2.2 Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari.
Avtomatlashtirishning rivojlanish bosqichlarini taxlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi kunda yaratilyotgan mashina va mexanizmlar asosan yalpi ishlab ishlab chiqarishdan seriyali ishlab chiqarish tomon siljib bormoqda. Bunga sabab seriyali ishlab chiqarish ishlab chiqarish korxonalar mashinasozlik tarmog’ini asosini tashkil etadi. Yana bir asosiy tomoni texnik jihoz va uskunalarni turini ko’paytirish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ko’p variantli masalalarni yechish imkonini beradi.
Mashinasozlik korxonalarini kompleks avtomatlashtirishning strategiyasi quyidagi masalalarni yechimi bilan aniqlanadi:
avtomatlashtirish ishlarini asosiy yo’nalishlari va ularni moxiyatini to’g’ri tushunish;
avtomatlashtirilgan uskunalar va yangi usullar kelajagini ob’ektivligi va ularni mavjud uskunalar bilan bog’liqligi. Bularni hammasini birin-ketinlik bilan ko’rib Chiqamiz.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish deganda ko’p holatlarda inson bajaradigan ishlarni qurilmalar, boshqaruv tizimlari va ularni nazorat qilish, ya’ni avtomatikani qo’llash tushuniladi. Ammo, texnologik jarayonlar, konstrusiyalar va mashinalarni kompanovkasi asosiyhisoblanadi. Masalani bunday yechimi noto’g’ri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni asosini texnologik jarayonlar tashkil qiladi va uning tarkibiga chiqariladigan mahsulotning mumkin bo’lgan sifati va soni, ishlab chiqarishni effektivligi, boshqaruv tizimi oldindan kiritilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish o’z ichiga yangi texnikani yaratishda konstruktorlik-texnologik masalalarni kompleksini, yuqori intensiv texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni unumdorlik uskunalarini bevosita insonni ishtirokisiz bajarilishini o’z ichiga oladi.
Zamonaviy avtomat – bu texnologik va konstruktorlik masalalar yechimi bo’lib bir vaqtni o’zida o’nlab, avtomatik liniyalarda yuzlab mexanizmlar va asboblarni ishlashi tushuniladi. Bunday tizimlarni yaratilishi transportirovkalash, yuklash hamda ularni orientasiyalash, aylantirish, chiqindilarni olib chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Avtomatik liniyalarda har bir ishlov berish nuqtasida ishlov berilayotgan detal moslamalarda aniq o’rnatilishi va ma’lum bir kuch bilan siqilishi kerak. Bu o’z navbatida berilgan nuqtada aniq ishlov berishni va detalni sifatini ta’minlaydi.
Liniyalarni komponovkasi va ular tarkibidagi ishchi agregatlar, mexanizmlar, moslamalarni aniq ishlashi liniyalarni ishonchli va effektiv ishlashini ta’minlaydi. Qisish va o’rnatish mexanizmlarini konstruksiyasi, turi va ishlash prinsipi ishlov berilayotgan detalningmaterialiga, gabaritiga, formasi va o’lchamlariga bog’liq.
Ishlov berishda harakasiz bo’lgan har bir pozitsiyada o’rnatilishi, qisilishi zarur bo’lgan tana detallari transporter yordamida erkin harakatlanib ishlov berish joyida stasionar moslamalarga o’rnatiladi.
2.1-rasm. Boshqaruv sxemalar strukturasi
a) datchiklar; b) uzatuvchi-aylantiruvchi qurilmalar;
v) bajaruvchi qurilmalar.
Seriyali ishlab chiqarishda murakkab shakldor detallarga ishlov berishda yo’ldosh moslamadardan foydalanadi. Avtomatik ravishda pozitsiyalarga murakkab forma ega bo’lgan detalllarning boshlang’ich ishlov berilgan baza yuzasi bo’lmagan detallar (misol: ventil tanasi) ishlov berishni boshlang’ich bosqichida sputniklarga (yo’ldoshlarga) o’rnatilib ishlov berish joylaridan hammasidan o’tadi. Avtomatik liniyalarda ishlov beriladigan detallarni qisib o’rnatadigan moslamalar ikki turga bo’linadi: stasionar holatdagi va yo’ldosh moslamalar.
Avtomatik liniyalarning yordamchi va ish bajaruvchi qurilmalari standart yoki normallashgan elementlarni o’z ichiga oladi. Datchiklar (boshqaruv knopkalari, yo’l o’chirgichlar, o’tkazgichlar, fotoelementlar, termoparalar va hokazolar) ishlov berish davrining oldingi elementi tugaganligini, mexaniq yoki fizik harakatni elektrik topshiriqqa o’tganligini taqozo etadi.
Uzatuvchi-aylantiruvchi qurilma (o’rtagich rele, kontaktorlar, yacheykalar va hokazolar) datchiklardan kelayotgan signallarni kuchaytirish, taqsimlash, kombinatsiyalash, uzatish funksiyalarini bajaradi. Ayrim hollarda ish bajaruvchi mexanizmlarni quvvati katta bo’lmaydi. Datchikka yaqin bo’lganda aylantiruvchi qurilmani tizimdan chiqarib datchiklardan kelayotgan topshiriqlarni bevosita to’g’ridan-to’g’ri bajaruvchi qurilmalarga uzatadi.