V guruh. Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar Bunday liniyalar agregat dastgohlardan tashkil topgan bo’lib ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarishda juda yaxshi samara beradi. Bu liniyalarda alohida tashish qurilmalari sikl bo’yicha aniq ishlov berilishini ta’minlaydi.
Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar juda ko’p texnologik o’tishlarni talab etadigan murakkab detallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan. Bunday detallarga dvigatellarning silindrlar bloki va bloklarning kallaqlari; uzatmalar qutisi va avtomabillar ketingi ko’priklarning korpuslari, elektr dvigatellarning staninalari dvigatellarning toza havo kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish kollektorlari, tirsaqli vallar va x.k.kiradi. Ko’rsatilgan detallarni tashish va moslamalarga maxkamlash uchun ularda aniq zamin Yuza bo’lmaydi. SHuning uchun agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar yo’ldoshlar bilan jihozlanishi yoki jihozlanmasligi mumkin.
Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalarda birxillashtirilgan qismlar va detallar 60-75 foizni tashkil etadi. Bunga agregat dastgohlarni tashkil etgan qismlar va detallar, shuningdek tashish va burish qurilmalari, yordamida qurilmalarning gidravlik yuritmalari, qirindilarni yig’ishtirish transportyorlari, nazorat qurilmalari va avtomatik liniyalarning boshqa mexanizmlari kiradi.
Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalardan yirik seriyalab va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida samarali foydalaniladi.
Teshiklarga ishlov beradigan avtomatik liniyalarda kuch agregatlar gorizontal, vertikal va aralash joylashgan birva ikkitomonli agregat dastgohlar keng qo’llamda qo’llaniladi. Gorizontal joylashgan ikkita va vertikal joylashgan (portalga o’rnatiladigan) bitta kuch agregatlar bilan jihozlangan uch tomonli dastgohlar nisbatan kam qo’llaniladi, chunki vertikal kuch agregatga hizmat ko’rsatish juda qiyin.
Ochiq transportyorli avtomatik linyalarda, odatda detallarga bir, ikki yoki uch tomonlama ishlov beradigan birpozitsiyali agregat dastgohlar qo’llaniladi.Bunday liniyalar mayda detallarga yalpi ishlov berishda befoyda bo’ladi. Mayda detallarga bo’lish stollari yoki barabanlari bilan jihozlangan ko’ppozitsiyali dastgohlardan to’zi lgan avtomatik linyalarda ishlov berish foydali bo’ladi. Bunday dastgohlarda ishlov berish xillari ko’p bo’lganidan avtomatik liniya’ning uzunligi birpozitsiyali dastgohlardan to’zi lgan liniyalarning uzunligidan ancha qisqa bo’ladi. Ko’p pozitsiyali dastgohlardan to’zi lgan liniyalarda berk transportyorlar ishlatiladi. Bunday transportyorlar detallarni (yoki detallar o’rnatilgan yo’ldoshlarni) dastgohdan dastgohga uzatadi, lekin ular dastgohlarning ish zonalaridan o’tmaydi. Detallar (detallar o’rnatilgan yo’ldoshlar)dastgohlarning ish zonasiga yakka yuklash-bo’shatish qurilmalari (masalan, manipulyatorlar) yordamida uzatiladi va ish zonasidan olinadi, bu esa tashish sistemasini murakkablashtiradi.