Avtomatlashtirish va boshqarish


Dilatometr va bimetalli termometrlar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə13/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Dilatometr va bimetalli termometrlarning ishlash prinsipi harorat o‘zgarnshida qattiq jism chizikli o‘lchamining o‘zgarishiga asoslangan. Harorat o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan kattiq jism chiziqli o‘lchamining o‘zgarishi tenglama orqali quyidagicha ifodalanadi:
(5.3)
bu yerda, lt - t haroratda qattiq jismniig uzunligi; l0 — shu jismning 0°S dagi uzunligi; βr — o‘rtacha chiziqli kengayish koeffitsiengi (00S dan t °S gacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida).
Dilatometrik termometr, odatda, issiqlikdan kengayish koeffitsienti katta bo‘lgan metall naycha (aktiv element) va issiqlikdan kengayish koeffitskenti juda kichik bo‘lgan naycha ichida joylashgan sterjendan iborat.
Dilatometrik termometrlarning aktiv elementi (naychasi) ning asosi materiallari jez L62 (β·r = 18,3 ÷ 23,6·10-6. 0S-1) yoki nikellangan po‘lat XN60V, 10X17N13M2T (β·r=20·10-6 0S-1) bo‘ladi. Passiv element sifatida, odatda, invar kotishmasi (βnr == 0,9·10-6 0S-1) qo‘llanadi. Harorat ortganda aktiv element (naycha) sterjenga nnsbatan ancha ko‘prok uzayadi. Sterjenning siljishi (cho‘zilishi) haroratning o‘zgarishiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi va naychaning boshlang‘ich uzunligi bilan aniqlanadi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar haroratini o‘lchashda xamda haroratni ma'lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qo‘llaniladi. Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik sinflarida chiqariladi, ularning yuqorigi o‘lchash chegarasi 500°S gacha.
Afzalliklari: ishonchli, oddiy va arzon.
Kamchiliklari: asbob o‘lchamlari katta, harorat bir nuqtada emas, balki hajmda o‘lchanadi, issiklik inersiyasi katta.
Bimetall termometrlarning sezgir elementi kavsharlangan ikkita plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinka issiqlikdan kengayish harorat koeffitsienti turlicha bo‘lgan metallardan tayyorlanadi. Harorat o‘zgarganda plastinkalar og‘adi. Kavsharlangan plastinkalar bir-biriga nisbatan siljiy olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish harorat koeffiiienti kam bo‘lgan plastinka tomonga og‘adi. Plastinkalar uzayishining harorat koeffitsienti farqi qancha katta bo‘lsa, prujinaning harorat o‘zgarishidagi og‘ishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bimetall termometrlar bilan haroratni o‘lchash chegarasi —150°S dan +700°S gacha, xatosi 1...1,5%. Bu turdagi termometrlar haroratni ma'lum darajada avtomatik ravishda rostlash va signalizatsiya uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin