Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə28/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Ijrochi mexanizmlar avtomatik rostlash va boshqarish vosita- larining oxirgi zvenosi hisoblanadi. Ular boshqariladigan mexanizmning o’ziga ta’sir qiladi. Qo’llaniladigan energiya’ning turiga ko’ra ijrochi mexanizmlar uch guruhga: elektr, pnevmatik va gidravlik mexanizmlarga bo’linadi. Ijrochi mexanizmlarning elementlari tarkibiga klapanlar, drossellar, gidravlik va pnevmatik dvigatellar, pereklYuchatellar kiradi.
Ijrochi mexanizmlarning ayrim elementlari sxemalarini ko’rib chiqamiz. Drossel (2.2-rasm, a) o’tish teshigining kesimini o’zgartirish hisobiga porshenning harakatlanish tezligini rostlash uchun hizmat qiladi. Drossel korpus 1 va rostlash probkasi 2 dan to’zi lgan. Suyuqlik yoki havo korpus teshigidan kiradi va probka bilan korpus orasidagi tirqishdan o’tadi. Teshikdagi probkani burib tirqish o’tish kesimining yo’zi rostlanadi. Drossel truboprovodga o’rnatiladi.
Teskari klapanlar (2.2-rasm, b) havo yoki suyuqlikni bir yo’nalishda o’tkazish uchun hizmat qiladi. Klapan ham drossel kabi truboprovodga o’rnatiladi.
U korpus 1, klapan 2, prujina 3, qopqoq 4 dan to’zi lgan. Bosim berilganda klapan
2 qisiladi va truboprovodga sxemada strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishda havo kiradi.
Bosim berish to’xtatilganda prujina 3 klapan 2 ni dastlabki vaziyatiga qaytaradi va klapanning konussimon qismi teshikni ber kitadi.
Saqlash klapani bosimni belgilangan chegaralarda tutib turish uchun hizmat qiladi. Saqlash klapanlari ortiqcha bosimni chiqarib Yuborish uchun ham ishlatiladi. Klapan (2.2-rasm, v) korpus 1, sharik 2, prujina 3, tirak 4, gayka 5 dan tashkil topgan.
Klapanning o’tish teshigini sharik 2 berkitib turadi. Sharikni prujina 3 tutib turadi. Prujinaning tarangligi tirgak 4 bilan rostlanadi. Bo’shliqda bosim belgilanganidan oshib ketganda prujina 3 siqiladi va klapanni ochadi.
Ijrochi mexanizmlar sifatida gidrodvigatellar, pnevmodvigatellar va boshqaruvchi elektr yuritmadan foydalaniladi. 2.2-rasm, g da ikki tomonlama ishlaydigan porshenli pnevmodvigatelning sxemasi keltirilgan. Dvigatel shtuserlar 1, 10, chap qopqoq 2, manjetlar 3, 4, 8, porshen 5, gilza 6, o’ng qopqoq 7, shtok 9 dan to’zi lgan. Bunday pnevmodvigatel katta ish kuchini hosil qiladi. Havoning kirishi va chiqishini ikkita klapan yoki zolotnik boshqarib turadi.
Kichik masofaga siljitish uchun egiluvchan elementli pnevmo- dvigatellar ishlatiladi (2.2-rasm, d). Dvigatel shtuser 1, qopqoq 2, diafragma 3, korpus 4, prujina 5, vkladish 6 va porshen 7 dan to’zi lgan. Shtuser 1 orqali o’ng bo’shliqqa bosim berilganda egiluvchan element - diafragma porshenni qisadi. Diafragmadagi qat-qat buralmalar diafragmaning cho’zilmasdan surilishiga imkon beradi. Bosim berish to’xtatilganda prujina 5 porshen bilan shtokni dastlabki vaziyatiga qaytaradi. Bu turdagi dvigatellar to’zi lishi jihatidan juda oddiy, ishlatish uchun juda qulay. Ba’zi hollarda pnevmo- va gidrodvigatellarni birlashtirish variyanti kerak bo’ladi. Bunday qurilmaning sxemasi (2.2-rasm, e) pnevmodvigatel 1, gidrodvigatel 5, teskari klapan 4, drossel 3, ish suyuqligi solingan bak 2 ni o’z ichiga oladi. Pnevmodvigatel 1 porsheni gidrodvigatel 5 plunjerini suradi, gidrodvigatelda ish suyuqligi bir bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa o’tadi. Teskari klapanlar 4 suyuqlikni kiritish, drossellar 3 esa chiqarish uchun hizmat qiladi. Bu o’z navbatilaporshenlarning surilish tezligini rostlash imkonini beradi.

2.2-rasm. Ijrochi mexanizmlar elementlari:
a - drossel; b - teskari klapan; v - saqlash klapani; g - ikki tomonlama ishlaydigan porshenli pnevmodvigatel; y - egiluvchi elementli pnevmodvigatel; e - pievmo va gidrodvigatellarni birlashtirish sxemasi; j - blok-kontaktli va elektromagnili klapan.
Blok-kontaktli elektromagnitli klapan (2.2-rasm, j) «Pusk-Stop» blokkontaktlari, elektromagnit 2, elektromagnit g’altaklari 3, o’zak-surgich 4, chiqarish klapani 5, kiritish klapani 6, kolodka 1 dan tashkil topgan. Elektromagnit g’altagiga kuchlanish berilganda kiritish klapani 6 ochiladi va chiqarish klapani 5 yopiladi. Siqilgan havo pnevmosilindrning bo’shlig’iga kiradi.
Klapan ochilgan paytda o’zak-surgich 4 dagi kolodka 1 kontaktlar 7 ni tutashtiradi. «Stop» knopkasini bosganda o’zak-surgich dastlabki vaziyatiga qaytadi. Shunda blok-kontaktlar ajraladi, kiritish klapani 6 berkiladi va chiqarish klapani 5 ochiladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin