Laboratoriya qurilmasining bayoni Laboratoriya qurilmasi virtual stendlar ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ularda bosimni xar xil o’lchash usullari anematsiya ko’rinishida virtual ravishda ko’rsatilgan. Hususan, suyuqlikli va deformatsion (trubasimon prujinali, silfonli va membranali) manometrlar.
Laboratoriya ishini bajarish usuli va tartibi 1. Suyuqlikli manometrlarning ishlashini o’rganish Kompyuterda suyuqlikli manometrlar virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, suyuqlikli manometrlar ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
2. Deformatsion manometrlarning ishlashini o’rganish Kompyuterda deformatsion manometrlarining virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, deformatsion manometrlar (trubasimon, silfonli va membranali) ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
Hisobotni tayyorlash Hisobot virtual stendlarni ko’rib, o’rganish natijasida o’lchov asboblarining chizmalari va ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
Qanday sezgir elementlarni bilasiz?
Egiluvchan membranali sezgir elementlar?
Difmanometr nima?
Yuk porshenli manometr?
Suyuqlik manometrlari?
12-TAJRIBA ISHI.
Manometr yordamida sig’imdagi suyuqliklar bosimini aniqlash.
Ishdan maqsad: Elektr manometrlar va ularning ish printsiplarini o’rganish
Nazariy qism Elektr asboblarning ishlash printsipi bosimni u bilan funktsional bog’liq bo’lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o’zgartirishga asoslangan. Bularga induktiv, sig’imli, qarshilikli, pьezoelektr va boshqa manometrlar kiradi.
B osim o’lchashning eng ko’p tarqalgan vositalari kuch kompensatsiyasi asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta’sirchanligi, gabarit o’lchamlari va massasi bo’yicha ancha mukammal induktiv, sig’imli, tenzorezistorli, pьezoelektrik o’zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensatsiyali o’zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo’lishi o’lchash vositalarining zarbga chidamliligiga qo’yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyiilashtiradi.
Hozir mikroelementli texnikani keng joriy kilish xamda konstruktiv yechimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o’lchashning an’anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda shart va talablarning
turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o’lchash o’zgartkichlaridan (BO’O’)
foydalanishdan to’la voz kechish kerakligini anglatmaydi.