Avtomatlashtirish va boshqarish


QARSHILIKLARNI O‘LCHASHNING KOMPENSATSION USULI



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə23/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

QARSHILIKLARNI O‘LCHASHNING KOMPENSATSION USULI
A niq o‘lchashlarda, ya'ni xatoliklarga yo‘l qo‘yilmaslik yoki xatoliklar minimumga keltirilishi lozim bo‘lganda, shuningdek, past haroratlarni o‘lchashda o‘lchashning kom-pensatsion usuli tarqalgan. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat: o‘lchanayotgan rezistorda va u bilan ketma-ket o‘lchanayotgan namuna rezistorda kuchlanish tushuvi taqqoslanadi 9.5-rasmda qarshilikni kompensatsion usulda o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Rezistorlardagi kuchlanish tushuvi, odatda, potensiometr yordamida o‘lchanadi. Bu holda ta'minlash kuchlanishi o‘lchash natijasiga ta'sir etmaydi, shuningdek, o‘lchash simlari qarshiligining ta'siri butunlay yo‘qotiladi, chunki o‘lchash paytlarida potensiometrni o‘lchash rezistori bilan ulaydigan asboblarda tok nolga teng bo‘ladi.
O‘lchanayotgan rezistor Ro‘ namuna rezistor RH (9.5-rasm) bilan ketma-ket ulangan. Namuna rezistor sifatida karshilik magazinlari yoki karshilikning namuna g‘altaklaridan foydalaniladi. Zanjirdagi o‘lchash toki o‘zgaruvchan rezistor R yordamida o‘rnatiladi.
Bir tomondan, tok namuna rezistorda kuchlanish tushuvi bo‘yicha aniqlanadi:
I=UH/RН (9.11)

bu yerda, UHnamuna rezistorda kuchlanish tushuvi, mV; RHnamuna rezistor qarshiligi, Om.
Ikkinchi tomondan,
I=Uў/Rў (9.12)
bu yerda, Uo‘o‘lchanayotgan rezistorda kuchlanish tushuvi, mV; Ro‘o‘lchanayotgan rezistorning noma'lum qarshiligi, Om.
(2.72) va (2.73) lardan o‘lchanayotgan rezistor qarshiligini topamiz:
Rў=RH·Uў/UH (9.13)
Ko‘rilgan variantda kompensatsion usul mexanik o‘lchashlar uchun noqulay, chunki rezistor qarshiligini topish uchun navbat bilan o‘lchanayotgan namuna rezistordagi kuchlanish tushuvini o‘lchash lozim va so‘ngra o‘lchanayotgan rezistor qarshiligini hisoblash kerak
Termometrlarning kichik qarshiliklarini o‘lchash uchun avtomatik kompensatsion asboblar ishlab chiqilgan, ular kompensatsion o‘lchash usulining ijobiy xossalariga ega.
Termometrni ulashning to‘rt simli sxemasi simlar qarshiligining o‘lchash natijalariga ta'sirini butunlay bartaraf etish imkonini beradi.

9.6 – rasm. Kichik haroratlarni o‘lchash uchun avtomatik kompensatsion asbobning sxemasi.
Kichik haroratlarni o‘lchash uchun o‘zgaruvchan tok avtomatik kompensatsion asbobning prinsipial sxemasi 9.6- rasmda keltirilgan. Qarshilik termometri Rt ta'minlash manbaidan o‘zgaruvchan I tok bilan ta'minlanadi. Asbobning o‘lchash sxemasi Tr tok transformatoridan shunday ta'minlanadiki, o‘lchash toki Io‘=K·I bo‘ladi. Agar termometrda kuchlanish Uab bilan kompensatsiya qilinmagan bo‘lsa, unda kuchaytirgich kirishiga signal beriladi. Bu signal reversiv dvigatelni va reoxord sirpang‘ichi Rp ni kuchlanish Uab tushuvini (Rt da) muvozanatlashtirmaguncha harakat qilishga (siljishga) majbur qiladi. Bu holda quyidagi tenglik bajariladi:
IRt=Uab=IўRab
yoki
IRt=K·I(RH+mRпр), …. (9.14)
bu yerda,
(9.15)
Rn rezistor asbob shkalasining sanoq boshini belgilashga xizmat qiladi, Rsh esa o‘lchash diapazonini o‘rnatadi. Transformatsiya koeffitsienti K ni amalda o‘zgarmas deb qarab, asbob ko‘rsatishlari m ta'minot kuchlanishi tebranishiga va termometrni ulash simlari qarshiligining o‘zgarishiga bog‘liq emas, deb hisoblash mumkin.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin