6-modda. Qutqaruv ishlarining turlari Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog‘-kon qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar kiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qutqaruv ishlarining turlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang. 2-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari 7-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari quyidagi asoslarda tashkil etilishi mumkin:
doimiy shtat asosida — qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari;
shtatsiz asosda — shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari:
respublika miqyosida — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan;
hududlar miqyosida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan;
obyektlar miqyosida — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan tashkilotlarning qaroriga binoan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang. Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari orasidan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Jamoat qutqaruv tuzilmalari ustavda belgilangan vazifasi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishdan iborat bo‘lgan jamoat birlashmalari tomonidan jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
8-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruv organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.