Avtomatik boshqarish tizimlariga asosiy kirish signallari Reja


O’lchash o’zgartirgichlarining strukturaviy bog’lanish sxemasi



Yüklə 420,31 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü420,31 Kb.
#114752
1   2   3
Avtomatik boshqarish tizimlariga asosiy kirish signallari

O’lchash o’zgartirgichlarining strukturaviy bog’lanish sxemasi.

O’lchashni avtomatlashmagan vizual shakli

O’lchov asbobining umumlashgan strukturasi sxemasi
Istalgan o’lchov asbobining struktura sxemasi, uning ishlash, prinsipidan qat’iy nazar, ketma-ket ulangan o’lchash bo’g’inlari O’B1, O’B2, O’B3,.....,O’Bn, (1.2-rasm) qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo’g’in O’B1uchun kirish qiymati bo’lib V kattalik xizmat kiladi. Har bir bo’g’inning chikish qiymati keyingi bo’g’in uchun kirish qiymati bo’lib xizmat qiladi. Oxirgi O’Bn bo’g’inning chikish qiymati ko’rsatkichning Vn= υ siljishini anglatadi.
Umumiy holda o’lchov vositalarining struktura sxemasini qurish prinsipiga qarab ikki guruhga bo’lish mumkin: to’g’ri o’zgartiradigan o’lchash sxemasi va signali moslashtiriladigan o’lchash sxemalari. To’g’ri o’zgartirish prinsipi bo’yicha qurilma o’lchov vositalarida o’lchanayotgan kattalik dastlabki o’zgartkichga yoki uning o’lchash zanjiri qismidan iborat bo’lgan sezgir elementga keladi. O’lchash zanjirida, odatda, o’lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr toki kuchi yoki kuchlanishi. siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o’zgartirish kiritish bo’yicha amalga oshiriladi. So’ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanash qurilmasi qolishi mumkin. To’g’ri o’zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, etarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, kichik signallarini o’lchashda foydalanib bo’lmaydi. Defferensial o’zgartkichlar va ular bilan o’lchash sxemalari signali to’g’ri o’zgartkich sxemalari turlaridan biridir.


Nazorat savollari:

  1. Boshqarish sistemalarini elementlarini qanday sinflarga bo’linadi?

  2. Elementga ta’rf bering.

  3. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funktsiyalari qanday?

  4. Oʻzbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qoʻshgan hissalari qanday?

  5. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar qaysilar?



Yüklə 420,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin