisoblanadi. Unga bag‘ishlangan adabiyotlar yildan yilga jadal sur’atlar bilan k o‘payib bormoqda. Fransiyada 1987 yilda informatika bo‘yicha yangi milliy reja qabul qilingan va rejaning asosiy yo‘nalishi yuqori sifatli PDTlarni yaratish, bu muammoni ilmiy hal qilishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat deb belgilangan. Shu jumladan AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya Kanada Avstraliya, Janubiy Koreya Rossiyada shu yo‘nalishdagi psixologik, pedagogic didaktik uslubiy, texnik va texnologik izlanishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Olimlarning monografik asarlarini tahlil qilish asosida PDTlar xususidagi fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.O‘qituvchi va PDTlar haqida gapiradigan bo‘lsak. F.Amari o‘qituvchilar PDTdan foydalanuvchi emas, balki ularning yaratuvchisi bo‘lishi lozimligini taklif qilgan.U: «Bu bilan o‘qituvchi o‘zining o‘qitish g‘oyasini dasturda shakllantirishi. uni tahlil qilish, qo‘llash va baholash orqali takomillashtirishi mumkin», - deydi. O‘qituvchining dars berishi o‘quvchilarning ham mustaqil o‘rganishi bevosita suhbatlar asosida o‘rganish nazarda tutilgan PDTlarni S.Demetriadis va boshqalar ma’qullagan.
I.Robertning yozishicha, sifatli PDTIar asosida ta’limni kompyuterlashtirishning qator afzalliklari mavjud:
o‘quvchilarning interfaol holatda ishlashlari ta’minlanadi;
foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasida uzluksiz teskari aloqa o‘rnatiladi;
o‘quvchilar o‘zlashtirishini uzluksiz nazorat qilish imkoniyatlari oshadi;
axborotlarni markaziy ma’lumotlar omborida saqlash va ulardan foydalanishning qulay yo‘Uari zudlik bilan tanlanadi;
o‘rganilayotgan axborotlarni puxta o‘zlashtirish uehun ularga takroriy murojaat qilib turish yengillashadi;
axborotlarga qayta ishlov berish jarayoni avtomatlashtiriladi .
«Ta'lim vositalari - o‘quv materialini o‘rgatishda o‘qituvchi o‘zi bilan bolalar o‘rtasiga qo‘yadigan moddiy va moddiylashtirilgan predmetlardir».Xuddi shunday, PDT vositalari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi uch guruhga ajratish mumkin
PDT vositalari:
Texnik
Dasturiy
Didaktik
Texnik vositalar - PDTning faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llanuvchi qurilmalardir.Ushbu vositalar buyurilgan vazifalarni bajaruvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi qurilmalarni o‘z ichiga olib.bunday qurilmalarga kompyuterning o‘zidan tashqari qo‘shimcha texnik vositalari, turli axborot, ma'lumotni kirituvchi va chiqaruvchi, telckommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.
Didaktik vositalar - o‘quv materialining o‘qish va o‘qitish ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirilgan shakllaridir. Bunday vositalar qatoriga ta'rif, qoida, topshiriq, muammo, savol, test topshirig‘i, chizma, jadval, diagramma kabilar kiradi.
Dasturiy vositalar - kompyuter yordamida PDTni yaratish va undan foydalanish uchun xizmat qiladigan amaliy dasturlar majmui kiradi. Texnik vositalarning asosiysi kompyuter hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin bo‘lgan ijod mahsulotlari sanab o‘tiladi.
Multimedia – bir necha ko‘rinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli, musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa axborotlarni uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha
Elektron atlas (yun. “Atlas” – birinchi bo‘lib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya podshosining nomidan) – muayyan o‘quv moduli (o‘quv fani) bo‘yicha tavsiya etilgan va o‘ziga xos grafik tasvirlarga ega bo‘lib, o‘quv maqsadlariga ko‘ra foydalaniladi
Raqamli video lavhalar – o‘quv moduli (o‘quv fani) bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yordam beradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 3D o‘lchamdagi zamonaviy o‘quv manbai
Virtual stendlar – 1) real ob’ekt, predmet, jarayon, voqea va hodisalarning elektron modeli; 2) matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va b. shakldagi axborot, jarayon hamda virtual muhitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishni ifodalovchi kompyuterli vosita
Imitatsion virtual trenajyor(ingl. “train” – “tarbiyalamoq”, o‘qitmoq”, “mashq qildirmoq”) – elektron shakldagi o‘quv-mashqlantiruvchi qurilma bo‘lib, u yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti modellashtiriladi, muayyan faoliyat (m-n: mashina (mexanizm)ni boshqarish, murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini o‘zlashtirish) ko‘nikmalari shakllantiriladi, ko‘nikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil bo‘lgan malakalar takomillashtiriladi
Multimedia mahsulotlari– o‘zida AKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materialini tinglovchilarga etkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar
Audio va video vizual materiallar – o‘quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta’minlovchi materallar
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo‘g‘irchoq yoki o‘yinchoqli ob’ekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo bo‘yicha o‘quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog‘ozlari (oddiy yoki vatman qog‘ozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi
Elektron albom – rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning izohlarini o‘zida aks ettiruvchi elektron shakldagi to‘plam