SHarikli XSH tipli muzlatkich. Rotatsion qovushqoqlik o’lchagichlarda tatqiq qilinayotgan qovushqoq muhit 2 ta o’qdosh o’rtasida joylashgan, bunda jismlardan biri aylanadi, ikkinchisi harakatsiz bo’ladi. Qovushqoqlik berilgan burchak tezligida aylanish momentini yoki berilgan aylanish momentiga burchak tezligi orqali aniqlanadi. Rotatsion qovushqoq o’lchagichlar moylovchi yoglar,neft mahsulotlari eritilgan silikatlar va metallar yuqori qovushqoqli laklar va yelimlar , loyli qorishmalar va boshqalarning qovushqoqligini o’lchash uchun ishlatiladi. Ko’p tarqalgan rotatsion qovushqoqlikni o’lchovchi asboblarni nisbiy xatoligi 3-5 % oraligida yotadi. RV-7 rotatsion qurilmasi ko’rsatilgan( o’lchash chegarasi 1- 105 N*sek/m2, xatoligi +-3%)
RV-7 rotatsion qovushqoqlikni o’lchovchi asbob( berilgan aylanish momentli): 1- ichki aylanuvchi tsilindr, 2 – tashqi harakatsiz tsilindr, 3 – Aylanuvchi sistema o’qi, 4 – termostat, 5 – termostat aralashgichi, 6 – termoparalar, 7 – shkiv, 8 – tormoz, 9 – ip, 10 – blok, 11 – aylanuvchi shkiv yuki. SHkiv aylanish tezligi yuk tashish tezligi orqali aniqlanadi.
RHEOTEST RN4.1 rotatsion Qovushqoqlikni o’lchovchi asbob
“Reostest” seriyali rotatsion qovushqoqlikni o’lchovchi asbobning so’nggi modeli
Qovushqoqlikni o’lchovchi asbob shaxsiy kompyuter boshqaruvi ostida ishlaydi. Turli tizimdagi ko’chishda, temperaturada o’lchash imkoniyatini grafik va jadval ko’rinishida analiz natijalarini olish qovushqoqlik miqdori va o’lchash xatoligini, namunalarning turli sharoitlarda o’zini tutishini tatqiq qilish imkoniyatini beradi. Rotor ostsiliyatsiyasi yordamida qayishqoqligini o’lchash imkoniyatiga ham ega.
Ish printsipi “Reotest” markali uneversial qovushqoqlikni o’lchovchi asboblar tadqiq qilinayotga modda oquvchanlik xususiyatini fizik aniq oqim sharoitida o’rganish imkoniyatini beradi. Bu sharoit “Seart” yoki”Searl-Couette” turidagi silindrik o’lchov qurulmalari yoki “Konus – plita” o’lchov qurulmasi yordamida amalga oshiriladi.
• Silindrik o’lchov qurulmalarida tatqiq qilinayotgan modda aylanuvchi ichki silindr va harakatsiz tashqi tsilindr orasidagi halqali oraliqda harakatga keltiriladi.
• “Konus – Plita” o’lchov qurilmalarida tatqiq qilinayotgan modda harakatsiz plita va aylanuvchi konus o’rtasidagi kanonik oraliqda harakatga keltiriladi.
• Aylanayotgan silindr yoki konusning burchak tezligi keng chegaralarda o’zgarishi mumkin. o’lchov sistemasidagi aylantiruvchi moment halqasimon yoki ponasimon oraliqdagi tangensial kuchlanishga proporsionaldir. U o’lchanadi va elektr signalga aylantiriladi.