Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtan i qabul qilishdan tortib, tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni avtomatlashtirish majmualari mavjud. Transportda yukva yoʻlovchilar tashish salmogʻining oʻsishi transportning barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish bilan bogʻliq. T.y. transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar "avtomashinist" yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar avtomatlashtirilgan. Samolyotlar "avtopilot"dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash bilan shugʻullanadigan murakkab kompleksdir. Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi, t-rasi va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat. Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun bu sohani avtomatlashtirish shart. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga juda katta yordam bermoqda.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chikarishning turli tarmoqlarini boshqarishda matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash. Uning ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning munosabatiga oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.
I.ch. a. da EHM dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik kurilmalar, kompyuterlar ishlatiladi. I.ch.a. axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan band boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.
Zamonaviy boshqarish sistemalarining turlari, xususiyatlari va ularni qurishni asosiy tamoyillari.
Tizim nazariyasini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan har bir shaxs avvalo tushunchaning noaniqlik muammosiga duch keladi. «Tizimli yondashuv», «Tizim nazariyasi», «Tizimli analiz», «Tizimlilik tamoyili» kabi tushunchalar ko‘plab adabiyotlarda qo‘llaniladi. Bu tushunchalarni bir-biridan ajratish qiyin, aksariyat hollarda sinonim kabi talqin qilinadi. Bizning fikrimizcha, tizim yaratilishining barcha imkoniyatlari keng m a’noda «tizimlilik» deyiladi. Ushbu termin ikkita asosiy m a’noni anglatadi: 1) insonga bog‘liq boim agan aniqlilik xususiyati tizimlilikning obyektivlilik bilan mosligini tashkil qiladi; 2) insonlar tom onidan to‘plangan xususiyatlar o‘zi haqidagi tushunchalarni anglatadi, ya’ni u o ‘zida gnoseologik hodisalarni, turli tabiatli tizim lar to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi. Fan sohasidagi ko‘p jihatli va kordinal yutuqlar tizimli dunyoqarash va tizimli tahlilning keng qoilanilishi asosida kelib chiqqan. Keyingi yillarda ilmiy texnikaviy inqilob asosida texnik yangilanishlar yaratish so‘zsiz tizimli yondashuvlar natijasida yuzaqa kelmoqda. Va nihoyat, ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ham tizimlashtirilmoqda. Q at’iyat bilan shuni aytish m um kinki, XX asr faqatgina atom ni kashf qilish yoki kompyuter ixtirosi bo‘lib qolmadi. Uning asosiy yutug‘i bu tizim dunyoqarashining yaratilishi, ya’ni bilim olishning tizimli usuli, so‘ngra atom energiyasidan oqilona foydalanish, kom pyuterning yaratilishi, ta’lim, texnika, ishlab chiqarish, siyosat va madaniyat sohalarida minglab yutuqlarga erishildi. Shu yillarda tizimning umumiy va qisman nazariyasi ishlab chiqarila boshlandi. Keyinchalik, tizimli bilimlarning ajratilgan amaliy sohasi — sistemotexnika tizimlari to‘g‘risidagi mu handislikka yo‘naltirilgan bilimga aylandi. Umumiy tizim nazariyasi tizimlar haqidagi yanada umumiylashgan tizim bilimlarini integrallashtiradi. U ikkita fan: falsafa va matematika asosida tashkil topgan. Umumiy tizim nazariyasi rivojlanishida mantiq, to‘plam nazariyasi, kibernetika va boshqa fanlar katta ahamiyat kasb etadi. Sohaga oid tizim nazariyasi har xil usullar yordamida tizim xususiyatlarini ochib beradi. Gap fan sohalariga tegishli kuzatib boriladigan fizik, kimyoviy, biologik, iqtisodiy, ijtimoiy tizim nazariyalari haqida ketmoqda. Maxsus tizim nazariyalari, ularning alohida tomonlari, aspektlari, kesimlari, bosqichlarida aks etishiga yo'naltirilgan. Tizimlilik tamoyili dialektik falsafaning bir chegarasi bo‘lib, dialektik usulni aniqlash va rivojlanish sifatida talqin qilinadi. Ushbu fanni to‘liq egallash uchun, uni har taraflama o‘rganish talab qilinadi. Bunga to‘liq erishib bo‘lmaydi, ammo har taraflama o‘rganish xatolardan xolis etadi. Tizimlilik tamoyili — funksiya elementlarining o‘zaro aloqasi jamlanmasini taqdim qiladi, kutilayotgan natijaga erishish esa karn muddat ichida, kam mehnat bilan moliyaviy va iqtisodiy sarf-xarajatlarni, atrof-muhitga kam miqdorda zarar keltirishini ta’minlaydi, kompleksli obyekt kabi yangi texnikaga yaqinlashishni ko‘zlaydi. U obyekt tadqiqotini bir butun deb, boshqa tarafdan esa kattaroq tizimning qismi, belgilangan munosabatdagi qolgan tizimlar o‘rtasida joylashgan, tahlil qilinayotgan obyekt sifatida talqin qilinadi. Bu holatda, tizimlilik tamoyili obyekt va predmetni har taraflama qamrab oladi. Ierarxiya tamoyili (ierarxiya yunonchada ilohiy hukmronlik, quyida joylashgan elementlarni tashkil etuvchi tarkibining itoat qilish tartibi va yuqorida joylashganlarning qat’iy belgilangan qadam bo‘yicha xususiyatlari (ierarxik zinapoyalar) va quyi sathdan yuqori darajaga o‘tish) murakkab ko‘psathli tizimlardagi tuzilmaviy munosabatlar turidir, xarakterlanuvchilarning tartiblanganligi, vertikal bo‘yicha alohida sathlarning orasidagi o‘zaro ta’sirini tashkillashtirilganligidir. Ierarxik munosabatlar ko‘plab strukturali xarakterga ega bo‘lgan tizimlarda mavjud, shuningdek, funksional differensiyallash, ya’ni aniqlangan vazifalar aylanasini tatbiq qilish qobiliyatidir. Buning ustiga ko‘plab yuqori sathlarda integratsiya, kelishishlik vazifalari amalga oshiriladi. Murakkab tizimlarning ierarxik tuzilishining zarurligi ularda boshqarish axborotlarining yirik massivlarini qayta ishlash va qo‘llanilishi bilan bogiiqligiga asoslanadi, buning ustiga quyida joylashgan sathlarda qismli va aniq axborotlardan foydalaniladi, tizimning faqatgina alohida aspektlarini qamrab oluvchi funksionalligi, bundan yuqori sathlarda umumlashtirilgan axborotlar koiiladi. Xarakterlaydigan shart barcha tizimning funksionalligidir va tizimga taalluqli yechimlar butun tizim uchun qabul qilinadi. Real tizimlarda ierarxik struktura hech qachon mutlaqo qat’iy boimaydi, chunki ierarxiyaning quyi sathdagi avtonomiya bilan kichik yoki katta quyi sathda yotuvchi avtonomiyasi mos keladi va boshqaruvda har bir sathga tegishli boigan o‘zini tashkillashtirish imkoniyati qoilaniladi. Quyida tahlil qilingan asosiy tamoyillar va g‘oyalar asosan iqtisodiy sohada yirik yechimlarni qabul qilishda zamonaviy boshqaruv amaliyoti bilan uzviy bog‘langan. Integratsiya tamoyili (integratsiya — lotincha so‘zdan olingan boiib, butunlik, qandaydir qismlarning yoki xususiyatlarning bir butunga birlashtirilishi, qayta tiklanishi) integrativ xususiyatlarni va qonuniyatlarni tadqiq qilishga yo‘naltirilgan. Integrativ xususiyatlar elementlarning butunlikka birlashtirish natijasida yuzaga keladi, vazifalarning muhitda va vaqt bo‘yicha joylashuvi. Sinergetik samara — harakatlarni birlashtirish samarasi. Masalan, rotor-konveyerli chiziqlarda transport va qayta ishlovchilarning vazifalari. Shakllantirish tamoyili (formal-shaklga tegishli boigan, tub m a’noda qarama-qarshilik, ya’ni ahamiyatsizlik) miqdoriy va kompleks xarakteristikalarni olishga yo‘naltirilgan. Tizimli tahlilning klassik tamoyillari faylasuflik xarakteriga ega, bundan tashqari turli yo‘nalishlarda doimo rivojlanishda. Shunga o‘xshash yondashuvlar tizimda ko‘riladigan axborot jarayonlari, boshqaruvni bog'lash 40—50-yillarda shakllantirilgan va kibernetika nomini olgan. N. Vinnerning «Hayvonlarda va mashinalarda aloqalar va boshqaruvlar» tadqiqoti kibernetika axborot bilan bog‘liq muammolarni aniq talqinlarsiz o‘rganishi m um kin degan tushunchaga asoslanadi. Bu yondashuv K. Shennoning axborot tushunchasini matematik tadqiqot robotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, natijada axborotning matematik nazariyasi paydo boidi. Keyinroq, taxminan 60-yillarda, M. Mesarovich tomonidan tizimlar nazariyasining matematik asoslari shakllantirilgan va taxminlardan kelib chiqib istalgan tizimni ko‘pliklar oilasiga yo‘naltirilgan munosabatlar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin degan fikrga kelgan. Umuman aytganda, matematik tizimlar nazariyasi tizimlar nazariyalarining birlashishidan kelib chiqqan boiib, bu chegaraviy shartlar va differensial tenglamalarni tavsiflovchi yagona matematik nazariya asosida vujudga keladi. A. Uaymora va M. Arbibalarning ishlari bu yo‘nalishda hammasidan ham samaraliroq bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, ilm-fanning uchta sohasi: umumtizimli tadqiqotlar, kibernetika va matematik tizimlar nazariyasi tizim haqidagi ilm-fanning muhim tarkibiy qismlaridir. 0 ‘xshash tarkibga ega bo‘lgan boshqa atamalardan «tizimli yondashuv» va «sistemologiya» atamalarining tarqalishi natijasiga ega bo‘lindi. Bizga m a’lumki, hozirgi paytda tizimlar nazariyasi asosida o‘zining toiiqligi va boshqalar bilan o‘zaro bog‘liq holatlarning umumiy tamoyillarni o‘rganuvchi tendensiyalardir. Ikkinchisi, tizimli uslubiyotning ifodalanishi tizimning tahlili va sintezi asosida hamda tizimni ifodalaydigan ilm-fanda qo‘llaniladi. Tizimli tahlil uslubiyotini yanada chuqurroq aniqlab olish uchun u foydalangan g‘oyalarni ko‘rib chiqamiz: 1-g‘oya. Murakkab obyektni o‘rganayotganda asosiy e ’tiborni uning ichki qismlarining tuzilishiga emas balki, obyektni boshqa tizimlardagi tashqi aloqalariga ajratish lozim, garchi oxirgisi istisno qilinmaydi. Misollar bilan aniqlaymiz. Firmada biror-bir muammo paydo boidi, masalan, sotuv hajmining kamayib ketishi, daromadning pasayib ketishi va h.k. Muammoni oddiy yechish yoii muammoni firmaning ichidan qidirishdan iborat: oldindan yozib qo‘yilgan texnologik yozuvlar tartibining buzilishi, noto‘g‘ri boshqaruv va h.k. A mmo omadsizlik firmaning ichida bo‘lmasligi ham mumkin. Tizimli yondashuv ushbu tizimning (firmaning) yechimini o‘rganib, xulosa chiqarib beradi. Bu holatda bozorni chuqurroq o‘rganish haqiqatga yaqinroq hisoblanadi, ya’ni iste’molchilar talabini ko‘rib chiqishga kiritish, raqobatchi firmalar va h.k., balki, tizimning yanada kengaytirilishini talab qiladi, masalan, barcha iqtisodiy tizimlarni ko‘rib chiqish, bu muvaffaqiyatsizlikning sababi moliyaviy holatlarning barqaror emasligi, mamlakatning noto‘g‘ri moliyaviy siyosati va h.k.lar boiishi mumkin. Bu sharoitda firmaning ichidagi muvaffaqiyatsizliklarning sababini izlash qoniqarli natija bermaydi yoki oxirigacha doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqish va yangilashga to‘g‘ri keladigan xususiy qaror qabul qilishga olib keladi. 2-g‘oya. Murakkab obyekt o‘rganilayotganda ustunlik undan chiqariladigan strukturaning maqsadi va funksiyalariga beriladi, ya’ni tizimli tahlil bu funksional yondashuvdir. Bu g‘oyani izohlaymiz. Hayotda ko‘pincha teskari holat bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi, ya’ni obyektning strukturasi mavjud, u qandaydir funksiyaga ega, lekin shunga qaramay undan kelib chiqadigan natijani bashorat qilish qiyin. Vazifasi oldindan ma’lum bo‘lgan texnik tizimlar haqida gap borganda bunday yondashuv jiddiy xatolikka olib kelmaydi. Inson yoki jamiyatdek m urakkab tizimlar bilan ish olib borilganda an’anaviy yondashuv katta xatoliklarga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, bunday tizimlarning vazifasi oldindan m aium emas va bunday noaniqliklar ularni boshqarishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Tizimli tahlil boshqacha yondashuvni taklif qiladi, ya’ni bundan maqsad (funksiya) mavjud, unga erishish uchun esa qanday struktura kerakligini aniqlash funksional yondashuv orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv funksiyalar qaytarilishi va ularning takrorlanishini istisno etib, optimal yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. 3-g‘oya. Tizimlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni yechishda zarur va bo‘lishi mumkin bo'lgan, istalgan (kutilgan) va erisha oladigan, samaradorlik va samaradorlik uchun kerakli bolgan resurslarni solishtirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, doimo talab qilinayotgan natijani olish uchun qanday «narx» to‘lash kerakligini nazarda tutish kerak. Bu g‘oyani izohlaymiz. Biz turli maqsadlar qo‘yamiz va bundan ko‘p narsani kutamiz, lekin mavjud resurslarni, ya’ni fizik, intellektual, moddiy, energetik, moliyaviy axborot, vaqt va boshqalarni oldindan baholay olmasak, u holda biz xohish va maqsadlarimizni amalga oshira olmaymiz. Buni esdan chiqarish esa bajarib bo‘lmaydigan loyihalarga qaysiki aniq natijani bermaydigan uzoq muddatli ko‘p sonli dasturlarga olib keladi (bu hayotda eng ko‘p uchraydi), xayoliy loyihalarga olib keluvchi asoratlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 4-g‘oya. Tizimlarda qaror qabul qilishda ko‘rib chiqilayotgan barcha tizimlar uchun yechimning natijalarini hisobga olish kerak, ushbu g‘oyani ko'rib chiqamiz. Amaliyotda quyidagicha bo‘lishi kuzatiladi: har qanday darajada qaror qabul qilishdan osoni yo‘qday boladi. Bunda quyidagicha fikr kiritiladi: agar menga qiziq bolmasa, boshqalarning qiziqishlarini nima uchun bilishim kerak? Biroq hisobga olinmagan tizimlar qiziqishlarning bunday qarorlarini amalga oshirishda ushbu qarorlarga qarshilik ko‘rsatish boshlanadi va oqibatda bajarilmaydi, qaror qabul qilgani uchun esa natija salbiy bo‘ladi. Tizimli yondashuv turli qiziqishlarni hisobga olish va qarorni ishlab chiqishga boshqa tizimlarni jalb qilishni nazarda tutiladi. Boshqa tizimlarni jalb qilish natijasida katta tizim uchun eng yaxshi qarorni va tashkil qiluvchi tizimlar uchun mumkin bo‘lgan qarorni olish kerak bo‘ladi. Bunday yondashuvning unumdorligini quyidagi fakt tasdiqlashi mumkin: tizimli yondashuv boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Yaponiyada qaror qabul qilishda 90% vaqt taalluqli boiganlarning barchasi bilan kelishishiga va 10% esa uni amalga oshirishga sarflanadi. Tizimlarni loyihalash bilan yuzaga keladigan vazifalar orasida tuzulmaviy va funksional jihatlarni birlashtirish muammolari muhim hisoblanadi. Murakkab masalalardan biri ierarxik tashkil etishni loyihalash muammolariga kiradi. Har qanday ko‘p yoki kam murakkab tizimlar ierarxik tamoyil bo‘yicha tashkil qilingan. Bu axborotni markazlashgan tarzda qayta ishlash bilan bogiiq bo‘ladi va qarorlarni qabul qilish axborotning hajmi ko‘pligi, kechikishi va buzilishlar sababli ko‘p hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Murakkab tizimlarning ierarxik tashkillashtirilishi afzalligini ko‘rsatish uchun quyidagi misolni keltirish mumkin: «Ikkita usta m ingta detaldan iborat konstruksiyani har biri o‘zining usuli bo‘yicha yig‘moqda. Birinchisi — ketma-ket, shunda agar konstruksiyani to‘lalig‘icha yig‘may tanaffus qilsa, u holda konstruksiya sochilib ketadi va uni yig‘ishni boshqatdan boshlash kerak boiadi. Ikkinchisi — konstruksiyani o‘nta bolakka boiadi va har birini yana o‘n bo’lakka bo’ladi, shuning uchun konstruksiyani yig‘ayotganda faqatgina o‘sha qismini yo‘qotadi. Ishdagi tanaffusning ehtimolligi ular uchun r boisin, u holda ishni muvaffaqqiyatli tamomlash ehtimolligi birinchi usta uchun (l-r)1000, ikkinchi usta uchun (l-r)10 ga teng. r = 0,01 boiganda ikkinchi ustaga qaraganda birinchi usta o‘rtacha 20000 m arta ko‘proq vaqt sarflashi kerak boiadi». Bu misol ierarxik tizimlarning qaror qabul qilish lokal nuqtalaridagi xatoliklarga qaramasdan asosiy xususiyatlarini tasvirlab beradi, umuman olganda bunday tizim yaxshi ishlashi mumkin. Tizimli tadqiqotning maqsadi texnik tizimni loyihalashda lunksional sxemani ishlab chiqishga bogiiq, u turli usullarda va ayrim bir alohida xususiy maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin. Tarkibiga insonlar kirgan tizimlar (ishlab chiqarish tizirn lari, ijtimoiy tizimlar, xalq xo‘jaligi va boshqalar) ishlash jarayoni insonlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvga bog‘liq. Insonlarni shaxsiy maqsadi va manfaatlarini, yuzaga keladigan qo‘shimcha qiyinchiliklarni hisobga olgan holda maxsus mexanizmlarni loyihalash kerak. Shuning uchun tizimli tahlilning muhim bo‘limlari sifatida ierarxik ko‘p sathli tizim nazariyasi alohida o‘rin tutadi. Shunday qilib, tizimli tahlil murakkab tizimlarni loyihalashni rivojlantirish usullari fani hisoblanadi.
Zamonaviy boshqarish sistemalar zvenolarini chizig’iylashtirish oldin aytib o'tilganidek, avtomatik boshqarish sistemasini ko‘rib chiqayotganda analiz yoki sintez masalasi amalga oshirilishi mumkin. Sintez masalasi analizga qaraganda biroz murakkabroq hisoblanadi. Ikkala holda ham avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish uning matematik tavsifini o‘z ichiga oladi va u sistemani zvenolarga bo‘lish va har bitta zveno uchun differensial tenglama tuzishdan boshlanadi. Bu tenglamalar bo‘yicha sistema differensial tenglamasi tuziladi va shuni asosida sistema tadqiq qilinadi. Bu holda sistemani iloji boricha oddiy zvenolarga bo‘lish kerak va shu bilan birga bu zvenolar bir tomonga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Bir tomonga yo'nalgan zveno deb shunday zvenolarga aytiladiki, bu zvenolarda ta’sir faqat bitta yo‘nalishda, ya’ni kirishdan chiqishga uzatiladi va bu zvenoning holat o‘zgarishi undan oldingi zvenoga ta'sir qilmaydi.
5-rasm.
Zvenolar tenglamalarini tuzishdagi asosiy qiyinchiliklardan biri zvenolami ruxsat qilinishi mumkin bo‘lgan ideallashtirish va soddalashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Asosiy soddalashtirish — bu chizig‘iylashtirish, ya’ni ulami chiziqli differensial tenglamalar bilan tavsiflashdir. Zveno tenglamasidagi nochizig‘iylikni linearizatsiya qilish, uni taqribiy chiziqli bog’lanish bilan almashtirishdan iborat. Bunday almashtirishning matematik isbotini ko‘rib chiqamiz. Faraz qjlaylik, chiziqli boMmagan funksiya , nuqtalari atrofida uzluksiz va undan n - darajagacha uzluksiz hosila olish mumkin (2.1 - rasm). U holda uni Teylor qatoriga yoyish mumkin :
(2.1)
Ushbu formuladagi birinchi darajadan yuqori hadlarni yozmasdan quyidagiga ega bo’lamiz:
(2.2)
Kordinata boshi nuqtaga ko’chirilishi, u holda:
yoki (2.3)
Bu yerda, nuqtasida grafikka o'tkazilgan urinmani absissalar o‘qi bilan tashkil qilgan burchagining tangensi, ya'ni bu chizig'iylashtirishning geometrik interpretatsiyasi (talqini) hisoblanadi.
funksiya grafigi bo‘lgan egri chiziqni - funktsiya grafigi - to‘g‘ri chiziq bilan almashtiramiz va shu tariqa chizig‘iylashtirish amalga oshirilgan boMadi.
Agar o'zgaruvchilar soni ikkita bo’lsa, u holda Teylor qatori quyidagi ko'rinishga ega bo’ladi:
(2.4)
Dostları ilə paylaş: |