ISHLASH PRINTSIPI: Sig’imli idishdagi mahsulot sathi mikroto’lqinli impulьs o’tish vaqtini o’lchash bilan aniqlanadi. Mikroto’lqinli impulьs ruporli yoki sterjenli antenna bilan nurlanadi va qabul qilinadi. Sath o’lchagich elektrmagnit signalining o’tish vaqtini o’lchaydi. 0,8 ns davomiyli qisqa mikroto’lqinli impulьslar mahsulotga ruporli yoki sterjenli sath datchigi antennasi bilan yuboriladi, mahsulot yuzasidan aks etib qayta endilikda qabul qiluvchi vazifasini bajaradigan sath o’lchagichga qaytadi. Aks etgan mikroto’lqinli signalning sifati mahsulot yuzasidagi ko’pikning mavjudligi, miqdori va turiga bog’liq bo’lishi mumkin. Agar ko’pik o’tkazuvchan va uncha quyuq bo’lmasa, aks etish suyuqlikning yuzasidan bo’ladi. Agar ko’pik zich va o’tkazuvchan bo’lsa, signal yuzadan ko’pikkacha aks etadi. Yuzada aralashtirgich (qorgich) lar yoki to’lqinlar mavjud bo’lsa aks etgan signal amplitudasi kamayadi, biroq mikroto’lqinli sath o’lchagich uchib o’tish vaqtini o’lchaganligi bois unga aks etgan signal amplitudasining o’zgarishi ta’sir ko’rsatmaydi.
Refleksli (to’lqin uzatgichli) sath o’lchagichlari Refleksli sath o’lchagichlari suyuqliklar, pastalar va sochiluvchan mahsulotlar sathini, masofasini va xajmini o’lchash, shuningdek suyuq mahsulotlar fazalarini ajratish uchun mo’ljallangan.
Refleksli (to’lqin uzatgichli) sath o’lchagichlari ishlash printsipi bo’yicha radarli sath o’lchagichlariga o’xshash, lekin elektromagnitli impulьs gaz muhitida emas, maxsus zond – to’lqin uzatgich orqali tarqaladi. Zondlar sifatida sterjen, tros, troslar guruhi, koaksial kabelь ishlatilishi mumkin. Sathni yo’naltirilgan mikroto’lqinli o’lchanishi boshqa asboblarni ishlatish imkoni bo’lmaganda qo’llaniladi, masalan, ulьtratovushli asboblar yuqori darajada chang bo’lishi yoki quruq sochiluvchan mahsulotlar yoki quyuq ko’pik ko’rinishida aks etuvchi energiyaning yetishmasligi tufayli ishlamasligi mumkin.
To’lqin uzatgichli texnologiyaning sathni o’lchash boshqa usullariga nisbatan bir qator fazilatlari mavjud, chunki radarli impulьslar muhitning tarkibi, rezervuar atmosferasi, harorat va bosimga ta’sirchan emas. Bu refleksli sath o’lchagichlarini murakkab muhitlarda qo’llash imkonini beradi: yuqori harorat, yuqori bosim, suyuqlikning qattiq qaynashi, ishlayotgan aralashtirgichli rezervuarlar, suyuqlik ustidagi bug’lar va gazlar. Radarli impulьslar rezervuar ichida erkin tarqalmasdan zond orqali yuborilganligi sababli, to’lqin uzatgichli texnologiya kichik va tor rezervuarlar, shuningdek tor patrubokli rezervuarlar uchun ishlatilishi mumkin.