Favqulodda vaziyatlar hududida qutqaruv ishlarini tashkil etish
Favqulodda vaziyatlar hududida qutqaruv ishlarini tashkil etish
avqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘liqni saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
qutqaruvchi — muayyan dastur bo‘yicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
qutqaruv vositalari — qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va boshqaruv vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk, qutqaruv ishlarini bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar, fotomateriallar, elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, boshqa vositalar;
qutqaruv ishlari — favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos bo‘lgan xavfli omillar ta’sirini yo‘qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;