Avtomatik boshqarish



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#76952
1   2   3   4
Avtomatik boshqarish

Kirish (boshqaruvchi) kattaligi X ob’ektini boshqarish parametri, chiqish (boshqariladigan) kattaligi У ob’ekt faoliyati natijasini xarakterlovchi parametr hisoblanadi. Muhitning tashqi ta’siri Z g‘alayonlanish deyiladi.
Avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) qabul qilayotgan signallar uzluksiz-ya’ni bir tekisda o‘zgaradigan, doimiy va diskret, ya’ni sakrash bilan o‘zgaradigan bo‘lishi mumkin. Signallarning analog va raqamli turlari mavjud.
Inson, eng avvalo og‘ir jismoniy mehnat turlaridan ozod bo‘lishga erishgan. Bu o‘rinda u tabiiy energiya manbalaridan (suv, shamol va boshqalar) foydalangan. Keyinchalik bug‘ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan (XVIII asr) fan-texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi - ishlab chiqarish protsesslarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Lekin, endi odam har bir stanok va texnologik mashinaga bog‘langan bo‘lib, undagi ishlab chiqarish protsesslarini kuzatadi (kontrol qiladi), mehnat predmeti parametrlarining maqsadga muvofiq o‘zgarishi to‘g‘risidagi informatsiyalarga ishlov berib, ularni analiz qilish yo‘li bilan texnologik protsessni boshqarish vazifasini bajarib turadi.
Kibernetika fanining jadal sur’atlarda rivojlanishi, ma’lumotlarni katta tezlikda qayta ishlab bera oladigan texnik vositalar EHMlarning yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi texnologiyasini vujudga keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki:
1. Boshqarishning avtomatik sxemami (BAS)
2. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi degan tushunchalar ishlab chiqarishni avtomatlagtirishda keng foydalanilmoqda.
BAS deb, alohida lokal texnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini inson ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat texnik qurilmalar sistemasiga aytiladi.
Texnologik mashinani ishga tushirish, to’xtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgartirish kabi operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladigan avtomatik boshqarish sistemasi, ob’ektning biror texnologik parametrini (harorat, bosim, sath balandligi, tezlik, namlik) texnologik jarayon davomida rostlab (stabillab) turish uchun xizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektlarning texnologik parametrini oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari, texnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash funktsiyalari va boshqalarni inson ishtirokisiz bajarish uchun xizmat qiladigan lokal avtomatik sistemalarini tashkil etadi.
BAS deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimi iqtisodiy matematik modellash asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi.
Bu sistema boshqarish to’g’risidagi echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini, boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezlikda o’tishini ta’minlash va boshqaruvini zvenoning mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi.
BAS inson faoliyatining turli sohalarida boshqarishni optimallash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishning avtomatlashtirishni ta’minlaydigan “odam mashina” sistemasidir deb ta’riflanadi. Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi:
1. Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va uzatish.
2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish.
3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish.
BAS larda yuqoridagi funktsiyalarni EHM bajaradi. Ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish funktsiyasini, boshqaruvchi mashinalarda olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi. Shuning uchun BAS “odam mashina sistemasi” deb ataladi.
BAS 1960 yidan sanoatda qo’llanila boshlagan bo’lsa, 1980 yilga kelib ishga tushirilgan avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalar soni 4370 dan oshib ketgan. Shundan 1650 ga yaqin texnologik jarayonlarni BASni bo’lgan. 2000 dan ortiq EHM ning uchinchi avlodi bilan jihozlangan hisoblash markazining ishlab turganligi BASning qanchalik progressiv sistema ekanligini ko’rsatadi. Texnologik jarayonlar BASning eng oddiy funktsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Funkutsional sxemani soddalashtirish maqsadida texnologik jarayonlar BASi faqatgina avtomatik rostlash sistema va boshqaruvchi operatordan iborat qilib tuzilgan.
Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operatort tomonidan beriladi. Buning uchun u ma’lumotni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish xaqida qaror qabul qiladi va sistemani boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementni va rostlash organiga ta’sir qilib boshqarish operatsiyalarni amalga oshiradi.
6. Boshqarishning avtomatik sistemalari (BAS) tavsifi
Boshqariladigan sistemalarning murakkabligi, bajaradigan vazifasi, ishlab chiqarish xarakteri, boshqaruvchi ob’ekt xarakteri, pog’onasi va boshqalarga qarab BAS quyidagi sinflarga bo’linadi:
I. Boshqarish darajasi bo’yicha:
1. Umumdavlat BAS
2. Soha bo’yicha BAS. Vazirlik doirasida bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.
3. Xududiy BAS. Umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.
4. Ishlab chiqarish birlashma BAS. Ishlab chiqarish birlashmalarini alohida yoki SBAS yohud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish.
5. Korxona BAS. Ishlab chiqarish korxonalarini alohida yoki birlashma BAS yohud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.
II. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha:
1. Texnologik jarayonlarning boshkarishning avtomatlashtirilgan sistemasi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi.
2. Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi.
3. Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemaga birlashtiradi.
III. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha:
Reja hisoblari, moddiy texnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy texnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi.
IV. Ishlab chiqarish xarakteri bo’yicha
Jarayonlar uzluksiz va diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korxona boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi.
Ma’lumki BAS administrativ yoki tashkiliy boshqarishdagi BAS ishlab chiqarish sistemalaridagi BAS ga bo’linadi.
Administrativ sistemada inson faoliyati boshqarish sistemasining quyi pog’onalardagi insonlar tomonidan amalga oshiriladigan rejalashtirish, operativ boshqarish jarayonlarida qaror qabul qilish va shuningdek qarorni bajarilishini nazorat qilib turish hamda shu kabi boshqarish funktsialarni bajarishdan iborat. Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish sistemalaridagi boshqaruvchi odam esa operator deyiladi. Operator o’zini boshqaruvchi funktsiyasini texnik vositalar va boshqaruvchi EHM yordamida bajaradi.
7. BAS ning tayyorlashda standartlashtirish
BAS larning tayyorlashda yuqori sifatli avtomatika elementlari bloklari, EXM va boshqarish mashinalarining komplekslarini vujudga keltirish katta ahamiyatga ega. Ulardan unumli foydalanish masalasini ratsional hal etish BAS ning barcha elementlari texnik normativ ko’rsatgichlarini davlat standartlari darajasida ko’tarishni talab qiladi.
Davlat standartida TNXlar, BASning tuzishdagi talab, qoidalar va me’yorlar kompleksi berilgan bo’ladi. BAS tayyorlash sohasidagi barcha tashkilot va korxonalar, shuningdek, BAS ni ishlatuvchi boshqa soxalardagi barcha tashkilot va korxonarning bunga amal qilishi majburiydir. BAS elementlarinng optimal va yuqori sifatli bo’lish, fan texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish sohalarining birligi, o’zaro bog’lanishni ta’minlash BAS va uni elementlarini davlat standarti normativlari asosida bo’lishini talab qiladi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, institutlarida avtomatika laboratoriya tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi.

2-savol
Ishlab chiqarish korxonalarda yuklarni tashish va yuqoriga ko‘tarish uchun ko‘pgina mashina va mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar ikki turga bo‘linadi:


a) Uzluksiz ishlaydigan - lentali transportyorlar, havo yordamida, rolganglar, tarnovlar yordamida ishlaydigan turlari mavjud.
b) Davriy ravishda ishlaydiganlarga - avtomobillar, avtopogruzchiklar, elektro-pogruzchiklar, temir yo‘l vagonlari kiradi.
YUqoriga yuk ko‘taruvchi uskunalarga ko‘prik kranlari, avtomobillarga o‘rnatilgan aylanma kranlar, telfYer, o‘zi yurar aravachaga o‘rnatilgan tal va boshqalar kiradi.
YUk ko‘tarish, tashish uskuna va mashinalari “Davlat kon tex nazorat”i idoralari tomonidan rasmiylashtirilgach, texnik ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng ishlatilishi mumkin. Texnik ko‘rik to‘liq – har uch yilda bir marta va qisman ko‘rik esa - har 12 oyda bir marta o‘tkazilishi shart hisoblanadi.
To‘liq texnik ko‘rikda - yuk ko‘tarish mashinalari yaxshilab qarab chiqiladi, statik va dinamik sinovlardan o‘tkaziladi.
Qisman texnik ko‘rikda esa - statik va dinamik sinov o‘tkazilmaydi.
Ko‘rik paytida barcha mexanizm va elektr asboblari, xavfsizlik asboblari, tormoz qurilmalari, boshqarish jihozlari, signal bYeruvchi va yorituvchi asboblar ishlab turgan holatda tekshirib chiqiladi.
Statik sinov mashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25% ko‘p yuk ortilgan holatda o‘tkaziladi. Bunda, Yerdan 20-30 sm yuqoriga ko‘tarilib, 10 minut davomida ushlab turiladi va shundan so‘ng qoldiq deformatsiyalar sinchiklab tekshiriladi.
Dinamik sinov mashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatidan 10 foiz ko‘p yuk bilan bir necha marta ko‘tarib tushirib sinaladi.
Mashinalarning bevosita yuk ko‘taruvchi moslamalari (stropalar, trosslar, zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar) foydalanishga tushirilishidan oldin va har galgi sozlashdan so‘ng, sinovdan o‘tkazilishi shart. Sinov me’yordagi yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25% ko‘p ortilgan holda bajariladi.
Po‘lat arqonlar o‘ramning har qadamidagi uzilgan simlar soniga va zanglash sababli diametrining kamayganligiga qarab, me’yoriga solishtirib, ishga yaroqliligi yoki yaroqsiz ekanligi aniqlanadi.
Po‘lat arqon sim yoki zanjirlarni, oddiy sinalmagan simlar bilan ulab uzaytirib, ishlab chiqarishga qo‘llash taqiqlanadi.
Yuk tuproq shag‘al ostida bo‘lsa yoki ustida boshqa narsalar bo‘lsa, uni ko‘tarish mumkin emas va yukni ko‘tarilgan holda qoldirib (tanaffus yoki ish tugagach) ketish qat’iyyan man qilinadi.
Korxonalardagi transport vositalarining xavfsizligi.
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari juda murakkab va ko‘p tarmoqli tashkilot bo‘lib, qaramog‘ida katta maydonlar mavjud. Tabiiyki bunday maydonlarda xom ashyo, tayyor mahsulot va yordamchi matYeriallarni bir Yerdan ikkinchi Yerga tashish uchun xilma-xil transport vositalari ishlatiladi.
Masalan, ayrim korxonalarda xom ashyoni poezdlarda yoki avtopoezdlarda, traktor va pritseplarda tashib keltirilsa, ularning omborlardan avtomashina, avtokara, elektrokaralar yordamida tashiladi.
Tayyor mahsulot, esa yana shu transport vositalari yordamida tayyor mahsulot omborlariga va u Yerdan konteynYer va vagonlarga ortilib savdo bazalariga yuboriladi.
Korxonalarda qo‘llanadigan barcha avtomashina va avtopoezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoidalari” talablariga to‘liq javob bYerishi kerak. Avtomobillarning yuk ortilgan holda korxonalar hududiga yurish tezligi 10 km/soat dan oshmasligi kYerak.
Ularning yurish yo‘nalishi piyodalar yo‘li kesishmasligi va bu yo‘llar umumiy yo‘l harakati belgilari bilan boshqarib borilishi kerak.
Bu qoidalar bilan barcha transport haydovchilari ogohlantirilishi va tanishtirib chiqilgan bo‘lishi kerak.
Avtomobil transporti vositalarining harakati paytida, hatto eng past tezlikda ketayotganda xam zinapoyalariga va kuzovlariga odamlarning chiqib olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ishlab chiqarish korxonalari hududida ichki yonish dvigatelli transport vositalari albatta (iskragasitellar) uchqun o‘chirgichlar bilan ta’minlangan holda yurishlari kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida transport vositalari, ma’lum aniq marshrut bo‘ylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum bo‘lgan yo‘laklar ustidan o‘tmasligi kerak.
Belanchak, aravacha, ilgak va zanjirlar hamda insonga jarohat etkazishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlar tanadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak.
Undan tashqari, konveyYerlarning xavfli mintaqalari, odamlar yuradigan yo‘laklar bilan kesishgan joylarida himoya to‘siqlari bilan ta’minlanishi shart hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tartib qoidalarga so‘zsiz rioya qilgan taqdirdagina, ishlab chiqarish korxonalarini transport vositalarining xavfsiz ishlashini ta’minlashga keraklicha zamin yaratish mumkin bo‘ladi.

3-savol

Maxsus avtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar.


Bunday avtomat liniyalar juda yuqori unumdorlikka ega bo‘ladi. Ular uchun texnologik jarayon xam maxsus ishlab chiqariladi. Shu sababli ular yalpi ishlab chiqarishda (masalan; podshipniklar ishlab chiqarishda) ishlatiladi.
Maxsus dastgohlardan tashkil topgan avtomat liniyalar bilan kompleks avtomatlashtiriladi, jumladan mexanik ishlov berishdan tashqari, yig‘ish, nazorat qilish, moylash va boshqa operatsiyalar ham avtomatlashtiriladi. Bunday liniyalar murakkab avtomat tsex va zavodlar qurish uchun asos bo‘la oladi. Xozirda ba’za bir maxsulotlarini ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda maxsus rotorli dastgoxlardan tashkil topgan, rotorli avtomat liniyalar ishlab turibdi.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar qo‘llanishi, avtomatlashtirishda yangi bosqichni boshlanishiga sabab bo‘ladi. Bunday dastgoxlar asosida tuzilgan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish modullari ishlab chiqarishni to‘liq avtomatlashtirishga erishishdan tashqari EXM bilan avtomatlashtirilgan boshqaruvni ham qo‘llanishiga imkoniyat yaratadi.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarni yuqori moslanuvchanligi donalab va seriyalab ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni asosiy dastgohi bo‘lib qoldi. Bundan tashqari ishlab chiqarish ob’ekti o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ishlab chiqarishda ham qo‘llanishi mumkin.
Turli sеriyalardagi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo`yicha tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu muammolarni yеchishning bir qancha yo`li mavjud. Tехnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo`yicha tехnik yеchimlari har хil bo`lsa ham ularning maqsadi bitta - ishlov bеrishdagi mеhnat unumdorligini oshirishdir. Istalgan tехnologik jarayonni bajarishda davr davomiyligi quyidagicha topiladi:

Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin