Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə6/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. O‘lchash nima?


  2. O‘lshash vositalai va tizimlari deganda nimani tushunasiz?


  3. O‘lchashlarning asosiy usullari va ularning farqlari.


  4. O‘lchashlarga tasnif bering.


  5. Qanday o‘lchash usullarini samarali deb bilasiz va nima uchun?




3-Ma’ruza:
O‘lchash xatoliklari. O’lchash vositalarining strukturaviy sxemasi to’g’risida umumiy tushunchalar.
Reja:
  1. O‘lchash vositalarining strukturaviy sxemasi to‘g‘risida umumiy tushunchalar.


  2. Nazorat qilish vositalari va sistemalarining strukturasi va ularining umumiy tashkil etuvchilari.


  3. Datchiklarni, o‘zgartgichlarni,axborotlarni uzatish va avtomatik nazorat qilish tizimlarini va ikkilamchi axborotlarni ishlash sxemalari va strukturaviy sxemalari.


O‘lchash natijasida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Qo‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma'lum bo‘ladi va shu kattalikning qiymati o‘rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shuncha yakin bo‘ladiki ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o‘lchash usuli bilan topilgan qiymati o‘lchash natijasi deyiladi. O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqikiy qiymati orasidagi farq o‘lchash xatoligi deyiladi. O‘lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o‘lchash xatoligi o‘lchashning mutlaq xatoligi deyiladi:


∆X=X-Xh (3.1)

bu yerda, ∆X — mutlaq xatolik; X—o‘lchash natijasi; Xh — o‘lchanayotgap kattalikning xakiqiy kiymati.


O‘lchash mutlaq xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning hakiqiy qiymatiga nisbati o‘lchashning nisbiy xatoligi deyiladi.
O‘lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo‘linadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin