Zichlikni o’lchashni qo’llash sohalari. Neft va neft mahsulotlari va kiyo sanoatida mahsulotlarni turli temperaturalarda saqlashda ularning zichligini avtomatik tarzda o’lchab borishga mo’ljallangan. Har qanday kuchli zarba kuchiga dosh bera oladi
Zichlik o’lchgichning ishlash prinsipi. Kuchli knematik yopishqoqlika ega bo’lgan suyuqlikni zichligini o’lchash 1000 mm2/s (1000sSt) – neft va neft mahsulotlari va spirt (sSt).
Zichlik o’lchagich oddiy elektr tokida ishlaydi. "Bastion"firmasida ishlab chiqariladi.
Densito 30PX. Unversal ushlagichli zichlik o’lchagich
Densito 30PX zichlikni va udelni vesni berilgan birliklarda aniqlay oladi. Zichlik o’lchagich naychaning tebranish chastotasini o’lchaydi. Haroratni aniq o’lchash va interfeysning qulayligi: shunchaki naychani suyuqlikka botiring va tugmachani bosing tomom!
Xavo pufakchalarisiz namuna.
Nasos konstruksiyasi uni suyuqlik ishiga kirish tezligini taminlaydi: yopishqoq moddaga sekin tezlik va yopishqoqlikgi past bo’lgan moddaga tez harakat qiladi.
A loqasiz oqimli zichlik o’lchagich
Aloqasiz oqimli zichlik o’lchagich texnik sozlash va truboprovodlar suyuqliklarining zichliklarini o’lchashga mo’ljallangan.. Oqimli zichlik o’lchagich harakatlanish prinsipiga ega, qaysiki modda zichligidan o’tib keluvchi gamma nurlanish oqimiga asoslangan. Tekshiriladigan modda bilan o’lchovchi uskunaning o’zaro aloqasiz ravishda ishlashi EkoFizPribor kompaniyasi mahsulotini pardoz berishda ishlatiladigan, zaharli, karroziyaga uchraydigan, yoki biologic xavfli moddalar, shuningdek eruvchan moddalar, yoki ko’piklaydigan, kukunli, aralashmalar va quyuq suyuqliklarning zichligini o’lchashni ancha yengillashtirib beradi. Ushbu oqimli zichlik o’lchagich modda ichidagi temperature va bosimga bog’liq bo’lmagan holatda ishlaydi.
Oqimli zichlik o’lchagichning qismlari portlashga bardosh beradigan germetik korpusga ega. Ular qiyin iqlim sharoitiga va tebranishlarga oson moslashish uchun qulay. Ushbu zamonaviylashtirilgan zichlik o’lchagich xoxlagan moddani zichligini o’lchasgh va unga tegishli ma’lumotlarni aniq olishni ta’minlaydi.
Uskuna tarkibida kichik quvvvatli nurlatgich Na-22, xalqaro radiatsion nurlanish xavsizligi qoidalarini buzmagan holda EkoFizPribor kompaniyasidan boshqa radioizotopli zichlik o’chgichlarni keskin farqlaydi.ushbu moslama uchun hech qanday sertifikat, maxsus ruxsatnoma eksplatatsion qo’riqlanish taqdbirlari shart emas.
Oqimli zichlik o’lchagichning manbasi har 3-5 yilda 1 marta almashtiriladi va almashtirish uchun minimal xarajatlarga ega. Moslama katta temperature va bosimga bardoshli, barqaror va tezkor.
Amaliy mashg’ulot № 16. Qovushqoqlikni o’lchash tizimini struktura sxemasini tuzib, uni tavsiflarini kurish.
Reja:
1.Qovushqoqlikni o’lchash turlari va usullari .
2.Qovushqoqlikni o’lchovchi bir nechta asbob ish printsipi xakida umumiy tushuncha.
3. Mavzu bo’yicha vazifalarni yechish.
Ishdan maksad: Qovushqoqlikni o’lchovchi asboblar va o’zgartirgichlar ish printsipi va tularini o’rganish
Qovushqoqlik – suyukliklar qatlamlarining biri, ikkinchisiga nisbattan ko’chishga qarshilik ko’rsatish qobilyatidir. Miqdoriy qovushqoqlik dinamik qovushqoqlik kiymati yoki ichki ishqalanish kaeffitsenti bilan xarakterlanadi. Bu ko’rinishdagi ishqalanishining xarakterli o’ziga xosligi:
Kattik jismning va suyuqlikning chegarasida emas, balki suyuqlikning butun xajmida kuzatilishidir.
Kinematik qovushqoqlik o’sha temperaturadagi muxit dinamik qovushkokligining , uning zichligiga nisbatiga teng.
Ulchashlarda yana, bir xil temperaturadagi berilgan suyuqlik va suvning qovushqoqlik bilan xarakterlanuvchi nisbiy qovushqoqlik miqdori qo’llaniladi.
Qovushqoqlik, o’lchash usuliga ko’ra qo’yidagi qovushqoqlik o’lchovchilarga bo’linadi
Kapilyar.(o’tish qovushqoqlik o’lchovchilari )
SHarikli
Ratatsion
Vibratsion
Ulьtratovushli
Qovushqoqlikni o’lchovchi asbobning tuzilishidan qatьiy nazar qovushqoqlikni aniqlash, qatьiy belgilangan, termostatlashtirilgan sharoitda o’tkazilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |