Avtomatlashtirish va boshqarish


Laboratoriya qurilmasining bayoni



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə117/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Laboratoriya qurilmasining bayoni
Laboratoriya qurilmasi virtual stendlar ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ularda bosimni xar xil o’lchash usullari anematsiya ko’rinishida virtual ravishda ko’rsatilgan. Hususan, suyuqlikli va deformatsion (trubasimon prujinali, silfonli va membranali) manometrlar.


Laboratoriya ishini bajarish usuli va tartibi
1. Suyuqlikli manometrlarning ishlashini o’rganish
Kompyuterda suyuqlikli manometrlar virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, suyuqlikli manometrlar ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.


2. Deformatsion manometrlarning ishlashini o’rganish
Kompyuterda deformatsion manometrlarining virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, deformatsion manometrlar (trubasimon, silfonli va membranali) ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
Hisobotni tayyorlash
Hisobot virtual stendlarni ko’rib, o’rganish natijasida o’lchov asboblarining chizmalari va ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
        1. Qanday sezgir elementlarni bilasiz?


        2. Egiluvchan membranali sezgir elementlar?


        3. Difmanometr nima?


        4. Yuk porshenli manometr?


        5. Suyuqlik manometrlari?


12-TAJRIBA ISHI.

Manometr yordamida sig’imdagi suyuqliklar bosimini aniqlash.



Ishdan maqsad:
Elektr manometrlar va ularning ish printsiplarini o’rganish


Nazariy qism
Elektr asboblarning ishlash printsipi bosimni u bilan funktsional bog’liq bo’lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o’zgartirishga asoslangan. Bularga induktiv, sig’imli, qarshilikli, pьezoelektr va boshqa manometrlar kiradi.
B osim o’lchashning eng ko’p tarqalgan vositalari kuch kompensatsiyasi asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta’sirchanligi, gabarit o’lchamlari va massasi bo’yicha ancha mukammal induktiv, sig’imli, tenzorezistorli, pьezoelektrik o’zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensatsiyali o’zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo’lishi o’lchash vositalarining zarbga chidamliligiga qo’yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyiilashtiradi.
Hozir mikroelementli texnikani keng joriy kilish xamda konstruktiv yechimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o’lchashning an’anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda shart va talablarning
turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o’lchash o’zgartkichlaridan (BO’O’)
foydalanishdan to’la voz kechish kerakligini anglatmaydi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin