Bosimning tushib – ko`tarilishiga asoslangan sarf o`lchagichlar Bunday turdagi sarf o`lchagichlarni funksiyalangan prinsipini tushunish uchun Om qonuni analogiyasiga nazar solishimiz mumkin. Bu analogiyaga ko`ra, berilgan bosim kuchlanishga ekvivalent,oqim tezligi esa tok kuchiga evivalent. Agar oqim o`tuvchi yo`lga to`siq (qarshilik) o`rnatilsa, to`siqdan oldin va keyin bosim tushib – ko`tarilishiga olib keladi ( qarshilikda kuchlanish tushadi). Bosimning tushib – ko`tarilishini to`g`ridan-to`g`ri suyuqlik bosimli to`siqni o`tgandan so`ng va asosiy kanal qarshisida joyashtirilgan bosimni differensial dachik yordamida o`lchash mumkin. Kuchlanishning tushishini bizga ma`lum bo`lgan nominal qarshiligini bilgan holda maydon zanjiridagi tok kuchini analogli aniqlashimiz mumkin.
Oqim tezligini o`zgartiruvchi detektor (aniq bo`lgan sarf datchiki). Ko`p hollarda suyuqlik yoki gaz oqimining miqdori emas, balki sifat harakteristikalari talab qilinadi. Misol uchun, qurulmadan agar oqim tezligi minimaldan chetga chiqsa signal olish zarurdir. Bunday hollarda ko`pincha piozoeffekt asosidagi porogli sarf o`lchagichlardan foydalaniladi. Oqimni bir –biriga qarama-qashi elektr zanjirga ulangan juft piezokristall joylashtiriladi.Kristallardan biri tashqi ta`sirdan himoyalangan, ikkinchisi esa jismlar oqimida joylashgan bo`ladi.
Agar kristallar bir xil holatda joylashgan bo`lsa, ulardagi zaryadlarda teng kattalik va turli xil belgilari bo`ladi. Rezistor R dagi kuchlanish 0 ga teng bo`ladi. Agar oqim tezligi o`zgarsa, himoyalanmagan kristall zaryadlari o`zgarishiga olib keladi, zaryadlar balansi buziladi, rezistordagi kuchlanish o`zgaradi – bunday hodisani qayd qilish oqim tezligi minimal qiymatdan chetga chiqishi xulosa chiqarishga yoradam beradi. Quyidagi metod asosida joylashgan qurulmalar qoidasiga ko`ra suyuq va gazli muhitlarni analiz qilish uchun qo`llash mumkin.