SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 8
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 368
JADIDLAR FAOLIYATIDA MA’RIFATPARVARLIK VA BARKAMOL
AVLOD TARBIYASI MASALALARI
Husnida Numonjon qizi Komilova
O’zbekiston Xalqaro islom akademiyasi magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada jadidlar faoliyati va ularning barkamol
avlod tarbiyasi masalalari
yuzasidan qarashlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Jadid, jadidlar, sho’ro tuzimi, mafkura, ma’rifatparvarlik, iqtisodiy
tazyiqlar.
ISSUES OF ENLIGHTENMENT AND EDUCATION OF A DEVELOPED
GENERATION IN THE ACTIVITIES OF JADIDS
ABSTRACT
The article provides information about the activities of the Jadids and their views
on the education of a harmoniously developed generation.
Keywords:
Jadids, Jadids,
Soviet system, ideology,
enlightenment, economic
pressures.
Ma’lumki, o’z
faoliyatini nafaqat siyosiy, balki ta’lim va tarbiyani yuksaltirish,
turkiston o’lkasini ma’naviy hamda ma’rifiy isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash
masalasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan jadidlar harakati o’lka
xalqlari tarixida
muhim ro’l o’ynagan. Aslida jaded so’zi (arabcha “jadid”-yangi) yangilanish ma’nosini
anglatib, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullarini jamiyatga tadbiq
etishdan iborat ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy harakat, shu oqim tarafdorlarining umumiy
nomi. Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr birinchi choragida Turkistondagi milliy-
ozodlik
harakatining milliy mafkurasi, o’lka xalqlarining milliy mustaqillik va
ma’rifatparvarlik g’oyasi sifatida shakllandi.
XIX asrda ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan
nom olgan va XX asr boshida
rivojlangan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar nomoyondalari – Behbudiy, Fitrat,
Cho’lpon, Munavvar Qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida yana ham kuchaydi.
Jadidlar Turkistondagi xalqlarni birlashtirish va butun o’lkaning
milliy mustaqilligi
uchun kurash g’oyasini ilgari surdilar.
Barkamol avlod tarbiyasida jadidlar faoliyatining muhim xususiyati shunda ediki,
avvalambor Turkistonni o’rta asrga xos tarqoqlikdan ozod qilish, xalqni,
millatni
zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, zamonaviy idora
usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish hamda ma’rifatparvarlik kabi masalalar edi.