Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə19/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. Termoelektrik termometrlarga ta'rif bering.


  2. Termoelektrik termometrlarning turlari haqida ma'lumot bering.


  3. Termoelektrik termometrlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering.


  4. Uzaytiruvchi elektrod simlar nima uchun qo‘llaniladi?


  5. Termoelektrik termometrlaning asosiy samaradorligi nimada deb o‘ylaysiz?




7-Ma’ruza:
Magnioelektrik millivoltmetrlar. Potensiometrlar.Avtomatik potensiometrlar.
Reja:
  1. Potensiometrlar.


  2. Avtomatik potensiometrlar.


  3. Termoelektr yurituvchi kuch (EYuK) ni me'yorlashtiruvchi o‘zgartgichlar.




Millivoltmetrlar
Termoelektr termometrlar (termojuftlarni)dagi TEYuKni o‘lchash uchun magnitoelektr millivoltmetrlar, potensiometrlar va me'yorlovchi o‘zgartkichlar keng qo‘llanilmoqda.
Millivoltmetr — magnitoelektr o‘lchash asbobi bo‘lib, uning ishlash prinsipi qo‘zg‘aluvchan ramkadan o‘tayotgan tokning o‘zgarmas magnit maydoni bilan o‘zaro ta'siriga asoslangan.
Millivoltmetrning tuzilishi 7.1 - rasmda ko‘rsatilgan.
D oimiy magnitning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostlari 8 da aylanadigan o‘qlarda joylashgan o‘zak 3 orasidagi (havo oralig‘ida) ramka 5 bor. Ramkaning uchlari o‘qlar 7 ga ulangan Ramkaga kronshteyn 9, strelka 10 ulangan.
Strelkaning uchi shkala 11 bo‘ylab siljiydi. Ramka termojuft zajiriga ulanganda spiral-prujina 6 dan keladigan tok ramkadan o‘tadi. Ramkaning chulg‘ami orqali tok o‘tganda hosil bo‘lgan magnit maydoni bilan doimiy maydon o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta'sir qiladi. TEYuK iga strelkaning muayyan bir vaziyati to‘g‘ri keladi.Tok o‘tmagan paytda elastik prujinalar 6 ramkani boshlang‘ich vaziyatga qaytaradi, strelkaning shkala 11 bo‘yicha ko‘rsatishi esa nolga teng bo‘ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlashi uchun posangi 4 bilan ta'minlangan. Asbob shkalasi °S da darajalangan. Ramkadan o‘tayotgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o‘zaro ta'sir tufayli paydo bo‘lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
M(айл)1В1I (7.1)

bu yerda, Maylaylantiruvchi moment; S1ramkaning geometrik o‘lchami va chulg‘amlari soni bilan aniqlanadigan doimiy koeffitsient; V — oralikdagi magnit induksiyasi; I — ramkadagi tok.
Aylanishga teskari ta'sir etuvchi moment:
Mтес2Еφ (7.2)

bu yerda, S2elastik element (spiral — prujina yoki cho‘zilgan tolalar) o‘lchamidan eniqlanadigan doimiy koeffitsient; ye — spiral prujinalarining elastik moduli yoki cho‘zilgan tolalarning siljish moduli; φ — elastik elementning burilish burchagi.
Agar Mayl = Mtes ya'ni muvozanat holati bo‘lsa,

С2Еφ=С1BI (7.3)

u holda
(7.4)

Asbob tuzilishlari parametrlariga bog‘liq bo‘lgan S, V, ye kattaliklar o‘lchash jarayonida o‘zgarmaydi, shuning uchun,

φ=K·I (7.5)
bu yerda,

(7.5) ifodadan pirometrik millivoltmetr shkalasi chiziqli ekanligini ko‘rish mumkin.


Asbob qo‘zg‘aluvchan tizimining burilish burchagi ramkadan o‘tayotgan tok kuchidan tashqari yana termojuft, ulaydigan simlar va millivoltmetrlarning ichki qarshiligiga xam bog‘liq:

(7.6)


bu yerda, yetTEYuK; RΤtermjuft karshiligi; Rsulaydigan simlar karshiligi; Rmmillivoltmegrning ichki qarishligi.
(7.6) ifodadan asbob strelkasining chetga chikishi TEYuK ning o‘zgarmas qiymatida zanjirning turli qarshiliklariga bog‘lik ekanligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun, asbobning darajalanishi zanjir tashqi qismining muayyan qarshiiligida (Rtash = Rt + Rs) bajariladi va qo‘shimcha xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun pirometrik millivoltmetrni o‘rnatish jarayonida shu qarshilik aniq saqlanishi shart. Odatda, tashqi qarshilikning darajali miqdori 0,6; 1,6; 5; 15; 25 Omga teng bo‘lib, asbobning shkalasi va pasportida ko‘rsatiladi. Tashqi qarshilikni millivoltmetr shkalasida ko‘rsatilgan qarshilikka tenglashtirish uchun o‘zgaruvchi qarshilikdan foydalaniladi.
O‘lchash asbobi sifatida ishlatiladigan millivoltmetrli termoelektrlar komplektining kamchiligi o‘lchash asbobida tok mavjudligidir. Tok qiymatiga, ya'ni millivoltmetrning ko‘rsatishiga TEYuK dan tashqari zanjirning qarshiligi ham ta'sir qiladi:

Har bir qarshilikning o‘zgarishi o‘lchashda sodir bo‘ladigan xatolikka olib keladi. Noqulay sharoitda bu xatolik asosiy xatolik miqdoridan (aniqlik sinfidan). oshib ketishi mumkin.

Texnik millivoltmetrda ramka karshiligining millivolmetr umumiy qarshiligiga nisbati 1:3 dan ortiq emas. Millivoltmetrning umumiy qarshiligini orttirib borilsa, uning harorat koeffitsienti kamayib boradi. Shu bilan atrof-muxit harorati o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatolik ham kamayadi. Agar termojuft erkin uchlarining harorati o‘lchash jarayonida keng chegaralarda o‘zgarsa, unda ko‘prik sxemasidan foydalangan holda sovuq ulanmalar haroratini kompensatsiya qilish usuli qo‘llaniladi.
Sanoatda va laboratoriyalarda qo‘llaniladigan millivoltmetrlar ko‘rsatuvchi, o‘zi yozuvchi va rostlovchi bo‘lishi mumkin. Tuzilishining bajarilishi nuqtai nazaridan asboblar shchitda o‘rnatiladigan va ko‘chma bo‘ladi. Ko‘chma asboblar uchun 0,2; 0,5 va 1,0, shchitda o‘rnatiladiganlari uchun 0,5; 1,0 va 1,5 aniqlik sinflari belgilangan.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin