Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari. Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – Shepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
Muqobil istiqbollar
Faol ishtirok
Tezkor ta'lim olish
Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish
Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari
Tizimli ravishda tushuna boorish
YUqori darajadagi tafakkur
Mustaqillik va e'tiborlilik
Axborotlar ketma ketligi va tezligini (temp) boshqarish
Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari