2.5 Avtomatik liniyalarning turlari. Butun mashinasozlikni darajasi, unda qo’llanilayotgan metall kesish dastgohlarining rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Metallkesish dastgohlarini avtomatlashtirishni tarixiy rivojlanish tendensiyasi, umuman mashinasozlikni avtomatlashtirishni rivojlanishini belgidaydi.
Bunda shuni ta’kidlash zarurki avtomatlashtirishni rivojlanishida bir xil ko’rsatgichlar yaxshilansa (eng avalo hizmat ko’rsatadigan ishchilar soni ozayishi va unumdorlikni oshishi) boshqa ko’rsatgichlar, universalligi va moslanuvchanligi kamayadi va qiymati oshadi.
«Qo’lda» boshqariladigan dastgohlar, universal, maxsus va maxsuslashtirilgan avtomat va yarim avtomatlar. Quyida avtomatlashtirishni, dastgohlar guruhlarini avtomatlashtirilganlik darajasiga ko’ra ularni o’ziga xos hususiyatlari va qo’llashga moyilligini ko’rib chiqamiz.
I guruh. Qo’lda boshqariladigan dastgohlar. Bunday dastgohlarni yuqori universalligi va moslanuvchanligi, ularni yuqori unumdorlik talab etilmaydigan donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Shuningdek, hizmat muddatini ozligi uchun, o’zini oqlaydigan yuqori unumdorligi, qimmatbaxo maxsus dastgohlar o’rniga, yalpi tez almashinishi mumkin bo’lgan (priborsozlik, samolyosozlik) ishlab chiqarishda universal qo’lda boshqariladigan va raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar qo’llaniladi.
Moslanuvchan aloqali liniyalarda har qaysi texnologik uskuna yoki uskunalar guruhi o’rtasida magazinto’plagich bo’ladi. Natijada detal bir uskunada ishlov berilgandan keyin avval to’plagichga uzatiladi, bu to’plagichda avvaldan turgan detal esa navbatdagi uskunaga uzatiladi. Mazkur holatda liniyadagi biror texnologik uskuna to’xtab qolsa, liniya’ning ishga yaroqdi qismi to’plagichlardagi detallar hisobiga ishni davom ettira beradi. Lekin to’plagichlar qo’llanilganda avtomatik liniyalar murakkablashadi.
Avtomatik liniyalar ishlov beriladigan detallarni tashish usuliga qarab yo’ldoshli va yo’ldoshsiz bo’ladi. Yo’ldoshli liniyalar tashish yoki ish pozitsiyalarida moslamalarga mahkamlash uchun noqulay bo’lgan murakkab shaklli detallarga ishlov berishda qo’llaniladi. Yo’ldoshlar bilan jihozlangan avtomatik liniyalar detallarni texnologik uskunaning bajaruvchi organlariga nisbatan puxta va aniq vaziyatda o’rnatishni ta’minlaydi. Ayni vaqtda yo’ldoshlarni detalni qabul qilish joyiga qaytaruvchi transport (tashish) qurilmalari avtomatik liniyalarni murakkablashtiradi va ularning narxini oshiradi.
Avtomatik liniyalar tashish qurilmalarining texnologik uskunaning ish zonasiga nisbatan joylashishiga qarab ochiq va berk bo’ladi. Ochiq liniyalarda tashish qurilmalari texnologik uskunalarning barcha ish zonalaridan o’tadi, berk liniyalarda esa ish zonalaridan tashqarida o’tadi. Berk liniyalarda ishlov beriladigan detallar uskunaning ish zonasiga alohida-alohida tashish qurilmalari yordamida tashib keltiriladi.
Ochiq avtomatik liniyalar berk liniyalarga nisbatan oddiy to’zi lgan. Lekin ochiq liniyalar, odatda, uzunroq bo’ladi, chunki ularda detallarning bir yoki ikki tomoniga ishlov beradigan birpozitsiyali agregat dastgohlar (berk liniyalardagi ko’ppozitsiyali dastgohlar o’rniga) ishlatiladi. Ochiq transportyordan foydalanganda agregat dastgohlarning ish zonalarini bir sathda joylashtirish xam zarur bo’ladi, bu esa dastgohlarni murakkablashtiradi va ularni o’rnatish hamda geometrik aniqligini tekshirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, bunday avtomatik liniyalarda korpus detallarga ko’ptomonlama ishlov berishda to’ntargichlar talab etiladi, natijada tashish sistemasi murakkablashadi va liniya uzunlashadi. Ko’rsatilgan kamchiliklar detallarni tashish uchun portal robotlar bilan jihozlangan berk avtomatik liniyalarda bartaraf etiladi.
Har qaysi pozitsiyada bir vaqtda ishlov beriladigan bir xil detallar soniga qarab bir va ko’poqimli liniyalar bo’ladi, turli detallar soniga qarab esabirva ko’ppredmetli liniyalar bo’ladi.
Avtomatik liniyalar qayta sozlash imkoniyatining mavjudligiga qarab qayta sozlanmaydigan va qayta sozlanadigan yoki moslanuvchan liniyalar deyiladi.
Moslanuvchan liniyalar ikki turli bo’ladi:
ilgaridan topshiriqda ko’rsatilgan, o’lchamlari va ishlov berish texnologiyasi bir xil bo’lgan detallar guruhiga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar;
to’zi lishi va ishlov berish texnologiyasi avvaldan ma’lum bo’lmagan yangi detallarga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar. Bunday liniyalar texnologik uskunalarning ayrim qismlarini, tashish va Yuklash qurilmalarini, kesish asboblarini rostlash yoki almashtirish yo’li bilan qayta sozlanadi.