QARSHILIK TERMOMETRINING ME'YORLOVCHI O‘ZGARTKICHI
Qarshilik termo o‘zgartkichi yordamida olingan axborotni EHM ga yoki avtomatik rostlash tizimiga kiritish uchun chiqishda 0 — 5 mA o‘zgarmas tok signalini shakllantiruvchi me'yorlovchi uzgartkichdan foydalaniladi.
Qarshilik termometri bilan birga ishlovchi me'yorlovchi tokli o‘zgartkichning sxemasi 9.7 - rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘zgartkich sxemasiga va ishlash prinsipiga ko‘ra termoelektr termometr bilan bir komplektda ishlovchi me'yorlovchi o‘zgartkichga o‘xshash (9.1-rasmga karang). Bu sxemalarning farqi shundaki, o‘zgartkichda tuzatuvchi ko‘prik TK o‘rnida o‘lchov nomuvozanat ko‘prigi O‘K foydalaniladi, uning yelkalaridan biriga uch o‘tkazgichli sxema bo‘yicha qarshilik termo o‘zgartkichi Rt ulangan. Qolgan qarshiliklar manganindan yasalgan. Rl qarshiliklar ulovchi o‘tkazgichlar qarshiliklarini nominal qiymatga moslash uchun xizmat qiladi. Ko‘prikning ab diagonaliga o‘zgarmas tokning barqarorlashtirilgan U kuchlanishi ulangan. O‘zgartkichning chiqish toki 1chiq ko‘prikning o‘lchov diagonalidagi Ucd kuchlanishga mutanosib va ular orasidagi munosabat (9.16) ga mos holda berilishi mumkin:
Iчиқ=K·Ucd (9.16)
Ucd = Кк Rt bo‘lgani uchun(bu yerda, Kk — ko‘prikni o‘zgartirish koeffitsienti)
Iчиқ=Kk·K·Rt (9.17)
9.7 – rasm. Qarshilik termometri bilan ishlaydigan me'yorlovchi o‘zgartkichning sxemasi.
Shunday qilib, me'yorlovchi o‘zgartkichning tokli signali qarshilik termometri qarshiligiga mutanosib bo‘lib,uning aniqlik sinflari 0,6—1,5.
L ogometr, ko‘pincha, texnik qarshilik termometrlari bilan birgalikda haroratni o‘lchash uchun qo‘llanadi.
Logometrning ishlash prinsipi ikki elektr zanjiridagi toklar nisbatini o‘lchashga asoslangan. Zanjirlardan biriga qarshilik termometri, ikkinchisiga esa o‘zgarmas qarshilik ulangan. 9.8-rasmda logometrning sxemasi keltirilgan. U o‘zaro va strelka 3 bilan bikr qilib maxkamlangan ikkita ramachalar 1 va 2dan iborat. Bu ramachalar esa doimiy magnit qutb uchliklari 4 va 5 bilan o‘zak orasidagi havo tirqishida joylashtirilgan. Bu tirqish bir tekis qilinmagan, shuning uchun, magnit induksiyasi qiymatlari uning turli nuqtalarida (ramachalar va strelkaning burilish burchaklari turlicha bo‘lganda) turlicha bo‘ladi. Markazdan qutb uchliklari chetlariga qarab havo tirqishi kamayadi va mos ravishda markazdan qutb uchliklari chetlariga qarab tirqishda magnit induksiyasi o‘sadi. Logometrning ikkala ramkasi bitta o‘zgarmas tok manbai ye dan ta'minlanadi, ular aylantiruvchi momentlari bir-biriga karshi yo‘naladigan qilib ulangan. Aylantiruvchi momentlar M1 va M2 ning qiymati mos ravishda quyidagiga teng:
М1=С1В111 (9.18)
М2=С2В212 (9.19)
bu yerda, S1 va S2 — ramachalarning geometrik o‘lchamlari va ulardagi sim uramlari soni bilan aniqlanadigan o‘zgarmas koeffitsientlar; V1 va V2 — ramachalar joylashgan joydagi magnit induksiyalari; 11 va 12 — ramachalardan o‘tayotgan tok kuchlari.
Ramachalar qarshiligi teng, ya'ni R1 = R2 va R= Rt bo‘lsa, I1=I2 va M1=M2 bo‘lib, ko‘zg‘aluvchi tizim muvozanat holatda bo‘ladi. Agar termometr karshiligi o‘zgarsa, ramachalardan birida tok kuchayadi, shu sababli momentlar muvozanati buzilib, qo‘zg‘aluvchan tizim esa harakatga keladi. Toki kuchaygan ramacha magnit induksiyasi kichik tirqishga kiradi, ikkinchi ramacha esa magnit induksiyasi katta tirkishga kiradi. Ma'lum bir holatda ramachalar momenti muvozanatlashadi, ya'ni
С1В1I1=C2B2I2 (9.20)
Bu tenglamadan
(9.21)
kelib chiqadi. 11 va 12 ning ta'minlash manbai e orqali ifodalangan qiymatlarni qo‘ysak, quyidagi natijaga ega bo‘lamiz:
(9.22)
B=f(φ) bo’lgani uchun
(9.23)
Shuning uchun,
(9.24)
(9.25)
R,R1 vа R2 — doimiy kattaliklar bo‘lgani uchun qo‘zg‘aluvchan tizimning burilish burchagi termometr qarshiligi qiymatiga bog‘lik:
φ=f(Rt) (9.26)
Shunday qilib, qo‘zg‘aluvchan tizimning burilish burchagi yoki M1 va M2 momentlar teng bo‘lgandagi (tizimning muvozanat holati) logometr ko‘rsatishi termometr qarshiligiga bog‘liq va ta'minlash kuchlanishiga bog‘liq emas.
Tenglamalarni keltirib chiqarishda tayanchlardagi ishqalanish, issiqlik o‘tqazuvchilarning qarshilik momentlari, qo‘zg‘aluvchan tizimning inersiya momentlari va qator boshqa omillar e'tiborga olinmadi. Shuning uchun, amalda logometrning ko‘rsatishi bilan ta'minlash kuchlanishi orasida qandaydir bog‘lanish bor.
Logometrning sezgirligini oshirish va harorat kompensatsiyasini amalga oshirish imkoniyati bo‘lishi uchun simmetrik ko‘prikli o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan logometr qo‘llanadi.
Ko‘chma asboblar uchun logometrlarnnng aniqlik sinfi 0,2; 0,5 va 1,0 ni, shchitda o‘rnatilgan statsionar (turg‘un) asboblar uchun 0,5, 1,0, 1,5, 2,0 va 2,5 ni tashkil etadi. Logometrlar ko‘rsatuvchi, o‘zi yozar, shuningdek, signal berish va rostlash uchun qo‘shimcha qurilmalari bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |