Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə12/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. Harorat deganda nimani tushunasiz?


  2. Haroratni o‘lchashning qanday usullarini bilasiz?


  3. Harorat o‘lchash vositalarining ishlash prinsiplari haqida ma'lumot bering.


  4. Harorat shkalalari haqida nimalarni bilasiz?


  5. Haroratni nazorat qilish nima uchun kerak?




5-Ma’ruza:
Suyuqlik termometrlari.Mexanik termometrlar.
Monometrik termometrlar.
Reja:
  1. Suyuqlik termometrlari.


  2. Mexanik termometrlar.


  3. Manometrik termometrlar.


Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan termometr suyukligining hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishida o‘zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometrlar -200°S dan +750°S gacha oraliqdagi haroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Shisha termometrlarning suyukligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning ko‘llanish chegaralari 5.1- jadvalda keltirilgan.

5.1 – jadval.
Termometrlarga solinadigan suyuqliklarning qo‘llanish chegaralari

Suyuqlik


Qo‘llanish chegaralari, 0S da


Pastki

Yuqori

Simob

-35

750

Toluol

-90

200

Etil spirti (etanol)


-80

70

Kerosin

-60

200

Petroley efir

-120

25

Pentan

-200

20

Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‘p tarqalgan simobli termometrlardir. Simob kengayish koeffitsientining kichikligi termometriya nuqtai nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Bu koeffitsient quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

(5.1)
bu yerda, vt1 va vt2 — suyuqlikning t1 va t2 haroratlardagi hajmi; v0 — shu suyuqlikning 0°S dagi xajmi β koeffitsient qancha katta bo‘lsa, hajmiy kengayish haroratning 10S ga o‘zgarishiga shuncha katta bo‘ladi. Termometrlarda hajmiy kengayish harorat koeffitsienti yuqori bo‘lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘lchashning maqsadi va chegarasiga qarab termometrlar kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan turli markali shishalardan tayorlanadi. Texnikada qo‘llanadigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi xillarga bo‘linadi:


Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng miqyosda qo‘llaniladigan termometrlar): a) simobli termometrlar (—35 dan +750°S gacha); b) organik suyuqlikli termometrlar (—200 dan + 200°S gacha).
Ko‘rsatishlariga tuzatish kiritiladigan termometrlar: a) aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (—35 dan + 600°S gacha); b) aniq o‘lchovlarga mo‘ljallangan simobli termometrlar (0 dan +500°S gacha); v) organik suyuqlikli termometrlar (—80 dan +100°Sgacha).
Tuzilishlarining xilma-xilligiga qaramay barcha suyuqlikli termometrlar ikki asosiy turning biriga: tayoqcha shaklidagi yoki shkalasi ichiga o‘rnatilgan termometrlar turiga tegishli bo‘ladi. Tayoqcha shaklidagi termometr qalin devorli, tashqi diametri 6...8 mm gacha qilib tayyorlangan kapillyar naychadan iborat. Naychaning pastki qismi suyuqlik saqlanadigan rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita kapillyarning sirtida darajalanadi.
Shkalasi ichiga o‘rnatilgan termometrlarda kapillyar naychasi ingichka devorli bo‘lib, rezervuari kengaytirilgan. Shkala darajalari yassi shisha plastinkada joylashgan va kapillyar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan shisha qobiq ichiga olingan. Hozirgi vaqtda shkalasi ichiga o‘rnatilgan yoki burchakli (termometrning pastki qismi 90°, 120°, 135° li burchak hosil qiladi) texnik termometrlar tayyorlanadi. Yuqori darajali termometrlarda kapillyarlardagi suyuqlik ustidagi bo‘shliq inert gaz bilan to‘ldiriladi. Haroratning ma'lum darajada saqlanishini avtomatik ravishda ta'minlash va uning ma'lum qiymatini signalizatsiya kilish uchun kontaktli termometrlar qo‘llaniladi. Bunday termometrlar ikki yoki undan ko‘proq kontaktli bo‘lib yuqoridagi kontakt o‘rni o‘zgaruvchan bo‘ladi. Haroratni suyuqlikli shisha termometr bilan o‘lchash aniqligidagi xatoliklar bir qator faktorlarga bog‘liq: tekshirilmagan shkala bo‘linmalari uchun kiritiladigan tuzatish qiymatining noaniqligi; nol nuqtasining o‘zgarishi; termometrning o‘lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligi; tashqi bosimning o‘zgarishi; termometr inersiyasining va rezervuar bilan atrof-muhit issikligining muvozanati.
Xatoliklarga sabab bo‘ladigan keltirilgan omillardan eng ahamiyatlisi nol nuqtasining o‘zgarishi hamda termometrning o‘lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligidir.
Agar termometrni ishlatilish sharoitlariga ko‘ra o‘lchanayotgan muxitga to‘liq kiritib bo‘lmasa, unda uning rezervuari va suyuqlik ustuni turli haroratda bo‘ladi. O‘lchanayotgan muhitdan chiqib turgan ustunga tuzatma quyidagi tenglama bo‘yicha kiritiladi:
(5.2)

bu yerda, n — chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni; βt1 , t2 — shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsienti (simob uchun 0,00016, spirt uchun 0,001), 1/°S; t2 — termometr ko‘rsatayotgan harorat, °S;t1 — muhitdan chiqib turgan ustunning o‘rtacha harorati.


Agar chiqib turgan ustun harorati o‘lchanayotgan muhit haroratidan kam bo‘lsa, unda ∆t tuzatma ishorasi musbat, ortiq bo‘lsa, manfiy bo‘ladi. Chiqib turgan ustun hisobiga paydo bo‘ladigan xatolik ancha katta bo‘lishi mumkin va shuning uchun, uni e'tiborga olmaslikning iloji yo‘q.
Vazifasi va qo‘llanish sohasiga ko‘ra suyuqlikli termometrlar odatda laboratoriya termometrlari, umumsanoat va maxsus vazifalarni bajaruvchi texnik termometrlar, qishloq xo‘jalik uchun mo‘ljallangan termometrlar, metrologik, maishiy termometrlarga bo‘linadi.
Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‘yicha hisoblash noqulayligi, ko‘rsatishlarni kayd qilib, ularni masofaga uzatib bo‘lmasligi, issiklik inersiyasining kattaligi (ko‘rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin